2 – amaliy mashg‘ulot mashinalar qo‘llanadigan texnologik jarayonlarni taxlil qilish


Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik sxemasi va qo‘llaniladigan jihozlar


Download 1.88 Mb.
bet4/5
Sana02.05.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1421591
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

4. Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik sxemasi va qo‘llaniladigan jihozlar.
Beton mo‘rt material bo‘lganligi tufayli (ya’ni siqilishga yuыori mustaxkamlikka, chщzilishga esa past mustaxkamlikka ega), beton temir armatura yordamida kuchaytiriladi va shu asosda olingan mahsulot temir-beton deb nomlanadi.
Temir-beton mahsulotlari yetishtirishda 3 asosiy usul qo‘llaniladi: 1) stend usuli ; 2) agregat-oqimli usul ; 3) konveyer usuli.
Stend usuli (yillik mahsulot hajmi 10 ming m3 gacha) bevosita qurilish maydonchasida yoki uning yonida amalga oshiriladi. Barcha texnologik jarayonlar ochiq maydonchalarda, stendlarda va poligonlarda bajariladi (2.12-rasm)

2.12-rasm. Stend usuli texnologik sxemasi
1-armatura o‘ralgan g‘altaklar ; 2 – betonyotqizgich ; 3 – gidrodomkratlar ;
4 – ko‘prik kran ; 5 – aravacha ; 6 – qoliplar.

2.13-rasm. Agregat-oqimli usul texnologik sxemasi
1-betonyotqizgich; 2-qoliplash posti; 3-qotish kamerasi; 4- tayyor mahsulot ombori; 5-aravacha; 6-qolipdan bo‘shatish posti; 7-kran; 8-buyum bilan qolip.
Agregat-oqimli usul – bu kichik seriyali ishlab chiqarish bo‘lib, yillik unumdorligi 20 ÷ 150 ming m3 ni tashkil etadi Bu usulni amalga oshirishda universal jihozlar qo‘llaniladi (2..13-rasm)
Agregat-oqimli usulning kamchiligi – texnologik jarayonlarning to‘liq mexanizatsiya qilinmaganligi va qo‘l mexnati ishlatilishi.
Konveyer usuli bir turdagi temir-beton mahsulotlarni ko‘p miqdorda tayyorlashga imkon beradi. Barcha texnologik jarayonlar mahsus postlarda bajariladi. Qoliplar va buyumlar postdan postga konveyer yordamida uzatiladi.
Konveyer usuli yirik va ma’suslashtirilgan zavodlarda amalga oshiriladi. Ularning kamchiligi – yangi mahsulotga o‘tishda jihozlarni uzoq qayta moslashtirilishi.
Beton qorishma tayyorlash bo‘limidan betonyotqizgich 1 ga solinadi. Moslama 6 yordamida tozalangan va moylangan qolip post 3 ga armatura o‘rnatish va uni taranglash uchun uzatiladi; undan so‘ng qolip koliplash posti 2 ga uzatiladi. Qoliplangan buyum aravacha 7 va ko‘targich 8 yordamida tunnelsimon kamera 9 ga qotish uchun jo‘natiladi. Qotgan buyum kolip bilan birga moslama 4 va aravacha yordamida bo‘shatish posti 5 ga uzatiladi. U yerda armatura kesiladi va buyum kran yordamida qolipdan chiqarib olinadi.

2.14-rasm. Konveyer texnologik chizig‘i sxemasi
5.Beton aralashmasi tayyorlash tehnologik sxemasi va qo‘llaniladigan apparatlar
Beton aralashmasi tayyorlashning asosiy tehnologik jarayoni, bir – biriga bog‘liq bo‘lgan mehanizatsiyalashgan va avtomatlashgan operatsiyalar yig‘indisidan iborat : omborda hom ashyo materiallarini yuklash – tushirish qayta ishlash; aralashtirish uzeli sarf bunkeriga komponentlarni transportlash; komponentlarni dozalash; suspenziyani tayyorlash (aralashtirish); tayyor mahsulotni tushurish.
Beton aralashmasi ularning tashkil etuvchilarini aralashtirish mashinalarida mehaniq yo‘l bilan aralashtirib tayyorlanadi. Aralashmaning sifati tashkil etuvchilarining qo‘shilish darajasi va ularning o‘zaro bir xilda taqsimlanish aniqligi bilan belgilanadi. Beton zavodlarining asosiy jihozlari: beton qorgichlar, dozalash qurilmalari, tashkil yetuvchilar bunkeri va tashish vositalaridan iborat bo‘ladi.
Beton aralashmasi tayyorlash uskunasi vertikal joylashtiriladi (2.16-rasm ). Vertikal uskunaga betonni tashkil qiluvchilar 1 va 2 konveyerdan 4 sarf bunkeriga kelib tushadi, u yerdan 6,7,8 me’yorlovchilar orqali o‘tib 11 beton aralashtirgichga o‘tadi. Tayyor beton tarqatish bunkeri 12 ga kelib tushadi. U yerdan avtotransport 13 ga yuklanadi.


2.16-rasm . Beton aralashmasi tayyorlash texnologik jarayoni sxemasi.


1-to‘ldiruvchi ombor konveyeri; 2-sarf bunkerga to‘ldiruvchini uzatish konveyeri; 3,9,10-buriluvchan to‘ldiruvchi tarqatish voronkasi; 4-sarflash bunkeri; 5-sement uzatish pnevno-quviri; 6,7,8-sement,to‘ldiruvchi va suv me’yorlagichi; 11-beton aralashtirgich; 12-tarqatuvchi bunker; 13-avtobetontashigich; 14-avtotsementtashigich.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling