2 – laboratoriya mashg’uloti mavzu: Tarmoqlangan topologiyali tarmoqni qurish va uning ishlashini tekshirish. (2 soat) Laboratoriya majg’ulotini maqsadi


Download 190.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi190.73 Kb.
#1448501
  1   2   3


2 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu: Tarmoqlangan topologiyali tarmoqni qurish va uning ishlashini 
tekshirish. (2 soat) 
Laboratoriya majg’ulotini maqsadi: Turli qurilmalardan foydalanib 
tarmoqlangan tarmoqning tuzilishi va sozlanishi bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish. 
Uning ishlash printsipini o‘rganish.
Majg’ulotini bajarilish tartibi 
1. Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish. 
2. Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. 
3. Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish. 
4. Xisob ishlarini bajarish. 
5. Tegishli xulosa chiqarish. 
Kerakli jixozlar 
1. Kompyuter. 
2. Cisco Packet Tracer dasturi. 
Umumiy ma’lumotlar 
Protokol – ma’lumotlarni uzatishda funksional bloklarning holatini 
aniqlovchi standartdir. 
Protokol bitta sathda joylashgan funksional bloklarning o‘zaro harakat 
qoidalari to‘plami hisoblanadi. Odatda protokol quyidagilarni tavsiflaydi:

xabarlar sintaksisi, ma’lumotlarni jo‘natishda ularni identifikatsiyalovchi 
mavjud usuli. Masalan, ma’lumotlar elementi va yuborilishi kerak bo‘lgan 
manzilni aks ettiruvchi tartib; 

uzatiluvchi axborot interpritatsiyasini ta'minlash imkonini beruvchi 
ma'lumotlar elementining nomi;

boshqarish va holat operatsiyalari.
Ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlash fazalarining dinamik 
moslashuviga keladi. Tarmoqda rad etishlarning paydo bo‘lishi xodisalari uchun 
bu holatdan chiqish tartibi ko‘rilgan.


Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa bazaviy etalon modeli. Ochiq tizimlarning 
o‘zaro aloqa (OTO‘A) sohasining 7 ta sathini aniqlaydi. Unga mos ravishda 
protokollarning 7 ta guruhi kiritiladi. Ular sathlar kabi nomlanadi. Protokollar bir-
birining ustida joylashib shtabelni hosil qiladi. Tizimga qo‘yilayotgan vazifadan 
kelib chiqib, uning shtabeli tarkibi hamma sathlarni yoki ularning ayrimlarini o‘z 
ichiga olishi mumkin. Shunday qilib, abonent tizimi 7 sathdan iborat bo‘lgan 
shtabel bilan, aniqlanadi, kommutatsiyalash maqsadi uchun retranslyatsion tizimi 
esa ko‘pincha ikki-uch sathdan iborat shtabelga ega bo‘ladi. 
Tarmoqning har bir sathida bir yoki bir nechta bir-biridan mustaqil bo‘lgan 
protokollar ishlashi mumkin. N-sathning har bir protokoli tarmoqning turli 
tizimlarida joylashgan shu sathdagi ob'yektlarning o‘zaro ishlashini ta'minlaydi.
Istalgan protokol boshqa protokollarning mavjudligini bilmaydi. Lekin, u 
pastki qo‘shni sathda joylashgan protokoldan servis (xizmat) oladi. Servisga kirish 
nuqtasi orqali o‘zaro ta'sirning abstrakt tavsifi primitiv deb nomlanadi. Bazaviy 
etalon modelda primitivning 4 ta toifasi aniqlangan: so‘rov, belgi, javob va 
tasdiqlash.
Axborot tarmog‘ida ularning ilova nuqtalari bilan aniqlanuvchi 
protokollarning 2 tipi ajratiladi (2.1-rasm). 
2.1-rasm. Protokollar tiplari 
P-tipidagi protokollar abonent tizim obyektlarining bevosita o‘zaro ta’sirini 
yoki mos sath administrativ tizimlarini ta’minlab beradi. K-tipidagi protokollarga 
kelsak, ular qo‘shaloq juft tizimlarni o‘zaro ta’sirini tavsiflaydi. Bu protokollar 
kommunikatsion tizim xarakteristikalarini tavsiflaydi.


Tarmoqning oxirgi uchta sinflari ma’lumotlarni marshrutlashtirish 
tarmog‘ini hosil qiladi. Etib o‘tilganlarga mos ravishda, masalan, paket 
kommutatsiyasi tarmog‘ida 1-3 sath protokollari K-tipga (2.2-rasim), 4-7 stah 
protokollari esa P-tipga tegishli. Bu yerda retranslyatsion tizim sifatida 
paketlarning uch sathli kommutatsiyasi ishtirok etadi.
2.2-rasm. Paketlar kommutatsiyasining tarmoq protokollari 
Protokol qurilmalar yoki dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Ikkala 
holatda ham protokollarni amalga oshirish haqida gapiriladi. Tabiiyki,turli ishlab 
chiqaruvchilar va dasturchilar ayni bitta protokolning turlicha amalga oshiriluvchi 
protokollarini ishlab chiqishmoqda. Shu sababli korrekt qulaylik muammmosi 
vujudga keladi – bu standart tilni dastur tilida aks etishidir. Ishni amalga oshirishni 
to‘g‘riligini aniqlash uchun protokolga mosligi tekshiriladi. Tekshirish qurilma 
yoki dasturni ishlab chiqishda ishtirok etmagan mustaqil tashkilot toomnidan 
o‘tkazilishi kerak.
Mazkur protokol berilgan vazifalarni bajarayotganini kafolatlash uchun, u 
verifikatsiya va sertifikatsiyadan o‘tkaziladi. 
Modelning har bir sathi alohida funksiyalarni bajaradi: 



Download 190.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling