2-topshiriq. Topshiriqni sxema shaklida misollar keltirilgan holda bajaring
Tushunchalar ustida mantiqiy amallar.
Tushunchalarni chegaralash
A
S
D
V
Tushunchalarni umumlashtirish
A
S
D
V
Tushunchalarni chegaralash hajmi keng tushunchadan fikran hajmi tor tushunchaga o‘tishdan iborat. Masalan, “Tergovchi” tushunchasidan “Prokuratura tergovchisi” tushunchasiga o‘tsak, uning hajmini chegaralagan bo‘lamiz. Ya'ni jins tushunchadan tur tushunchaga o‘tamiz. Natijada mazmun jihatdan kengroq, lekin hajm jihatdan torroq tushuncha hosil bo‘ldi. Chegaralash amalini davom ettirib, “Tuman prokuraturasi tergovchisi” tushunchasiga o‘tishi mumkin. Chegaralash amalini yakka tushuncha hosil bo‘lguncha davom ettirish mumkin. Chunki yakka tushunchaga nisbatan tur tushuncha mavjud bo‘lmaydi. Tushunchalarni umumlashtirish chegaralash amaliga teskari amal bo‘lib, hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (turdan jinsga) fikran o‘tishdan iborat. Umumlashtirish amalini eng umumiy tushunchalar, ya'ni kategoriyalargacha davom ettirish mumkin. Chunki kategoriyalarga nisbatan jins tushuncha mavjud emas.
Masalan: tushunchani chegaralash
A – Tergovchi
V – Prokuratura tergovchisi
S – Tuman prokuraturasi tergovchisi
D – Hamza tumani prokuraturasi tergovchisi
ye – Hamza tumani prokuraturasi tergovchisi Sodiqov
Tushunchani umumlashtirish
A – Hamza tumani prokuraturasi tergovchisi Sodiqov
V – Hamza tumani prokuraturasi tergovchisi
S – Tuman prokuraturasi tergovchisi
D – Prokuratura tergovchisi
ye – Tergovchi
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish amallari vositasida tushunchalarning mazmuni va hajmi chuqurroq o‘rganilishi, fikrlash predmeti aniqlashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |