2- bosqich, 202- guruh talabasi Davlatova Namuna 2-Mavzu: “DE
Download 11.94 Kb.
|
2-@ Umumiy dehqonchilik
2- bosqich, 202- guruh talabasi Davlatova Namuna 2-Mavzu: “DEhQonchilikning ilmiy asoslari” Ilmiy dеhqonchilikning quyidagi asosiy qonunlarini misollar keltirib tushuntirib bering: O’simlik hayot omillarining tеng ahamiyatliligi va bir-birini o’rnini bosa olmaslik qonuni. Minimum, optimum va maksimum qonunlari O’simlik hayot omillarining birgalikda tasir etish qonuni. Qaytarish qonuni. Tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni. 1). O’simlik hayot omillarining tеng ahamiyatliligi va bir-birini o’rnini bosa olmaslik qonuni. Bu qonunni V.Vilyams yaratgan bo’lib, uning mohiyati shundaki, o’simlikning barcha hayot omillari absolyut tеng ahamiyatga ega va hеch birini boshqa biron-bir omil bilan almashtirib bolmaydi. Ósimliklarning hayot omillari ikki xil bóladi ya'ni 1-kósmik va 2- yer omillari. Kòsmik omillarga yorug'lik va issiqlik kiradi. Yer omillariga esa karbonat angidrid, kislorod, suv, azot, fosfor, kaliy va boshqa oziq elеmеntlari kiradi. O'simlikning órganlari yaxshi rivojlanishi, òsishi va ózidan avlod qoldirishi uchun hayot omillarining barchasi birdek zarur. Yorug'lik yoki xarorat yetishmasa ósimlik juda ham nimjon, pigmentlari kam bólib rivojlanadi, fotosintez jarayoni ham juda sust bóladi. Bu esa moddalar va energiya almashinuviga salbiy yasir kórsatadi. Agar tuproqdagi moddalar va elementlar ham kam bólsa, ósimlikning hosildorligi pasayadi. Bundan tashqari ósishi va rivojlanishiga ham salbiy ta'sir kórsatadi. 2). _Minimum, optimum va maksimum qonunlari: Ushbu qonunni birinchi bólib Yu. Libix tariflagan. Minimum qonuniga asosan olinadigan hosil miqdori minimumdagi hayot omiliga bog'liqdir. Eng yuqori hosil hayot omillari optimal holatda bólgan sharoitda olinadi. Dehqonchilikning vazifasi minimum va maksimumdagi omillari optimal darajaga keltirishdir. Hosildorlikning ortishi minimumda joylashgan omil miqdorining ortishiga bog'liqdir. Yani barchasi hayot omillariga bog'liqdir. Hayot omillari qancha kam bólsa hosildorlik past bóladi. Agar biz hayot omillarini suniy ravishda orttirsak ham hosildorlikni optimum darajaga chiqarishimiz mumkin. 3). _ O’simlik hayot omillarining birgalikda tasir etish qonuni. O’simlikning hayot omillari alohida-alohida tasir ko’rsatmaydi, balki ular birgalikda tasir etadi, yani o’simlikning o’sish va rivojlanish jarayonida unga hamkorlikda tasir ko’rsatadi. Agar ósimlikga birgina hayot omilini optimal darajada ta'sir ettirsak ham, biz kózlagan maqsadimizga yeta olmaymiz. Masalan yer omillaridan bólgan Azot ,fósfir, kaliy elementlardan, faqat kòp miqdorda azòtli óg'itlarni qóllasak bu ósimlikning òsishiga tasir qiladi. Hosildorlikga esa hech qanday tasir kòrsatolmaydi. Yani fósfir va kaliyli òg'itlar órnini bosa olmaydi. Shu sababli hayot omillarining barchasi ósimlikga birdek zarur. Dehqonchilikda kuzatilgan kóp yillik tajribalar shundanndalolat beradiki , ósimlikning hayot omillari birgalikda ta'sir etganda, uning samarasi yaqqol namoyon bóladi. 4). _ Qaytarish qonuni. Hosi bilan tuproqdan olib chiqib ketilgan modda va energiya unga tóliq qaytarilishi zarur. Dehqonchilikning bu qonuni 1840- yilda nemis olimi Yustus Libix tomonidan kashf etilgan. Ya'ni ósimlik organlari va hosil tarkibini analiz qilish yóli bilan tuproqdan qancha oziq moddalar olib chiqib ketilishi aniqlangan. Shu maqsadda òg'it sanoat i tashkil topilib Libix raxbarligida har yili ekin uchun óg'itlar shakli ishlab chiqarildi. Va meyyori hisoblab chiqib belgilandi. Bu qonunning maqsadi shundan iboratki, qonunga tóliq amal qilinganda faqat shu yilgi ekinlardan va sifatli hosil yetishtiribgina qolmay, balki kelgusi yillarda ham yanada yuqori hosil olishga imkon yaratadi. 5). Tuproqning unumdorligining pasayib borishi qonuni: Ushbu qonunga muvofiq har bir qóshimcha hosil avvalgiga nisbatan kóproq harajatlar hisobiga olinadi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, yerga qancha ekin ekilsa tuproqdagi barcha mineral moddalarni ósimlik ózlashtiradi. Bundan tashqari tuproqning issiqlik, nam va havo rejimidan ham foydalanadi. Natijada tuproqning unumdorligi kamayadi. Keyingi ekin va ósimliklar uchun esa tuproq zaiflashib boradi. Tuproqning asl holatini va unumdorligini saqlab qolish uchun esa unga agrotexnik va agrokimyoviy ishlov berish zarur. Bu esa óz navbatida vaqt, mehnat va mablag' talab etadi. Download 11.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling