2 -laboratoriya ishi zararli va zaharli moddalarining konsentratsiyasini aniqlash. Ishning maqsadi
Download 101.59 Kb.
|
Laboratoriya ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barometr-aneroid. A
- 2.3. Ishni bajarish tartibi
Aerozol’ filtrlar – AFA-V-10, AFA-V-18. Ushbu filtrlar materiali elektrostatik xususiyatga ega bo`lib, 99,5 foizgacha changni ushlab qolish qobiliyatiga egadir. Filtr markasidagi V harfi filtrni tortib ko`rish uslubi asosida ishlashini, 10 va 18 sonlari esa filtrning sm2da ifodalangan yuzasini bildiradi. Filtrdan foydalanish qulay bo`lishi uchun u maxsus qog’oz qobiqqa joylashtiriladi.
Barometr-aneroid. Atmosfera bosimi filtr orqali o`tadigan havo hajmiga ta`sir etganligi sababli atmosfera bosimini aniqlash uchun barometr-aneroiddan foydalaniladi. Simobli termometr ish joyi havosi haroratini aniqlash uchun ishlatiladi. Analitik tarozi filtrning toza holdagi va tadqiqotdan keyingi chang bilan birgalikdagi massasini aniqlash uchun foydalaniladi. Massani aniqlashda filtr qobig’i bilan birgalikda tortiladi. Agar filtr yuqori namlikdagi ishlab chiqarish sharoitida namlangan bo`lsa u xona haroratida 10-15 minut qurutilishi lozim. 2.3. Ishni bajarish tartibi Qurilma yordamida ish joyi havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1.Aspiratorning havo qabul qilish kamerasiga(1) dastlabki massasi (m1)aniq bo`lgan AFA-V-18 markali filtr o`rnatiladi. 2.Aspiratorning rezina quvuri (2) qabul qilish kamerasi (1) orqali havo so`ruvchi shtutserga (3) ulanadi. 3.Aspiratordagi ventilyator (6) qo`shiladi va ma`lum miqdordagi havo aniq vaqt davomida aspirator orqali o`tkaziladi. 4.Aspiratordan filtr echib olinib chang bilan birgalikdagi massasi ( m2)aniqlanadi. 5.Xonaning harorati, bosimi va nisbiy namligi termometr, barometr va psixrometrlar yordamida aniqlaniladi Xonaning zararli changlar bilan ifloslanganlik darajasi quyidagi formula yordamida aniqlaniladi: Vn=273. 105 , bu erda W -aspiratorning ish unumdorligi, m3/min; t -aspiratorning ish vaqti, min; m1 -filtrning toza holdagi massasi, mg; Rh -xonaning havosining bosimi, Pa; Rar -me`yoriy atmosfera bosimi, Pa; th -xona harorati, 0S. 6.Xona havosining zararli changlar bilan ifloslanganlik darajasi ruxsat etilgan miqdor (PDK) bilan taqqoslanadi va ularning farqi aniqlanadi, V=V-PDK, mg/m3 7.Xona havosining ifloslanganlik darajasini PDK ga nisbatan foizdagi miqdori aniqlanadi, Download 101.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling