2-§. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari 3-§. Inqirozlarning mazmuni va turlari


-chizma. Iqtisodiy siklning ikkinchi ko‘rinishi


Download 41.88 Kb.
bet3/12
Sana02.06.2024
Hajmi41.88 Kb.
#1838809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
18-mavzu. IqtisodiYOtning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorli-fayllar.org

2-chizma. Iqtisodiy siklning ikkinchi ko‘rinishi.
Bu ikkala ko‘rinishdagi sikl bir-biridan shaklan farqlansada, mazmun jihatidan o‘xshash bo‘lib, inqiroz va o‘sishlarning muqarrar ravishda ma’lum davrlarda takrorlanib turishi tan olinadi.
2-§. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.

Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.


Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
– urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
– oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
– yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
– ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.
Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillar tug‘diradi deb hisoblaydi.
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to‘liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.
Boshqa ichki omillardan qo‘yidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
– shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko‘pam to‘g‘ri emas. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas.
SHuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator quyidagi nazariyalar ham ilgari suriladi:

Download 41.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling