2- ma’ruza: Bog’lovchi va yuklamalar. Ularning grammatik xususiyatlari. Bog’lovchi, yuklamalarning qo’llanishiga ko’ra turlari. Grammatik ma’no va vazifasiga ko’ra bog’lovchi, yuklamalarning turlari
Download 453.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza 4c66930d9206a787a01cfe60b9eddcf0
1) zidlov bog`lovchilari guruhiga biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi
so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo`yilgan bo`laklarni yoki gaplarni bog`lash uchun xizmat qiladi.
ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to`ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi. Qo`shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashda esa keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo`layotganini, ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko`p, lekin bir-biriga o`xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do`stning eskisi 4
biroq egisi kelmaydi. (O.) Zidlov bog`lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo`lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog`laydi: Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo`laklari va gaplarni bog`lashda –da, -u (-yu) yuklamalari ham qo`llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.) Bunday bog`lovchilar sodda gaplar va bog`langan qo`shma gaplarda qo`llanib, hodisa, ish harakat yoki biror predmetni boshqasiga zid qo`yadi va ular orasidagi qarama-qarshi munosabatni bildiradi. Zidlovchi bog`lovchilardan lekin, ammo, biroq, holbuki keng qo`llaniladi.
qarama-qarshi qo`yilganligini ifodalaydi: O`zi o`ta puldor odammas, lekin o`ta tadbirli. Bu bog`lovchi gapda fikrning almashinishini ifodalash uchun ham qo`llanishi mumkin. Bunday vaqtda zidlash, qarama-qarshi qo`yish ma`nosi kuchsizlanadi: Gapingiz to`g`ri, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Lekin bog`lovchisi bajargan vazifalarni uning sinonimlari ammo, biroq, holbuki bog`lovchilari ham bajarishi mumkin. Bu bog`lovchilar ham so`zlar va ayrim gaplarni bir-biriga bog`lab ish harakat, holat, sifat va shu kabilarda qarama- qarshilik, zidlik bor ekanligini ifodalaydi: Sovuqqina, badbashara, ammo
Bu bog’lovchilar (ayniqsa ammo bog’lovchisi) ish-harakat, holat va hodisalarning o’xshash emasligi, farqi jihatdan qiyoslab, birini ikkinchisiga zid qo’yadi: Kumushbibi endi o’n yettini qo’yib, o’n sakkizga qadam bosganlikdan bo’yi ham onasiga yeta yozgan, ammo yosh jihatdan bularning farqi katta edi. 5
Zidlovchi bog’lovchilar ayrim gaplarning boshida ham keladi va o’zidan oldin kelgan gapning mazmunan keyingi gapga zid, qarama-qarshi ekanini ko’rsatadi: O’ktam hovlida yurib ro’zg’orga razm soldi. Lekin avvalgidek qo’r-qut sezmadi. Zidlovchi bog’lovchilardan ammo, lekin bog’lovchilari qavat kelib, ammo, lekin tarzida ham qo’llaniladi. Bunday qo’llanish asosan, so’zlashuv tiliga xos bo’lsada, u hozirgi kunda badiiy adabiyot tilida ham uchramoqda: ...bir oy Salomat opa, bir oy Karomat muharrir bo`ldi. Ammo lekin Salomat opamning gazetasi har safar tanqidga uchraydi. Balki bog`lovchisi predmet, shaxs yoki ish harakat orasidagi zid munosabatni bildiradi. Gapning umumiy ma`nosini kuchaytiradi: U ikki, balki uch yildan buyon o`z to`yini kutar edi. Balki ba`zan ehtimollik gumon, ishonchsizlik ma`nolarini anglatadi: Zaif yuragim, balki chindan ham ko`tara olmasdi. Balki bog`lovchisi gapda mazmunan zid bo`laklarni bog`lash uchun ham qo`llanadi: Bu qir Astraxan yoki Sal qirlari singari tep-tekis emas, balki past-baland qirlar edi. Balki bog`lovchisi yuqoridagidek qarama-qarshi ma`noli gap bo`laklari orasida kelganda, tushirilib qoldirilishi, qo`llanmasligi ham mumkin. Lekin bunday chog`da gapning umumiy mazmuniga halal etmasa ham, ta’kid, ajratib ko`rsatish ma`nosi yo`qoladi: Bu qir Astraxan yoki Sal qirlari singari tep-tekis emas, past-baland qirlar edi kabi. O`zbek adabiy tili uchun norma darajasiga ko`tarilmagan bo`lishiga qaramay, a bog`lovchisi badiiy adabiyot tilida uchramoqda. Bu bog`lovchi sodda yoki qo`shma gaplarni bog`lab, ular orasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi: O’ktamoy mening o’rtog’im, juda epchil ayol... kotletni u pishirsin, a o’zbegimizning taomlari - kabob va palovdan tortib noringacha - do`ndirib yuboradi. Download 453.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling