2 – Amaliy mashg‘ulot Raqamli signalni shakllantirish va raqamli E1oqim tamoyillarini o‘rganish


Download 272.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.04.2023
Hajmi272.2 Kb.
#1376760
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAT sirtqi

 
 


2.3. Nazariy qism 
 
IKM bilan uzatishni tashkil etish tamoyillari.
Birlamchi raqamli kanaldagi signallarni tuzilmasi (E-1 oqimi) 
 
Dastlab impuls – kodli modulyatsiyali (IKM) uzatish tizilmalarining
rivojlanishi mahalliy va ichki mintaqaviy tarmoqlarda keng tarqalgan quyi chastotali 
kabellar juftlarini zichlashtirish zarurligi tufayli kelib chiqqan edi. Bu tarmoqlarning 
an’anaviy usullar bilan keyingi rivojlanishi telefon kanallarga o‘sib borayotgan 
ehtiyojlarini qondirish g‘oyatta qiyin edi. Ishlatilayotgan kabel tarmog‘ining 
juftlarini zichlashtirish. Yagona samarali usuldir bo‘lib, biroq mavjud kabel 
liniyalarini tonal chastotalar diapozonida ishlatish ko‘zda tutilganligi uchun bu 
kabellardagi o‘zaro ta’sir qiluvchi parametrlari kanallarni chastotali taqsimlash 
(KChT) ko‘pkanalli tizimlarni tadbiq etish imkoniyatini bermadi.
Yarimo‘tkazgichlar texnikasi sohasidagi sezilarli taraqqiyot kanallarini vaqt 
bo‘yicha ajratish va impuls kodli modulyatsiyaga asoslangan uzatish tizimining 
apparaturasini yaratish haqiqiy va iqtisodiy asoslanishga olib keladi. Raqamli 
signallarning halakit - bardoshligi IKM li uzatish tizimlarini mavjud quyi chastotali 
kabellarni zichlashtirish imkonini berdi, bu esa ishlatilayotgan kabel tarmog‘ini 
ancha ko‘p stansiyalararo bog‘lovchi liniyalar oldi. IKMli uzatish tizimlarini tadbiq 
etish ulash liniyalarning kerakli sonini ta’minlash muammosini yomonligi sababli, 
ko‘pgina mamlakatlarda shu tizimni yaratish bo‘yicha jadal ishlar boshlandi. 
Mahalliy tarmoqlarni rivojlantirish masalalarini tez yechimini maqsad qilib olgan bu 
ishlar apparaturani bir necha turini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bularga quydagilar 
kiradi: 
AQSh - IKM-24 uzatish tizimi (T1), uzatish tezligi 1544 Kbit/s; 
Angliya - IKM-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1536 Kbit/s; 
Fransiya – IKM-36 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1741 Kbit/s; 
SSSR (Sobiq sho‘rolar ittifoqi) – IKM-12 uzatish tizimi, uzatish tezligi 704 
Kbit/s;
Yaponiya – IKM-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1544 Kbit/s; 
PXR – TSK-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1544 Kbit/s. 
Bu uzatish tizimlari uzunligi uncha katta bo‘lmagan aloqa liniyalarida, asosan 
elektromexanik turidagi ATSlar o‘rtasida bog‘lovchi liniyalar tashkil etish uchun 
ishlatiladi. Telefoniya va telegraf bo‘yicha xalqaro maslaxat qo‘mitasida “IKM-24” 
tizimining parametrlarini qoida solish bo‘yicha olib borilgan ishlar davomida 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari IKM-24 tizimidan ba’zi tomonlaridan ustun bo‘lgan 
tezligi 2048 Kbit/s bo‘lgan IKM-30/32 tizimini taklif etishdi. Natijada MKKTT da 
IKM li ikkita birlamchi tizim IKM-24 1544 Kbit/s tezlik bilan va IKM 30/32 2048 
Kbit/s tezlik bilan qoidaga solindi. 
Iqtisodiy o‘zaro yordam sho‘ro mamlakatlarida ham qabul qilingan IKM-30 
tizimi, integral aloqa tarmoqlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan. IKM-30 tizimining 
parametrlarini hisobga olgan xolda, elektron ATS lar loyihalangan, ular o‘rtasidagi 
raqamli signallar IKM - 30 tizimining liniyaviy traktlari bo‘yicha uzatiladi. 


Bu birlamchi uzatish tizimi ikkilamchi raqamli tizimlarni yaratish uchun asos 
bo‘ladi. IKM - 24 va IKM - 30 tizimlar davrining tuzilishi orasidagi farq ularning 
o‘zaro ishlashlari uchun jiddiy to‘siq bo‘la olmaydi, diskretlash chastotasi 8 KGs ga 
teng bir xil va IKM - 24 Polsha yaratgan varianti bilan A=87,6/13 segmentlarga 
teng bir hil kompressiya qonuni bo‘lganligi tufayli, ular nutqli signallar uchun bir 
xil davr davomiyligiga ega. 
2.1 - rasmda IKM li birlamchi uzatish tizimi apparaturasining tuzilmaviy 
chizmasi keltirilgan.
Unda ikkita asosiy qismni ajratish mumkin: chetki qurilma va liniyaviy trakt 
qurilmasi. Chetki uskunaning uzatuvchi qismining vazifasi bir qancha kiruvchi 
signallarni diskretlash, olingan diskretlarni vaqt bo‘yicha birlashtirish, so‘ngra 
ularni kvantlash va kodlashdir. Kodlovchi chiqishida olinadigan ikkilik IKM 
signallari, umuman olganda liniya bo‘yicha bevosita uzatish uchun noqulay 
bo‘lganligi sababli, ularni o‘zgarmas tashkil etuvchisi bo‘lmagan impuls qutblarini 
navbatma – navbat kelishi (IKM) kodli signalga o‘zgartirib uzatiladi. 
IKM – 30 tizimida boshqa ko‘proq ishlatiladigan NDV–3 kodi sezilarli darajada 
(IKK) kodiga nisbatan regeneratorlarning ishlash sharoitini yengillashtiradi. 
Raqamli signalni uzatish jarayonida yuzaga keladigan so‘nishlar va buzilishlar 
liniyaviy regeneratorlar yordamida xar bir regeneratsiya uchastkasida bartaraf 
etiladi. Qabul qiluvchi chetki qurilma teskari o‘zgartirishlarni amalga oshiradi, ya’ni 
kodli kombinatsiyalar ketma–ketligidan diskretlar ketma–ketligini tiklaydi, ularni 
demodulyatsiyalaydi va mos TCh kanallar chiqishiga uzatadi. 
IKM uzatish tizimlarining asosiy ustunligi uzatilayotgan raqamli signallarning 
halakitbardoshligi va apparaturaning past qiymatiga egaligi hisoblanadi. Shu tufayli 
ularni shahar ATS lari va AShTS lar o‘rtasidagi liniyalarga ya’ni kanallar sonini 
doimo kuchaytirib turishni talab qiladigan va TCh kanallar ishlatiladigan 
tarmoqlarda o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi. 
IKM uzatish tizimlarining asosiy ustunligi uzatilayotgan raqamli signallarning 
halakitbardoshligi va apparaturaning past qiymatiga egaligi hisoblanadi. Shu tufayli 
ularni shahar ATS lari va AShTS lar o‘rtasidagi liniyalarga ya’ni kanallar sonini 
doimo kuchaytirib turishni talab qiladigan va TCh kanallar ishlatiladigan 
tarmoqlarda o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi. IKM uzatish tizimlariga bo‘lgan 
ТЧ 30
канал 
ИКМ 
ИКМ 
ИКМ 
ИКМ 
АИ
М 
АИМ 
АИМ 
АИМ 
ТЧ 30 
а а
ТЧ 1 
ТЧ 1 
ТЧ 30 
канал 
ТЧ 1 
канал 
ТЧ 1 
ТЧ 30 
канал 
2.1-
расм. ИКМ ли бирламчи узатиш тизими аппаратурасининг 
структуравий схемаси 


qiziqishning yana bir sababi IKM signallarini bevosita kommutatsiyalanish 
imkoniyatidir. Bu stansiyalararo bog‘lovchi liniyalarni zichlashtirishga ketadigan 
harajatlarni kamaytirish va amalda integral aloqa tarmog‘ini yaratish imkonini 
beradi. Ko‘rsatilgan ustunliklardan tashqari IKM li uzatish tizimlari yana bir qator 
ijobiy sifatlarga ega: 
- raqamli liniyaviy traktda ketma–ket regeneratsiya uchastkalarida hosil 
buluvchi shovqinlarni qo‘shish yuz bermaydi, chunki uzatuvchi signal amplitudasi 
yarmidan kichik bo‘lgan qiymatli istalgan shovqin regeneratorning o‘zida yo‘q 
qilinadi; 
- raqamli signal halaqitlariga past sezgirligi o‘tish ta’siridan himoyalanish 
kattaligini bir necha o‘n desibel tartibda yo‘l qo‘yadi, bu esa o‘z navbatida 
simmetriyalashga zaruriyat bo‘lmagan holda past sifatli kabel juftlarini ishlatish 
imkonini beradi; 
- uzatilayotgan raqamli signal uzatish traktining so‘nishlari o‘zgarishini xis 
qiladi, shu sababli TCh kanallarning qoldiq so‘nishlarining katta barqarorligini 
olishi mumkin. Natijada IKM uzatish tizimida qoldiq so‘nish kattaligi kanalning 
barqarorligi ta’minlangan holda ikki ditsebel pasaytirish mumkin; 
- kanalning qoldiq so‘nish chastotali tavsifi uzatish liniyasining tavsiflariga 
bog‘liq emas; 
- IKM uzatish tizimlari amaliyotda amalga oshirish uchun katta aniqlik va 
elementlarning parametrlari barqarorligini talab qilmaydigan raqamli chizmalar 
ishlatilishi, integral mikrosxemalar ishlatilganda qurilmaning vazni va o‘lchamlari 
kichrayadi va bir yo‘la uning ishonchligi ortadi; 
- IKM uzatish tizimi bitta TCh kanaliga bir necha signal kanallari bilan 
jihozlanadi, shu tufayli ATS bilan ishlash uchun murakkab bo‘lmagani sababli arzon 
elektron moslashtiruvchi qurilmalardan (MK) foydalanish mumkin; 
- IKM uzatish tizimida ishlatiladigan signal, ma’lumotlar uzatishda 
ishlatiladigan signal tuzilmasiga o‘xshash bo‘lganligi uchun, ularga umumiy trakt 
ishlatish imkoni tug‘iladi.
IKM uzatish tizimlarida ishlatiladigan davrli sinxronlash usullari, davrli 
sinxronlashni saqlab turish va tiklash usuli bo‘yicha hamda davr ichida davr 
sinxrosignal timsollarini joylashtirish bo‘yicha farqlanadi. Davrli sinxronlashni 
ta’minlash usullaridan eng ko‘p quyidagilari ishlatiladi: 
- bir taktli siljitish usuli, bunda davrli sinxronlashdan xar bir chiqish 
aniqlangandan so‘ng qabul qiluvchi uskuna taktli generatorining fazasini bitta taktli 
oraliqqa siljitish amalga oshiriladi;
- ko‘p taktli siljitish usuli, bunda taktli generator fazasini siljitish kattaligi bir 
necha taktli oraliqlarni tashkil etadi, bu degani, agar davrli sinxrosignalning 
pozitsiyasida sinxronizmdan chiqish aniqlansa davrli sinxrosignal topilgan qabul 
qiluvchi qurilma generatorini mos pozitsiyaga (fazaga) o‘rnatishga asoslangan usul. 
Bu usul kelayotgan impulslarning xar birini tekshirishdan iborat bo‘ladi. Tizim 
davrli sinxronizmdan chiqqanda davrli sinxrosignal topiladi va generatorda faza 
surilishi bajariladi.
O‘z navbatida davrli sinxrosignalning timsollarini joylashtirish usullaridan 
kelib chiqqan holda sinxronlash ikkita asosiy usulga farqlanadi: 


- taqsimlangan timsollar usuli - bunda sinxrosignalning belgilari davr ichida 
teng oraliqlarga bittadan joylashtiriladi. Ilk adabiyotda u “tarqalgan sinxronlash” 
deb atalgan; 
- “jamlangan belgilar” usuli - bunda davrli sinxrosignalning belgilari davrning 
bitta joyida joylashadi, masalan, birinchi kanalli oraliqda. 
Davrli sinxronlash usulini tanlash yo‘l quyilgan tiklanishning o‘rtacha vaqti va 
iqtisodiy muvofiqlik bilan aniqlanadi. Davrli sinxronlash javob berishi kerak 
bo‘lgan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- nutqli signallarni yoki boshqaruv signallarini uzatishda buzilishlar vujudga 
kelmasligi uchun, davrli sinxronlashni tezda tiklash imkoniyati, bu talab ayniqsa 
IKM li uzatish tizimining kanallari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishda muhimdir; 
- davrli sinxronlashning yuqori barqarorligi, ya’ni sinxrosignaldagi liniya trakti 
kiritayotgan yakka tartibdagi xatolarga e’tibor bermasligi kerak va bir vaqtni o‘zida 
davrli sinxronizmda chiqishga yetarli darajada sezgir bo‘lishi kerak; 
- soxta davrli sinxrosignal bilan olingan davrli sinxronizmga kirganligini 
aniqlash va qidirilayotgan sinxronizmni qidirib topish; 
- ishning yuqori ishonchligi; 
- davr sinxronlash tizimlariga yuqorida keltirilgan talablar ichida qarama–
qarshiliklar mavjud va davr sinxronlash usulini tanlash ba’zi kelishuvni oldindan 
belgilab beradi, masalan, davr sinxronlashni tiklash vaqti, sinxrosignal davomiyligi 
va uskuna bahosi o‘rtasida; 
- yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, raqamli uzatish tarmoq 
uskunasining eng muhim parametrlaridan biri - bu siklli sinxronizmning tiklanish 
vaqtidir. Bu vaqt davrli sinxronlash usulidan mustaqil ravishda uchta tashkil 
etuvchidan iborat: 

Download 272.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling