Softswitch ZXSS10 SS1b dasturiy kommutatori
ZXSS10SS1b ZTE korporatsiyasining NGN arxitekturasi uchuntayanch qurilma bo‘lib, chaqiriqlarni nazorat qilish, mediashlyuzga kirish imkoniberish, marshrutlash,autentifikatsiya protokollarni qayta ishlash va x.k. vazifalarni bajaradi.
Xizmat ko‘rsatish darajasida SCP serveri bilan o‘zaro bog‘lanib, ZXSS10 SS1b nafaqat UfTT ning boshlang‘ich xizmatlarini balki multimediali, an’anaviy intelektual tarmoq xizmatlari, shaxsiy IP-xizmatlari va qo‘shimcha qiymatga ega xizmatlarni amalga oshiradi.
Vazifasi: Oddiy va murakkab chaqiriqlarni qayta ishlash; protokollarni moslashtirish; kelajakda yangi xizmatlarni qo‘shish imkonini beruvchi xizmat platformalarining ochiq standart interfeysi;
Narxlar xisobi, autentifikakitsiya, texnik xizmat ko‘rsatishni qo‘llab quvvatlash; E.164 manzillarni IP-manzilga o‘zgartirish; Dual-homing (ikki turda rezervlash) mexanizmini qo‘llab quvvatlash; tizimning resurslarini boshqarishning markazlashgan usuli va resurslarni taqsimlag va boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |