2 – amaliy mashg‘ulot mashinalar qo‘llanadigan texnologik jarayonlarni taxlil qilish


Sement ishlab chiqarish texnologik sxemasi


Download 1.88 Mb.
bet2/5
Sana02.05.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1421591
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

1.Sement ishlab chiqarish texnologik sxemasi

Sement yetishtirish quyidagi texnologik jarayonlardan tashkil topadi: xom-ashyo aralashmasini tayyorlash va uni kuydirish; kuydirilgan maxsulotni kukun qilib tuyish.


Sement yetishtirishda ikkita asosiy usul qo‘llaniladi: xo‘l va quruq usullar. Undan tashqari “Yarim quruq” deb nomlanuvchi usuldan xam foydalanish mumkin.
2.1-rasmda sement yetishtirishning xo‘l usuli texnologik sxemasi keltirilgan. Bu sul bo‘yicha xom-ashyo aralashmasi suv bilan birga tayyorlanadi va so‘ng ayoanma pechlarda kuydirilib, klinker olinadi. Olingan klinker gips va mineral qo‘shimchalar bilan birga sement tegirmonlarida tuyiladi va tayyor maxsulot-sementga aylantiriladi.


2.2-rasmda sement yetishtirishning quruq usuli texnologik sxemasi keltirilgan. Bu usulda xom-ashyo aralashmasi quruq xolda tayyorlanadi va so‘ng aylanma pechlarda kuydiriladi. Olingan klinkerning xuddi xo‘l usuldagidek sement tegirmonlarida gips va mineral qo‘shimchalar bilan birga tuyiladi.




2.2-rasm. Quruq usulda ishlovchi dekarbonizator bilan jihozlangan pech agregatli texnologik sxema:


1-aylanma pech, 2-pnevmoko‘targich, 3-miqdorlagilar, 4-bunkerlar, 5-xom-ashyo uni tushirgichlari, 6-yondirish quvuri, 7-siklonsimon issiqliq almashtirgichlar, 8-gaz quvuri, 9-chang tozalovchi siklonlar, 10,12-tutun-so‘rgichlar, 11-elektrfiltr, 13-dekarbonizator, 14-suv nasosi, 15-o‘tish quvuri, 16-vertikal gaz quvuri, 17-issiq ‘avo quvuri, 18-forsunkalar, 19-yonili nasoslari, 20-quvurli isitkich, 21-yonilg‘i baki

Yarim quruq yoki kombinatsiyalangan usul bilan xom-ashyo xuddi xo‘l usuldagidek suv bilan qo‘shilib olinadi (36-43% namlikdagi ishlash ko‘rinishida) va aylanma pechplarda kuydirishdan avval ishlash mexaniq usullar yordamida (filtr-presslarda) birlamchi namsizlantiriladi (18-20%) va so‘ng aylanma pechlarga jo‘natiladi. Qolgan jarayonlar yuqorida keltirilgan usullardagidek.


2. Materiallarni maydalash-saralash bo‘limlari texnologik sxemasi va qo‘llanadigan qurilmalar
Maydalash-saralash bo‘limlarida materiallar bir necha bosqichlarda maydalanayotgan materialning fizik-ximik xossalariga bog‘liq holda turli ko‘rinishdagi maydalash mashinalari yordamida maydalanadi.
Maydalash bosqichlari talab qilingan maydalash darajasiga bog‘liq xolda belgilanadi. Agar berilgan toshning maksimal o‘lchami D=1200 mm ni tashkil qilsa, talab qilingan toshning o‘lchami d=40 mm bo‘lsa u xolda umumiy maydalash darajasi i um =1200/40=30.
Bir maydalash mashinasining maydalash darajasi i=3-7 ni tashkil qiladi. U xolda i1=3; i2=3; i3=4; i um = 3x3x4=36 bo‘ladi. Demak yuqoridagi maydalash darajasini xosil qilish uchun 3 bosqichli maydalash qabul qilish kerak.


2.3-rasm. 3-bosqichli maydalash jarayonining prinsipial sxemasi.


Maydalash bosqichlarning ortib borish kapital sarf xarajatlarinig ortib borishga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ilojini boricha minimal bosqich tanlanishi kerak. Lekin ba’zi bir xollarda 4-5 bosqichli maydalash jarayoni qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Yuqori sifatli maydalash jarayoni xosil qilinadi.
Sifatli maxsulot olish uchun murakkab texnologik jarayon tanlab qiladi. (maydalash, saralash, yuvish)
Bu jarayonlarni xosil qilish uchun turli ko‘rinishdagi mashinalar kerak.
Material maydalanib saralangandan keyin omborga to‘planib so‘ng istemolchilarga avtotransportlar yordamida yuboriladi.




Maydalash-saralash zavodlarida asosiy texnologik mashinalarga, maydalagichlar, elaklar, klassifikatorlar, yuvuvchi mashinalar, tosh bo‘laklarini mustaxkamligini oshiruvchi mashinalar kiradi. Yordamchi mashinalarga bunkerlar, zatvorlar, ta’minlagichlar, yuk ko‘taruvchi mashinalar kiradi.


Zavodning texnologik sxemasi bir bosqichli, ikki, uch, to‘rt bosqichli bo‘lishi mumkin. Maydalagichning ishlashi esa ochiq siklli yoki yopiq siklli bo‘lishi mumkin. Bir-bosqichli maydalash jarayonidan ishlab chiqarishda juda ham kam foydalaniladi. Ishlab chiqarishda ko‘proq ikki, uch va to‘rt bosqichli maydalash jarayonidan foydalaniladi.

2.6-rasm. Ikki bosqichli maydalashning sxemasi


1-bunker, 2-lentali transpartyor, 3-I-bosqichli maydalagich, 4-elak, 5-II-bosqichli maydalagich, 6- o‘rta elak, 7-oxirgi elak.
Maydalash-saralash zavodlarining xisoblashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar xisobga olinadi. Foydali komponent tarkibi, materialning chiqishi, ajratib olish elash samaradorligi.
Tarkibi-olingan maxsulotni foydali komponentini maxsulotning umumiy miqdoriga nisbati bilan xarakterlanadi.
Maydalash-saralash zavodining texnologik sxemasini xisoblashda foydali komponent tarkibi deganda maolum bir o‘lchamdagi sinf tarkibi tushiniladi va foizlarda xisoblanadi.
Ikki bosqichli maydalash jarayonining texnologik sxemasi 2.7-rasmda keltirilgan:
3-bosqichli maydalash jarayonini texnologik sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


2.7-rasm . Uch bosqichli maydalashning sxemasi


1-bunker, 2-elak, 3-I-bosqichli maydalagich, 4-elak, 5-II-bosqichli maydalagich, 6-elak, 7-III-bosqichli maydalagich, 8-elak, 9-oxirgi elak.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling