2- ma’ruza: Bog’lovchi va yuklamalar. Ularning grammatik xususiyatlari. Bog’lovchi, yuklamalarning qo’llanishiga ko’ra turlari. Grammatik ma’no va vazifasiga ko’ra bog’lovchi, yuklamalarning turlari


Download 453.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana05.01.2022
Hajmi453.18 Kb.
#215030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-maruza 4c66930d9206a787a01cfe60b9eddcf0

1) zidlov bog`lovchilari    guruhiga  biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi  

so`zlar kiradi.  Bu bog`lovchilar  mazmunan  bir-biriga  qarama-qarshi qo`yilgan 

bo`laklarni  yoki gaplarni  bog`lash uchun xizmat  qiladi. 

Biroq, ammo, lekin  bog`lovchilari  gap  bo`laklarini  bog`lab  kelganda  zidlik 

ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini  to`ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham 

xizmat  qiladi.  Qo`shma  gap  qismlari  tarkibidagi  sodda  gaplarni  bog`lashda  esa 

keyingi  qism avvalgi  qismda aytilgan  fikrga  qarama-qarshi, zid faktlar  ifodalanadi. 

SHuning  uchun  bu  faktlar,  voqea-hodisalardan  faqat  bittasining  bo`layotganini, 

ikkinchisi  inkor  etilganigi  ma’nosi anglashiladi.  Masalan,  Mahallada bolalar ko`p, 



lekin  bir-biriga o`xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do`stning  eskisi 


 

yaxshi. («Oz-oz  o`rganib dono bo`lur»). O`xshash  mevalarni saralaydi, xidlaydi, 



biroq egisi kelmaydi. (O.) 

Zidlov  bog`lovchilari  gap  boshida  kelib,  avval  aytilgan  fikrga  zid  bo`lgan 

yangi  fikrli  gapni oldingi  gapga bog`laydi: 

Mazmunan  bir-biriga  qarama-qarshi gap bo`laklari  va gaplarni  bog`lashda –da, 



-u  (-yu)  yuklamalari  ham  qo`llanadi.  Sobir  kichkina-yu,  pishiqqina (O.) Bunday 

bog`lovchilar  sodda gaplar  va  bog`langan  qo`shma gaplarda  qo`llanib,  hodisa, ish 

harakat yoki biror predmetni boshqasiga zid qo`yadi va ular orasidagi qarama-qarshi 

munosabatni bildiradi.  Zidlovchi  bog`lovchilardan  lekin, ammo, biroq, holbuki keng 

qo`llaniladi.   

Lekin bog`lovchisi biror predmet, hodisa yoki ish-harakatning  boshqasiga zid, 

qarama-qarshi  qo`yilganligini  ifodalaydi:  O`zi  o`ta  puldor  odammas, lekin  o`ta 



tadbirli.  

 Bu bog`lovchi gapda fikrning  almashinishini  ifodalash uchun ham qo`llanishi 

mumkin.  Bunday  vaqtda  zidlash,  qarama-qarshi  qo`yish  ma`nosi  kuchsizlanadi: 



Gapingiz to`g`ri, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor.  

Lekin  bog`lovchisi  bajargan  vazifalarni  uning  sinonimlari  ammo,  biroq, 

holbuki  bog`lovchilari  ham  bajarishi  mumkin.  Bu  bog`lovchilar  ham  so`zlar  va 

ayrim  gaplarni  bir-biriga  bog`lab ish harakat,  holat,  sifat  va shu kabilarda  qarama-

qarshilik,  zidlik  bor  ekanligini  ifodalaydi:  Sovuqqina,  badbashara,  ammo 

oliftanamo  sotuvchi  javondan kitobni  olib  oldimga  tashlaydi.  Osmon  keng,  ufq 

poyonsiz,  dengiz  chuqur,  tabiat  saxiy,  ammo  mana shu  fazilatlarning  hammasi 

birgina ona qalbida mujassam. O`ktam mevalarni saralaydi, hidlaydi, biroq yegisi 

kelmaydi.  

 Bu  bog’lovchilar  (ayniqsa  ammo  bog’lovchisi)  ish-harakat,  holat  va 

hodisalarning  o’xshash  emasligi,  farqi  jihatdan  qiyoslab,  birini  ikkinchisiga  zid 

qo’yadi: Kumushbibi endi o’n yettini qo’yib, o’n sakkizga qadam bosganlikdan bo’yi 



ham onasiga yeta yozgan, ammo yosh jihatdan bularning farqi katta edi. 


 

Zidlovchi  bog’lovchilar ayrim  gaplarning  boshida ham keladi  va o’zidan oldin 



kelgan  gapning  mazmunan  keyingi  gapga  zid,  qarama-qarshi  ekanini  ko’rsatadi: 

O’ktam hovlida yurib ro’zg’orga razm soldi. Lekin avvalgidek qo’r-qut sezmadi.  

Zidlovchi  bog’lovchilardan  ammo,  lekin  bog’lovchilari  qavat  kelib,  ammo, 



lekin  tarzida  ham  qo’llaniladi.  Bunday  qo’llanish  asosan,  so’zlashuv  tiliga  xos 

bo’lsada, u hozirgi  kunda badiiy adabiyot tilida  ham uchramoqda: ...bir oy Salomat 



opa, bir oy  Karomat muharrir bo`ldi. Ammo lekin Salomat opamning gazetasi har 

safar tanqidga uchraydi. 

Balki bog`lovchisi predmet, shaxs yoki  ish harakat  orasidagi zid  munosabatni 

bildiradi.  Gapning  umumiy  ma`nosini  kuchaytiradi:  U ikki, balki uch yildan buyon 



o`z to`yini  kutar edi. 

Balki  ba`zan  ehtimollik  gumon,  ishonchsizlik  ma`nolarini  anglatadi:  Zaif 

yuragim, balki chindan ham ko`tara olmasdi. Balki  bog`lovchisi gapda mazmunan 

zid  bo`laklarni  bog`lash  uchun  ham  qo`llanadi:  Bu qir  Astraxan  yoki  Sal qirlari 



singari  tep-tekis  emas,  balki  past-baland  qirlar  edi.  Balki    bog`lovchisi 

yuqoridagidek  qarama-qarshi  ma`noli  gap  bo`laklari  orasida  kelganda,  tushirilib 

qoldirilishi,  qo`llanmasligi  ham  mumkin.  Lekin  bunday chog`da gapning  umumiy 

mazmuniga  halal  etmasa  ham,  ta’kid,  ajratib  ko`rsatish  ma`nosi  yo`qoladi:  Bu qir 



Astraxan yoki Sal qirlari singari tep-tekis emas, past-baland qirlar edi kabi. 

O`zbek adabiy tili  uchun norma darajasiga  ko`tarilmagan  bo`lishiga  qaramay, 



a  bog`lovchisi  badiiy  adabiyot  tilida  uchramoqda.  Bu  bog`lovchi  sodda  yoki 

qo`shma gaplarni  bog`lab, ular  orasidagi  zid  munosabatlarni  ifodalaydi:  O’ktamoy 



mening o’rtog’im, juda epchil ayol... kotletni u pishirsin, a o’zbegimizning taomlari 

- kabob va palovdan tortib noringacha - do`ndirib yuboradi. 


Download 453.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling