2 – laboratoriya mashgʻulot turi: laboratoriya Mavzu
Download 0.98 Mb.
|
tajriba - 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
- Adabiyotlar: 1) 50-55 b.; 2) 341-384 b. 3) 219-235 b.; 4) 233-278 b. Nazariy qism
- Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan uskunalar
- Ish bajarish tartibi
- Nazorat savollari
2 – LABORATORIYA Mashgʻulot turi: laboratoriya Mavzu: Mеtаllаrning qаttiqligini Brinеll usulidа аniqlаsh. Ishdan maqsad: TSH - 2M tipidаgi Brinеll o’lchоv аsbоbi tаgligigа tаyyorlаngаnlаngаn vа tаyyorlаngаn nаmunа kоmplеktgа quyilib, mа’lum usul bilаn shаrchаni nаmunаgа bоtirilаdi. Kuchlаnish оlingаndаn kеyin lupа yordаmidа shаrchа izining diаmеtri аniqlаnаdi vа Brinеll bо’yichа kаttiklik fоrmulаsi оrqаli hisоblаb tоpilаdi. Tоpilgаn nаtijаni jаdvаl bilаn tаqqоslаb ko’rilаdi Adabiyotlar: 1) 50-55 b.; 2) 341-384 b. 3) 219-235 b.; 4) 233-278 b. Nazariy qism Metallarni va qotishmalarni qattiqligini aniqlashda bir necha usullar bor. Jumladan: Brinell, Rokvell va Vikkers usullari keng ishlatiladi. Brinell usuli toblanmagan metallarning, rangli metallar va ular asosidagi qotishmalarning qattiqligini aniqlashda qo‘llaniladi. Qattiqlik aniqlanish kerak bo‘lgan metallarning qalinligiga diametri 2,5; 5 va 10 mm li toblangan po‘lat sharcha sinaluvchi namunaga 1,875; 2,5; 5,0; 7,5; 10 va 30 kN kuch bilan ma’lum vaqt (10, 30 va 60 soniya) davomida asta-sekin botiriladi, natijada sinalayotgan metall yuzasida po‘lat sharchaning izi qoladi, izining diametriga qarab metall va metall qotishmasining qattiqligi aniqlanadi. Shar namuna sirtiga botirilgan, shu namunada sharning sigment tarzidagi izi qoladi. Bu izining yuzi formuladan topiladi. Bu yerda: D - sharikning diametri. d - sharikning qoldirgan izining diametri. h - izining chuqurligi. Ta’sir ettirilgan kuchning sigment yuziga bo‘lgan nisbati Brinell bo‘yicha qattiqlik deyiladi va НВ bilan ifodalanadi. Namunadagi sharning izining diametri lupa bilan o‘lchanadi. Namunani qattiqligini tez aniqlash uchun, amalda maxsus jadvaldan foydalaniladi. Brinell bo‘yicha qattiqlik kg/mm2 bilan SI da N/m2 yoki mn/m2 bilan o‘lchanadi. Brinell usulida, sinaladigan metall va qotishmalar juda qattiq bo‘lmasligi kerak, aks holda namunaga botirilgan shar deformasiyalanib, sinash natijasi noto‘g‘ri chiqadi. Tekshirishlarning ko‘rsatishicha metallarning cho‘zilishdagi mustahkamligi в bilan Brinell usulida qattiqligi НВ orasida bog‘lanish bor. Prokatlangan va bolg‘alangan po‘lat uchun в 0,36НВ . Quyma po‘lat uchun в (0,3 0,4)НВ Kul rang cho‘yan uchun в 0,1НВ Brinel usulida qattiqligi НВ 450 gacha bo‘lgan materiallarning aniqlash mumkin. Odatda namuna sinalishdan ilgari uning sinaladigan sirti silliqlanib, tekis holatga keltiriladi. Standart sinashda 10 mm diametrli shar uchun yuklama doimo 30 kN (3000 kg) qilib olinadi. Materiallarning Birinell bo‘yicha qattiqligini standart aniqlash shartlari 2.1- jadvalda keltirilgan. Brinell usulida sinash shartlarida yuklama, shar diametri va yuklama ta’sir ettirish vaqti keltiriladi. Masalan, НВ 10 (3000) 10-2500 yozuvdagi birinchi raqam (10) sharning diametri, ikkinchi raqam (3000) yuklanish, uchinchi raqam (10) yuklama ta’sir ettirish vaqti, to‘rtinchi raqam (2500) esa Brinell bo‘yicha qattiqlikni ifodalaydi. Brinell pressining sxemasi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan. Topshiriq. 1. TSH tipidagi qattiqlik o‘lchagich ishini o‘rganish. 2. TSH tipidagi qattiqlik o‘lchagichlar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish. 3. Uglerodli konstruksion va asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlangan ikkita namunaning qattiqligini o‘lchash va hosil bo‘lgan natijalarni taqqoslash. 4. Qattiqlikni hosil bo‘lgan qiymatlariga ko‘ra HB va HRC orasidagi mavjud munosabatlardan foydalanib mustahkamlik chegarasi qiymatlarini aniqlash. Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan uskunalar 1. TSH tipidagi qattiqlik o‘lchagich. 2. Tanlangan diametrdagi toblangan po‘lat sharcha. 3. Shkalasi darajalangan lupa 4. Stol qisqichi (teski) 5. Dastakli egov. 6. Uglerodli konstruksion va asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlangan namunalar Ish bajarish tartibi Sinaladigan namuna yoki detall stolga 1 qo‘yilib, namuna bilan uchrashguncha maxovik 2 soat strelkasi bo‘yicha aylantirilganda shar 3 ko‘tariladi. Shundan keyin elektrodvigatel 4 harakatga keltiriladi, dvigatel esa o‘z navbatida pressdagi richaglar sistemasini harakatlantiradi. Richaglar sistemasi harakatga kelganda shar yuklama 5 ta’sirida namunaga bota boshlaydi. Namuna yuklama ta’siri ostida ma’lum vaqt (2.1- jadvalga qarang) tutib turilgandan keyin yuklama avtomatik ravishda olinib, elektrodvigatel to‘xtatiladi. So‘ngra maxovik 2 teskari tomonga aylantirilib, namuna (detal) taglikdan olinadi va sharning qoldirgan izi o‘lchanadi. Nazorat savollari 1. Qattiqlik deb nimaga aytiladi? 2. Moddalarning qattiqlik qanday aniqlanadi? 3. Moddalar qattiqligini aniqlashdan maqsad nima? 4. Brinell qurilmasining ishlash uslubini aytib bering. 5. Sharning diametri va yuklanish orasida qanday bog‘liqlik mavjud? Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling