2 – amaliy mashg‘ulot oрtik аlоqа tizimlаrining liniya trаktida regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash
Topshiriqning 2-bandini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
Download 116.88 Kb.
|
2-amaliy mashg'ulot
2.6. Topshiriqning 2-bandini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
Tola bo‘ylab tarqalayotgan yorug‘lik nurlanishining so‘nishidan kelib chiqqan holda optik liniya traktidagi mavjud barcha yo‘qotishlarni hisobga olsak, regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash quyidagi miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi: Lru (Эp-аа.u·nа.u-ааy.u·nаy.u-аt-аВ)/, (13.6.1) bu yerda Эp=рuz-рqq, ya’ni uzatilgan va qabul qilingan signal sathlari orasidagi farq bo‘lib, u tolali optik uzatish tizimining energetik potensialini ifodalaydi, u dB larda o‘lchanadi (Эp ning qiymati tegishli variantda beriladi); - optik tolaning so‘nish koeffisienti, dB/km (uning qiymati variantda beriladi); nа.u -ajraladigan ulagichlar soni (ularning soni 2 ga teng bo‘lib, optik tolaning kirish va chiqishida o‘rnatiladi); аа.u = 0.25 dB, ajraladigan ulagichlardagi yo‘qotishlar, dB; nаy.u - ajralmaydigan ulagichlar soni; ааy.u = 0.05 dB, ajralmaydigan ulagichlardagi yo‘qotishlar, dB; аt - xaroratning o‘zgarishi bilan optik tolada hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarning qiymati, dB; аВ -vaqt o‘tishi bilan regeneratsiyalash uchastkasi komponentlari (nurlanish manbai-kabel-fotoqabulqilgich) xarakteristikalarining yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarning qiymati, dB; аt va аВ qiymatlari mos ravishda 13.1va 13.2-jadvallardan aniqlanadi. 13.6.1-miqdoriy munosabatda ajralmaydigan ulagichlarning soni noma’lum bo‘lgani uchun, ushbu formulani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz: nаy.u = lru / lqu – 1, (13.6.2) bu yerda: lqu -kabelning qurilish uzunligi, km (uning qiymati tegishli variantda beriladi); (13.6.2) ni (13.6.1) ga qo‘yib, quyidagi natijaviy munosabatlarga kelamiz lru [Эp-аа.u·nа.u-ааy.u (lru/lqu–1)-аt-аВ]/; lru · + ааy.u lru/lqu Эp-аа.u·nа.u+ааy.u-аt-аВ; lru (Эp-аа.u·nа.u+ааy.u-аt-аВ)/(+ ааy.u / lqu); (13.6.3) Tolali optik uzatish tizimi parametrlarining xaroratga bog‘liq ravishda o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarning qiymatlari 13.2-jadvalda keltirilgan. Tolali optik uzatish tizimi parametrlarining xaroratga bog‘liq ravishda o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarning qiymatlari 13.2-jadval
Boshlang‘ich ma’lumotlardan nurlanish manbai va fotoqabulqilgich turlarini bilgan xolda (tegishli variantda beriladi) 13.3-jadvaldan аВ ning qiymati aniqlanadi. Nurlanish manbai va fotoqabulqilgich kombinasiyasiga bog‘liq xolda vaqt o‘tishi bilan elementlarning degradasiyasidan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarning qiymatlari 13.3-jadval
Olingan qiymatlardan foydalanib, (13.6.3) miqdoriy munosabatlardan regeneratsiyalash uchaskasi uzunligi, so‘ng (13.6.2) miqdoriy munosabatlardan esa ajralmaydigan ulagichlar soni na.y.u. aniqlanadi. Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi to`g‘ri tanlanganligi yo‘qotishlar yig‘indisi va dispersiya bo‘yicha tekshiriladi. Regeneratsiyalash uchastkasidagi yo‘qotishlar yig‘indisi aру quyidagi miqdoriy munosabatlardan aniqlanadi: aru =lru+nаu·aаu+na.y.u·аа.y.u+аt+aв (13.6.4) bunda аru Эp (13.6.5) shart bajarilishi kerak, aks xolda lру ni hisoblashda noto‘g‘ri natijaga kelinadi. Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligining to‘g‘riligi optik tolaning dispersiya xususiyatlari orqali ham tekshiriladi. Dispersiyani hisobga olgan xolda regeneratsiyalash uchastkasining maksimal uzunligi quyidagi miqdoriy munosabat orqali aniqlanadi: lru maks = 0,25/ τ*B (13.6.6) bu yerda B–liniya traktidagi uzatish tezligi, bit/s; mBnB turdagi optik liniya kodlari taktli chastotani m/n martaga ortishiga olib keladi. Masalan, 1B2B, 2B4B kodlari qo‘llanilganda taktli chastota, shunga mos tarzda signallarni liniyaga uzatish tezligi ham 2 martaga ortadi: В=2В0, bit/s, τ - optik tola dispersiyasining o‘rtacha kvadratik qiymati, s/km. Bir modali optik tolaning normallashtirilgan o‘rtacha kvadratik dispersiyasi τ н, ns/(nm·km) yoki ps/(nm·km) larda o‘lchanadi. τ ning qiymati bu xolda quyidagicha aniqlanadi: τ =K·Δ·τ n, (13.6.7) bu yerda τ n ning o‘lchamlari ns/(nm·km) berilsa , k=10-12 ga, τ n ning o‘lchamlari ps/(nm·km) berilsa, k=10-9 ga teng. Δ- optik nurlanishning polosa kengligi, nm (uning qiymatlari tegishli variantda beriladi). Hisoblash natijasi asosida olingan regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi lru маks lru (13.6.8) shartni qanoatlantirishi kerak. Hisoblangan reneneratsiyalash uchastkasi uzunligi lru (13.6.5) va (13.6.8) shartlarining birontasini xam qanoantlantirmasa, u xolda lru ni takroriy hisoblash kerak. Hisoblashlar yakunida hisoblangan regeneratsiyalash uchastkasida optik ulagichlarni joylashtirish (13.1-rasm) va trassaning tuzilish sxemalarini (13.2-rasm) chizish joiz. Buning uchun liniya traktida o‘rnatiladigan liniya regeneratorlarining sonini aniqlash kerak: Nlr = (Ltr /lru)-1 (13.6.9) bu yerda Ltr – liniya traktining uzunligi, km (uning qiymatlari tegishli variantda beriladi) ; lru – hisoblangan regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi, km. UzОМ QqОМ А-ОU ОК АY-ОU1 ОК АЙ-ОУ2 … АЙ-ОУn ОК А-ОУ . . . lqu, km 13.1-rasm. Hisoblangan regeneratsiyalash uchastkasining tuzilish sxemasi. ОQ-А ОК LR-1 ОК LR-2 ОК … ОК LR-n ОК ОQ-B lru, km Ltr, km 13.2 rasm. Tolali optik liniya traktida regeneratorlarni joylashtirish sxemasi. Download 116.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling