2 -amaliy mashG‘ulot mavzu: Yarim mahsulotlar va ip fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini uzun kesmada tekshirish


Download 68.25 Kb.
bet2/3
Sana22.11.2023
Hajmi68.25 Kb.
#1794356
1   2   3
Bog'liq
2-АМАЛИЙ ПИИЧНА

Xomaki pishitish. Bu usulda pishitilayotgan mahsulot

(monotola, kompleks ip, pilik yoki kimyoviy ip) komponentlarni uzatayotgan va qabul qilayotgan mexanizm orasida jarayon amalga oshiriladi.
Xomaki pishitish mexanizmi ham, uzatilayotgan va xomaki pishitilgan mahsulotni qabul qiluvchi mexanizm o‘rtasida (oralig‘ida) joylashuvi shart.
Xomaki pishitilgan ip buramlari, qabul qiluvchi moslamaga o‘ralguniga qadar bo‘shalib ketadi, mahsulotda esa struktura o‘zgarishi yuz berib buram deformatsiyasi ta’sirida pishitilgan ip hajmi, iplar va tolalararo ishqalanish kuchlari ortganicha qolaveradi. Xomaki pishitishdan maqsad ham shunga erishish edi.

  1. Pishitilgan ip buramlarini o‘zgartirmay komponentlarni qo‘shib pishitilgan ip tayyorlash (svivaniye nitok).

Bu usul iplarni pishitishni xususiy bir ko‘rinishi bo‘lib u ipni odatdagi klassik usulda pishitishdan biroz farqlanadi. Usulni farqi shundaki, iplar qo‘shib buralayotganda ipdagi buramlar soni o‘zgarmagan holda ular o‘zaro bir-birlariga o‘ralib pishitiladi. Bu jarayonni «Sharpante» deb ataluvchi mashina yordamida amalga oshiriladi. Bu usulda kanopdan pishitilgan iplarni, arqon kabi mahsulotlarni, shuningdek troslarni tayyorlashda foydalaniladi.

  1. Pishitilgan mahsulot komponentlariga qo‘shimcha buram berib pishitish.

Bu usul ham odatdagi pishitishning xususiy bir ko‘rinishi bo‘lib, undan quyidagicha farqlanadi

1-rasm. Ip komponetlariga qo‘shimcha buram berish va qo‘shish.
Ayrim mashinalarda tutamga qo‘shimcha buram, mahsulot uzatilayotgan tomonidan uni o‘ralgan buyumini (g‘altagini) aylantirib, komponentlar pishitilib o‘zaro o‘raladi. Bunda buramlar bosh pishitish o‘qi atrofida sodir bo‘ladi. Pishitilgan mahsulotni tashkil etgan ip qatlarining boshlang‘ich buramlar sonini saqlash uchun (buramlar yo‘nalishi turlicha bo‘lganida ZS yoki SZ) ularni o‘z o‘qlari atrofida qo‘shimcha buraladi. 33-rasmga ko‘ra pishitilgan mahsulotni tashkil etgan, ma’lum buramlar soniga ega bo‘lgan komponentlarni bosh pishitish o‘qi 1 bo‘lib komponentlarniki esa 2 bo‘lishi bilan, odatdagi pishitishdan farqlanadi. Jarayonni esa, komponentlarni qo‘shimcha burab qo‘shib, pishitilgan mahsulot olish usuli deyiladi. Shunday qilib, bu jarayonni - tutamlarni qo‘shimcha burash yo‘li bilan, mahsulotni asosiy bosh o‘qi atrofida uni tashkil etgan komponent iplarni burash bilan qo‘shishdan iborat. Rasmda bu jarayon to‘liq o‘z ifodasini topgan. Mahsulotni tashkil etgan komponentlarga (ip qatlarini), har bir o‘timda boshlang‘ich buramlari soniga qo‘shimcha beriladigan buramlar sonining matematik ifodasi quyidagicha bo‘ladi.
K2 = K1 K0 cos2 [78]
Bunda K0 - pishitilgan mahsulotdagi qoldiq buramlar soni;
K1 -pishitish mashinasiga qadar bo‘lgan ipdagi buramlar soni;
K2 -pishitilgan tayyor mahsulotdagi buramlar soni;
 -tayyor pishitilgan mahsulotdagi hisobiy buram burchagining qiymati, + belgisi buram yo‘nalishi bir xil bo‘lganidagi hol uchun (ZZ, SS); - buram yo‘nalishi turlicha bo‘lgandagi hol uchun (ZS, SZ).
Jarayon yoki pishitish nomi o‘zgarishi bilan mahsulotni pishitishning mohiyati o‘zgarmaydi, yani pishitilgan mahsulotda pishitish oqibatida yuzaga keladigan buramlar deformatsiyasi bir xil kechaveradi.
Komponentlarga qo‘shimcha buram berib pishitish ham klassik usulga monand bo‘lib, pishitish sharoiti bilangina farqlanar ekan.

Download 68.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling