Material resurslarni me’yorlashtirish reja


Download 20.83 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20.83 Kb.
#1603541
Bog'liq
MATERIAL RESURSLARNI ME


MATERIAL RESURSLARNI ME’YORLASHTIRISH
REJA:
4.1. Material sarfini me’yorlashtirish maqsadi va vazifalari.
4.2. Ilg’or sarf me’yorini ishlab chiqish bosqichlari.
4.3. Ishlab chiqarish zahiralarini me’yorlashtirish


Tayanch so’z va iboralar: xom-ashyo va material sarfi me’yorlari, spetsifik me’yorlar, yig’ma me’yorlar, sof material sarfi, joriy, tayyorlov va sug’urta zaxiralari.


4.1. Material resurslarni me’yorlashtirish maqsadi va vazifalari

Material resurslar sarfi me’yorlari mehnat buyumlarini tashkil etuvchi xom-ashyo, material,yoqilg’i va boshqa elementlar kattaligini tartibga soladi.



Jihozlardan va mehnat vositalaridan foydalanish me’yorlari bilan bir qatorda ular moddiylashtirilgan mehnatdan foydalanish ko’rsatkichlarini belgilaydi.
Material resurslarini ishlab chiqarishdagi vazifasiga ko’ra xom-ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg’i, elektr energiya sarf me’yorlari ajratiladi
Xom-ashyo va material sarfi me’yorlari ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun o’rnatiladi. Ushbu me’yorlar detal bo’yicha, spetsifik va mahsulot turi bo’yicha belgilanadi. Detallar uchun me’yorlar alohida detal uchun uning konstruktiv xususiyatlari, ishlov berish usullari, qo’llaniladigan jihozlar turidan kelib chiqib material sarfini tartibga soladi.
Spetsifik me’yorlar buyumni tayyorlash uchun xar bir materialning sarf me’yorlaridir. Yig’ma buyumlar bo’yicha me’yorlar maxsulot turini tayyorlash uchun zarur bo’ladigan materiallar turi guruhining sarf kattaligidir.
Alohida detallar uchun o’rnatilgan sarf normalar ichki moddiy tehnik taminotni rejalashtirishga xizmat qiladi. Spetsifik va yig’ma me’yorlar korxona miqyosida ta’minotni rejalashtirish uchun qo’llaniladi.
Texnologik maqsadlar uchun yordamchi material, yoqilg’i va energiyaning bevosa sarf normalari mahsulot birligi uchun o’rnatiladi. Har bir turdagi material istemoli ma’lum xarajatlar tuzilmasi bilan xarakterlanadi.Lekin umumiy holda ushbu tuzilmani quyidagi uch elementdan tashkil topadi deyish mumkin:


  1. Mahsulot birligi uchun sof material sarfi;


  2. Texnologik chiqindi va materiallardan yo’qotishlar;


  3. Boshqa yo’qotishlar.




Sof material sarfi – meyorning asosini tashkil etadi va materialni chiqindi va yo’qotishlarni e’tiborga olmagan holda foydali sarfini belgilaydi. Bevosita sarf ma’lum konstruksiyadan kelib chiqqan holda mahsulot, bo’g’in detallarini sof og’irligi xom-ashyo va materiallardan yaroqli mahsulot chiqish, elektr energiyasini foydali sarfi orqali ifodalanadi.
Texnologik chiqindi va materiallar bo’yicha yo’qotishlar texnologik jarayonlar xususiyatlardan kelib chiqadigan qo’shilgan xarajatlarni e’tiborga oladi.
Texnologik chiqindi va yo’qotishlar turli material resurslar uchun turlicha bo’ladi.
Masalan: metalprokat uchun qo’shimcha chiqindilar elementlariga qirindi, yonish natijasida yo’qotish shtamnovkalash jarayonidagi chiqindilar shular jumlasidandir.
Boshqa chiqindi va yo’qotishlar foydalaniladigan va foydalanilmaydigan chiqindilar ajratiladi. Sarf me’yorlariga faqat foydalanilmaydigan chiqindilar kiritiladi.Materiallar sarf me’yorlari elementlarini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

Material resurslar sarfi me’yorlari mehnat buyumlarini tashkil etuvchi 
xom-ashyo, material,yoqilg’i va boshqa elementlar kattaligini tartibga soladi. 
Jihozlardan va mehnat vositalaridan foydalanish me’yorlari bilan bir 
qatorda ular moddiylashtirilgan mehnatdan foydalanish ko’rsatkichlarini 
belgilaydi. 
Material resurslarini ishlab chiqarishdagi vazifasiga ko’ra xom-ashyo va 
asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg’i, elektr energiya sarf me’yorlari 
ajratiladi 
Xom-ashyo va material sarfi me’yorlari ishlab chiqariladigan mahsulot 
birligi uchun o’rnatiladi. Ushbu me’yorlar detal bo’yicha, spetsifik va mahsulot 
turi bo’yicha belgilanadi. Detallar uchun me’yorlar alohida detal uchun uning 
konstruktiv xususiyatlari, ishlov berish usullari, qo’llaniladigan jihozlar turidan 
kelib chiqib material sarfini tartibga soladi. 
Spetsifik me’yorlar buyumni tayyorlash uchun xar bir materialning sarf 
me’yorlaridir. Yig’ma buyumlar bo’yicha me’yorlar maxsulot turini tayyorlash 
uchun zarur bo’ladigan materiallar turi guruhining sarf kattaligidir. 
Alohida detallar uchun o’rnatilgan sarf normalar ichki moddiy tehnik 
taminotni rejalashtirishga xizmat qiladi. Spetsifik va yig’ma me’yorlar korxona 
miqyosida ta’minotni rejalashtirish uchun qo’llaniladi. 
Texnologik maqsadlar uchun yordamchi material, yoqilg’i va energiyaning 
bevosa sarf normalari mahsulot birligi uchun o’rnatiladi. Har bir turdagi material 
istemoli ma’lum xarajatlar tuzilmasi bilan xarakterlanadi.Lekin umumiy holda 
ushbu tuzilmani quyidagi uch elementdan tashkil topadi deyish mumkin: 
1) Mahsulot birligi uchun sof material sarfi; 
2) Texnologik chiqindi va materiallardan yo’qotishlar; 
3) Boshqa yo’qotishlar.
Sof material sarfi – meyorning asosini tashkil etadi va materialni chiqindi va 
yo’qotishlarni e’tiborga olmagan holda foydali sarfini belgilaydi. Bevosita sarf 
ma’lum konstruksiyadan kelib chiqqan holda mahsulot, bo’g’in detallarini sof 

og’irligi xom-ashyo va materiallardan yaroqli mahsulot chiqish, elektr energiyasini 


foydali sarfi orqali ifodalanadi. 
Texnologik chiqindi va materiallar bo’yicha yo’qotishlar texnologik 
jarayonlar xususiyatlardan kelib chiqadigan qo’shilgan xarajatlarni e’tiborga oladi. 
Texnologik chiqindi va yo’qotishlar turli material resurslar uchun turlicha 
bo’ladi. 
Masalan: metalprokat uchun qo’shimcha chiqindilar elementlariga qirindi, 
yonish natijasida yo’qotish shtamnovkalash jarayonidagi chiqindilar shular 
jumlasidandir. 
Boshqa chiqindi va yo’qotishlar foydalaniladigan va foydalanilmaydigan 
chiqindilar ajratiladi. Sarf me’yorlariga faqat foydalanilmaydigan chiqindilar 
kiritiladi.
Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling