2 – laboratoriya mashg’uloti mavzu: Tarmoqlangan topologiyali tarmoqni qurish va uning ishlashini tekshirish. (2 soat) Laboratoriya majg’ulotini maqsadi
Download 190.73 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanal sath (Data link layer)
Fizik sath (Physical layer) – fizik zatish kanallari orqali bitlarni uzatish
bilan ish ko‘radi, masalan, koaksial kabel, vital, para (o‘ralgan juftlik), optik tolali kabel yoki raqamli hududiy kanal kabi. Bu sathga (o‘tkazish polosasi, halaqitlardan himoyalanganligi to‘lqin qarshiligi va boshqa shu kabi) ma’lumot uzatish muhitining fizik xarakteristikalari kiradi. Shu sathda diskret sathlarni uzatuvchi elektr signal xarakteristikalari aniqlanadi, masalan, impuls frontlarining aylanishi, uzatilayotgan signal kuchlanishi yoki tokining darajasi, kodlanish tipi, signal uzatish tezligi. Bundan tashqari bu yerda raz'yomlar tipi va har bir kontakt (ulanish)ning vazifasi standartlashtiriladi. Fizik sath funksiyalari (vazifalari) tarmoqqa ulangan barcha qurilmalarda amalga oshiriladi. Kompyuter tomonidan fizik sath funksiyalari (vazifalari)ni tarmoq moslashtirgich (adapter) yoki ketma-ket port tomonidan amalga oshiriladi. Fizik sath protokoliga misol sifatida Ethernet texnologiyasining 10 Base-T spetsifikatsiyasini keltirish mumkin. U kabel sifatida to‘lqin qarshiligi 100 Om, RS-45 raz'yomi, fizik segmentining maksimal uzunligi 100 m bo‘lgan 2 kategoriya (toifa)li ekranlashtirilmagan vitaya para (o‘ralgan juftlik)ni ishlatadi. Asosan aynan mana shu sath tarmoqning bir tomonidan jo‘natilgan bit boshqa tomonda qabul qilib olinishiga kafolat beradi. Kanal sath (Data link layer) – fizik sathda shunchaki bitlar jo‘natiladi. Bunda o‘zaro ma’lumot almashinuvchi bir nechta juft kompyuterlar aloqa liniyalarini almashib foydalanadigan ba'zi tarmoqlarda fizik uzatish muhiti band bo‘lishi mumkin ekanligi hisobga olinmaydi. Shu sababli kanal sathining vazifalaridan biri uzatish muhitiga chiqish mumkinligini tekshirish hisoblanadi. Kanal satxining yana bir vazifasi xatolarni topish va korrektlash mexanizmini amalga oshirishdir. Buning uchun kanal sathda bitlar kadrlar (frames) deb ataluvchi to‘plamlarga guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrning boshi va oxiriga maxsus ketmag‘ket bitni joylashtirish orqali har bir kadrning to‘g‘ri (korrekt) uzatilishini ta’minlaydi, shuningdek kadrning hamma baytlarini ma'lum usul bilan qayta ishlash va kadrga nazorat summasini qo‘shish orqali nazorat summasini aniqlaydi. Tarmoq bo‘ylab kadr kelganida, qabul qilib olgan olingan ma’lumotlarning nazorat summasini qayta hisoblaydi va natijani kadrdagi nazorat summasi bilan solishtiradi. Agar ular mos kelsa, kadr to‘g‘ri hisoblanadi va qabul qilinadi. Agarda nazorat summalari mos kelmasa, u holda xatolik qayd etiladi. Kanal sathi nafaqat xatolarni topa oladi, balki shikastlangan kadrlarni qayta jo‘natish hisobiga ularni to‘g‘irlaydi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, xatolarni to‘g‘irlash funksiyasi kanal sathi uchun zaruriy hisoblanmaydi, shu sababli bu sathning ayrim protokollarida u bo‘lmaydi, masalan, Ethernet va Frame relay da. Lokal tarmoqlarda ishlaydigan kanal sathi protokollarida kompyuterlar orasida va ularni adresatsiyalash usullarida ma’lum bir aloqa strukturasi qo‘yilgan. Kanal sath lokal tarmoqning ikki tuguni orasida kadrni yetkazib berishni ta'minlasada, u buni faqat aynan qaysi topologiya uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa aloqaning aniq topologiyali tarmog‘ida qiladi. Lokal tarmoqlarning kanal sath protokollarini qo‘llovchi bunday namunaviy topologiyalarga umumiy shina, xalqa va yulduz, hamda ko‘prik va komutatorlar yordamida olingan strukturalari kiradi. Kanal sathi protokollariga misol bo‘lib: Ethernet, Token Ring, FDD, 100VG-Any LAN protokollari kiradi. Lokal tarmoqlarda kanal sath protokollari kompyuter, ko‘prik kommutator va marshrutizatorlarda ishlatiladi. Kompyuterlarga kanal sath funksiyalari tarmoq adapter (moslashtirgich) lari va ularning drayverlari yordamida amalga oshiriladi. Kamdan-kam doimiy topologiyaga ega bo‘lgan global tarmoqlarda kanal sathi ko‘pincha individual aloqa liniyalari bilan bog‘langan ikki qo‘shni kompyuter orasida xabar almashinuvini ta'minlaydi. “Nuqta-nuqta” protokollariga misol bo‘lib PPP va LAP-B keng tarqalgan protokollar xizmat qilishi mumkin. Bunday hollarda ikki chekki tugun orasida habarlarni butun tarmoq bo‘ylab yetkazib berish uchun tarmoq sathi vositalaridan foydalaniladi. Aynan shunday X25 tarmoqlari tashkil topgan. Ba’zan global tarmoqlarda kanal sath funksiyalarini ajratish qiyin, sababi bitta protokolning o‘zida ular tarmoq sathi funksiyalari bilan birlashadi. Bunday yondashuvga misol bo‘lib ATM va frame relay texnologiya protokollari xizmat qilishi mumkin. Umumiy holda kanal sathi tarmoq tugunlari orasida xabarlarni jo‘natish (uzatish) bo‘yicha ancha quvvatli va tugallangan funksyailar to‘plamini o‘zida aks etadi. Ba’zi hollarda kanal sathi protokollari yetarlicha transport vositasi bo‘la oladi va tarmoq hamda transport sath vositalarini jalb qilmasdan amaliy sath protokollari yoki ilovalardan bevosita ular ustida ish olib borish imkonini beradi. Masalan, garchi standartga ko‘ra IP tarmoq protokoli va UDP transport protokoli ustida boshqarish protokoli ishlamasa ham, Ethernet ustidan bevosita SNMP tarmoqni bu protokolni amalga oshirish mavjud. Tabiiyki, buni amalga oshirish chegaralangan bo‘ladi - u turli texnologiyani tarmoqlarning tarkibi uchun mos kelmaydi, masalan, Ethernet va X25 va xatto barcha segmantlarida Ethernet qo‘llaniluvchi tarmoqlarga ham, biroq segmentlar orasida zanjirsimon aloqa mavjud. Ko‘prik bilan qo‘shilgan ikki segmentli Ethernet tarmoqlarida esa SNMP ni kanal sathida amalga oshirsak yetarlicha ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Download 190.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling