2 -laboratoriya ishi zararli va zaharli moddalarining konsentratsiyasini aniqlash. Ishning maqsadi


Zararli gazlar kontsentratsiyasini aniqlash usullari va jihozlari


Download 101.59 Kb.
bet5/6
Sana23.02.2023
Hajmi101.59 Kb.
#1225800
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Laboratoriya ishi 2

2.7.Zararli gazlar kontsentratsiyasini aniqlash usullari va jihozlari
Zararli gazlar kontsentratsiyasi ikki xil usulda, ya`ni laboratoriya va «ekspress» (tezkor) usulida aniqlanadi.
Laboratoriya usulida iflos havodan olingan namuna maxsus laboratoriyalarda tekshirilib, ularning ximiyaviy tarkibi to`liq o`rganiladi. «Ekspress» usulida esa ishlab chiqarish joylari havosi tarkidagi zararli gazlar miqdori ish joyining o`zida indikator naychalardan foydalanilgan holda gaz analizatori yordamida aniqlanadi. Buning uchun esa UG-1, UG-2 yoki GX-2, GX-4 gaz analizatorlaridan foydalaniladi.

1 .-Rasm.


UG-2 universal gaz analizatori
1-korpus; 2-sil’fon; 3-shtok;
4-rezina quvur; 5-indikator trubka;
6-shkala.

UG-2 gaz analizatori korpus (1), silfon (2), shtok (3), fiksator (4), rezina trubka (5), indikator naycha (6), va shkala (7) lardan tashkil topgan. shtok yordamida siqiladi. Ushbu gazanalizatori indikator naychalar orqali havoni so`rib olish asosida ishlaydi. Buning uchun shtok (3) yordamida sil’fon (2) siqiladi va ma`lum miqdordagi iflos havo so`rib olinadi. (2.1-jadval). Ish joyi havosi tarkibidagi zararli gaz bilan indikator naycha ichidagi kimyoviy modda reaktsiyaga kirishishi natijasida indikator naychaning rangi o`zgaradi. Indikator naychasidagi o`zgargan rang turiga qarab zararli gaz turi, shkala (7) yordamida esa miqdori aniqlaniladi. Olingan natija ruxsat etilgan miqdor bilan taqqoslanib, ish joyi havosi baholanadi.


2.8. Ishni bajarish tartibi
1.Maxsus indikator naycha (6) havo so`rish kamerasining trubasiga rezina trubka (5) orqali birlashtiriladi.
2.Rezina trubadagi qisqich echib olinadi.
3.Fiksator (4) tortilib shtok (3) pastga bosiladi. Sil’fon prujina ta`sirida o`z holiga kelib, xona havosini so`rib ola boshlaydi. Natijada ish joyi xonasidagi havo indikator naycha orqali sil’fonga yig’iladi. So`rilishi lozim bo`lgan havo hajmi oldindan belgilanib olinadi (2.1-jadval). Sil’fonga yig’iladigan havoning hajmi belgilangan miqdorga etgach fiksator (4) avtomat ravishda shtok (3) ning harakatini to`xtatadi.
4. Indikator naycha (6) echib olinadi va uning o`zgargan rangi asosida 2.2-jadvaldan ish joyi havosi tarkibidagi zararli gaz turi aniqlaniladi. Ushbu indikator naychadagi rangning uzunligi orqali esa maxsus shkala (7) yordamida zararli gazning miqdori (mg/m3) aniqlanadi.
5.Olingan natijalar asosida ishlab chiqarish xonasi havosi tarkibidagi zararli gaz kontsentratsiyasi foiz hisobida quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu erda, gazning molekulyar massasi; atmosfera bosimi, Pa; absolyut harorat, , 0S; tajriba o`tkazilgan vaqtdagi xona harorati, 0S;

Download 101.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling