2- amaliy mashg’ulot rdb texnologik jihozlar uchun boshqarish dasturini qo’llash va tayyorlash
Download 293.3 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Amaliy mashg\'ulot
2- Amaliy mashg’ulot RDB texnologik jihozlar uchun boshqarish dasturini qo’llash va tayyorlash. Dastgohning vazifasi va qurilmalari MS12-250M1 rusumidagi ko`poperatsiyali va asbob-uskunani avtomatik almashtiruvchi RDB dastgohi dastur bo`yicha turli detallarni ichki yuzalariga ishlov berish, shuningdek murakkab konturlarni frezalash uchun mo`ljallangan. Dastgohda quyidagi texnilogik operatsiyalarni bajarish mumkin: parmalash, ichki yuzalarni zenkerlash va kengaytirish; RDB qurilmasidan aylanma uzatish metodida frezalash yordamida ichki yuzalarga ishlov berish; uchki yuzalarni yo`nish; metchik yordamida diametri 12 mmgach o`lchamdagi rezbalar qirqish; diametri 60 mmgacha ichki va tashqi rezbalarni frezalash; murakkab yuzalar kanavka va karmanlarni frezalash. 1.rasm. MS12-250M1 rusumidagi ko`poperatsiyali RDB dastgohining umumiy ko`rinishi: 1 - asos; 2 – ustun; 3 – vertikal slazka; 4 – support; 5 – stol; 6 – shpindel; 7 – manipulyator; 8 – manipilyator asbob-uskunalarni almashtirish holatida; 9 – kantovkalagich; 10 – asbob-uskunalar ombori; 11 – frezerli support; 12 – kronshteyn. Dastgoh quyidagi kompanovkaga ega. Ustun 2 bir nechta sovituvchi suyuqlik rezervuarlari shaklida ishlatiluvchi korobka shaklidagi bo`sh bo`limli cho`yan quymali asos 1 ga o`rnatilgan. Gorizontal yo`naltiruvchi ustunning yuqori qismida shpindel kallagi harakatlanadi (koordinata Z) uning tepasida kranshteynda 12 asbob-uskuna magazini 10 o`rnatilgan. Kranshteynda asbob- uskunalarni avtomatik almashtiruvchi kantovkalagich 9 va minipulyator 7 o`rnatilgan. Shuningdek ustunning yuqori qismida shpindelning 12 xil tezlikda aylanishini ta`minlaydigan tezliklar qutisi joylashgan. Ustunning old yuzasida support 4 joylashadigan (koordinata Y) vertikal yo`nlatirgichlar mavjud. Yo`naltiruvchi supportida harakatlanuvchi stolli 5 (koordinata X) gorizontal slazkalar joylashishi mumkin. Dastgoh konturno-pozitsiyali RDB "4 o`lcham" tipli tizimga ega. Dastgohda quyidagi harakatlar dasturlashtiriladi: o`q bo`ylab-shpindel kallagi; vertikal-support; gorizontal-salazka; aylanuvchi-ko`tarilib buriluvchi stol. Dasturni 8 qatorli perfolentadan, boshqaruv pulti yoki EVM aloqa kanalidan qo`l yordamida RDB tizimiga kirgizish. Foydalanilgan organlarni ko`chirish uchun doimiy tok elektrodvigatelli kuzatuvchi privod va qayta aloqa datchigi sifatida intuktasinlardan foydalaniladi. Dastgohning kinematik sxemasi Asosiy harakat zanjirini sozlash organi shpindelning 12 xil tezlikda aylanishini ta`minlaydigan tezliklar qutisi hisoblanadi. Shpindel kallagining dasturiy joylashuvi tartibga solinadigan doimiy tok elektrodvigateli, reduktor va 1 juft vint-gayka yordamida amalga oshiriladi. Anologik privod support, slazka va ko`tarilib buriluvchi stol siljishi uchun ishlatiladi. Asbob-uskunalar magazini burilishi doimiy tok elektrodvigateli, chervyakli uzatma va tishli uzatmalar yordamida amalga oshiriladi. Dastgohning texnik tafsiloti 1. Ishchi stol yuzasi o`lchamlari (eni, uzunligi), mm 250 х 630 2. Ko`tarilib buriluvchi stol planshaybasi diametri, mm 250 3. Koordinata o`qi bo`ylab siljish, mm: Slazka Х o`qi bo`yicha Support Y o`qi bo`yicha Shpindel kallagi Z o`qi bo`yicha 250 250 200 4. Shpindel aylanish chastotasi soni 12 5. Shpindel aylanish chastotasi chegarasi, ayl/min 45 – 2000 6. Uzatishlar chegarasi, mm/min X o`qi bo`yicha slazka Y o`qi bo`yicha support Z o`qi bo`yicha shpindel kallagi 10 – 1000 10 – 1000 10 – 1000 7. Koordinatalar bo`yicha tez siljish tezligi, mm/min 1200 8. Uzatmalar soni 11 9. Koordinata o`qlari bo`ylab harakatlanish diskretligi, mm 0,01 10. Koordinatalar soni 4 11. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni 3 12. Magazindagi asbob-uskunalar soni 20 13. Asbob-uskunaning almashinish vaqti, s 5 14. RDB qurilmasi turi O`lcham - 4 15. Asosiy harakat elektrodvigateli quvvati, kVt 2,2 Ishni bajarish tartibi 1. Dastgoh vazifasi va uning texnik tafsilotini o`rganib chiqish 2. Dastgohning ishlash prinsipi va asosiy uzellari konstruksiyasini o`rganish 3. Dastgohning koordinata tizimini aniqlash Nazorat savollari 1. Dastgohning vazifasi 2. Dastgohning asosiy harakat privodi 3. Dastgohning uzatma privodi tipi Download 293.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling