2- amaliy topshiriq Innovatsion iqtisodiyotning tarkibiy qismlari va rivojlanish shartlari nimadan iborat?
Download 37.5 Kb.
|
2- amaliy topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion iqtisodiyotning asosiy korsatgichlari
2- amaliy topshiriq Innovatsion iqtisodiyotning tarkibiy qismlari va rivojlanish shartlari nimadan iborat? Innovatsiya atamasi lotincha innovus (in novus yangilikka qarab) degan manoni anglatadi va u yangilik va ilgor texnologiya atamalari bilan sinonimlar tariqasida ishlatilishi mumkin. Bu barcha tushunchalarni birlashtiruvchi manosi innovatsiyalarni (yangilik kiritishni) ikki xil manoda tushunishni, yani yangilik yaratish (yangi mahsulot, yangi texnologik jarayon, yangi hizmatlar va xakozo) va ularni amalga oshirishni oz ichiga qamrab oladi. Nafsilambirini aytganda, biror bir obektga nisbatan yangilik kiritish tugallangan marketing kompleksi tadbirlarining pirovard natijasi hisoblanadi. Bizning va kopchilik horijiy mamlakatlarning adabiyotlarida innovatsiya tushunchasi boshqacharoq talqin qilinib, uni moliya-iqtisodiy boshqaruv, ijtimoiy yangiliklarni joriy qilish, korxona va tashkilotlarni boshqarishdagi yangiliklar sifatida tushuniladi. Bizning fikri-ojizimizcha, innovatsiya tushunchasining eng yaxshi tarifi quyidagicha bolishi mumkin: Innovatsia hayotga tadbiq etilgan va tijoratda qimmatga ega bolgan goya bolib, u yangi talablarni yarata oladi, mavjud talablarni samaraliroq ravishda qondiradi va sarf-xarajatlar hamda amaliyotga tadbiqi natijalarining optimal nisbatida iqtisodiy, information, ekologik, ijtimoiy yoki boshqacha turdagi samara keltiradi". 20 asrning 80-yillarida yuzaga kelgan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga otish kontsetsiyasi industrial davrdan information- texnologik davrining ishlab chiqarish usuliga otish bilan bogliqdir. Ushbu kontseptsiyaning paydo bolishiga asosiy sabab - industrial iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va jabhalarini qamrab olgan hamda uning miqyosi, dinamikasi va ichki mohiyatini batamom ozgartirib yuborgan yangi information texnologiyalar paradigmasidir. Yangi nazariyaning korsatishicha, industrial iqtisodiyotning information iqtisodiyot bilan almashinishi agrardan industrial iqtisodiyotga otishga ekvivalant emas, chunki yangi paradigma doirasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ilm-fam sohalaridagi puxta bilimlar talab qiladigan kompyuter texnologiyalari, raqobatbardosh va ozgaruvchan sharoitlarga tezda moslasha oladigan information tarmoqlar sifatida aniqlanadilar. Innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bolgan tizimlarni organishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida organib chiqish ham muhim nazariy yondoshuv hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli malumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yonalishning eng asosiy namoyondalari sifatida Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy siyosatni organish markazi professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya Universiteti professori R. Nelsonni korsatib otish mumkin /7, 14/. Ular, umumiy metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda golib chiqishning asosiy faktori ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy bilimlardan foydalanishga alohida ahamiyat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. Nort ning ilmiy ishlarida eng mukammal holda tadqiq qilingan /4/. Uning ilmiy ishlaridagi asosiy goya institutsionalizm bolib, uningcha, jamiyatdagi ilgor ilmiy-texnologik institutlar (tashkilotlar) undagi bilimlar va texnologiyaga bevosita yoki bilvosita tasir qiladilar. Nortning korsatishicha rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning rivojlanishi, ular orasidagi aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda uchinchi dunyo ga qaraganda iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega bolganlar. Bu fundamental ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib, bilimlarga asoslangan iqtisodiyot yoki innovatsion tizimga quyidagi tarifni berishimiz mumkin: Innovatsion tizim jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning majmui bolib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilgor innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda ozlashtirishga) qaratilgan bolib, u davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va talimning birgalikdagi ozaro foydali sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez suratlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (yoki rivojlangan mamlakatlardan) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni kommertsiyalashtirishga (yani ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga), goyalarni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi mahsulotlarga toldirishga va buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma- ket (va doimiy) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan iqtisodiyot va unga mos bolgan innovatsion tizimning hal qilishi kerak bolgan asosiy muammoning yechimiga olib keladi, yani, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bolgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Innovatsion iqtisodiyotning asosiy korsatgichlari Innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlari mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifatini oshirgan holda, uning tannarxini minimallashtirish va texnoligik, tashkiliy hamda insoniy zahiralarning sifatini oshirib, ularni ilgor halqaro talablarga moslashtirishdir. Yuqori darajada samarador bolgan yangi innovativ texnologiyalarni hayotga tadbiq qilishda quyidagi natijalar eng asosiy ahamiyatga egadir: Ishlab chiqarish va boshqaruvda qo’l mehnati ulushini iloji boricha kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash; Ishlab chiqarish jarajonining to’xtamasligi va stabilligini ta’minlash, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan vaqt yo’qotishlarini bartaraf qilish; Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan material sarfi, energiya sarfi va mehnat sarfini iloji boricha kamaytirish; Ishlab chiqarishda ishlatiladigan asbob-uskuna, mexanizm va qurilmalarning samaradorligini oshirish; Tijorat (kommertsya) asosida yaratilgan (yoki boshqa rivojlangan mamlakatlardan olib keilb qollanilayotgan) innovatsiyalarni boshqa turdosh korxonalarga tarqatish. Download 37.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling