2- ma’ruza: Bog’lovchi va yuklamalar. Ularning grammatik xususiyatlari. Bog’lovchi, yuklamalarning qo’llanishiga ko’ra turlari. Grammatik ma’no va vazifasiga ko’ra bog’lovchi, yuklamalarning turlari


Download 453.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana05.01.2022
Hajmi453.18 Kb.
#215030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-maruza 4c66930d9206a787a01cfe60b9eddcf0

2) ayiruv  bog`lovchilar     guruhiga   yo, yoki,  yo..., yo, yoxud, dam..., dam, 

goh..., goh, xoh..., xoh, ba’zan..., ba’zan, bir-bir kabi so`zlar kiradi. 

Bu  bog`lovchilar  narsa,  voqea-hodisalarni  boshqarishdan  ajratish  yoki 

ularning  galma-gal  bo`lishini  ko`rsatish uchun xizmat  qiladi. 

Bulardan  yo, yoki, yo..., yo, xoh..., xoh bog`lovchilari  uyushgan bo`laklarning 

birini  ikkinchisidan,  biror  voqea,  hodisa  yoki  ish-harakatni  boshqasidan  ayirib 



 

ko`rsatish  uchun  ishlatiladi:  Poshshaxon Umrinisabibining qizini yo  ko`rmadi, yo 



ko`rsa ham nazarga ilmadi. (CHo`lpon). «YO podshoh biron erga chiqadi yoki elchi 

kelishi  kutiladi», -  dedi  Zayniddin. (O.)  Xoh  ishoning,  xoh  ishonmang, birinchi 

kuniyoq to`qqiz tonna paxta teribman. (S. A.)  

Ba’zan..., ba’zan, dam..., dam, goh..., goh bog`lovchilari esa galma-gallikni, 

navbat  bilan  almashinib,  takrorlanib  turishni  ifodalaydi.     Dam tekisliklar  bo`ylab 



balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong`i shiftga tikilib  yotgancha 

xayol  suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. 

(O`.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har 

nechuk javob bermadi (A. Qod.) 

Hozirgi  o`zbek adabiy tilida  ko`p qo`llaniladigan  ayiruvchi  bog`lovchilar:  yo, 



yoki, yohud, yoyinki, yo..., yo, goh...,goh, bir...,bir, ba`zan...,ba`zan, hoh...hoh. 

Bulardan  yo, yoki, yohud, yoyinki bog`lovchilari  uyushgan bo`laklarning  birini 

ikkinchisidan,  biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni  boshqasidan ayirib  ko`rsatish 

uchun  ishlatiladi:  Vali  bobo  otboqar  yoki  aravakashlar  bilan  u-bu  to`g`risida 



so`zlashib otalarcha koyib, kimni maqtab asta yura boshladi.  

goh..., goh, dam..., dam, bir..., bir, ba`zan..., ba`zan  bog`lovchilari  esa,  uyushgan 

bo`laklarning  yoki  qo`shma  gap  tarkibidagi  ayrim  sodda  gaplarning  oldida  

takrorlanib  kelib,  ayirish  ma`nolarini  anglatadi:  U  qizga  goh  ko`kish,  goh  qora 

birdan chaqnovchi ko`zlari  bilan boqar, bu  ko`zlar  esa  uni  uning o`zini  birdan 

mehribon va yoqimli qilib yuborar edi. 


Download 453.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling