2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana23.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1669608
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja

 
Ishchi kamera - o‘zidan silindr shaklidagi suv bilan sovutiluvchi payvandlangan 
konstruksiyani ifoda etadi. Uning yuqori qismida yoyning yonishi va eritish jarayonini kuzatib 
borish uchun maxsus yoritish qurilmasi va kuzatish darchasi mavjud. Masofadan turib 
kuzatuvchilar uchun ishchi zonadagi jarayon maxsus periskop yordamida ekranga tushirib 
beriladi. Ishchi kameraning pastki flanetsiga kristallizator qatiriladi. 
 
SHtok - elektrodushlagich sarflanuvchi elektrodni unga qatirish, elektrodni harakatga 
keltirish va elektrodni tok bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
 
Sarflanuvchi elektrodlar shtokka payvandlash yoki maxsus qisqichlar bilan turli 
usullarda qatiriladi. SHtok va elektrodlarni harakatga keltirish elektr yoki gidravlik yuritma 
yordamida amalga oshiriladi. 
Kristallizator ichki gilpza va po‘latdan yasalgan, magnitsizlantirilgan (nomagnit) tashqi 
kojuxdan iborat. Ularning orasida sovituvchi suv uchun bo‘shliq mavjud. 
 
Solenoid kristallizatorning yon qismiga o‘rnatiladi. U kristallizator bilan birgalikda aksial 
magnit maydoni hosil qiladi. Solenoid maydoni yoydagi tok va vannadagi metalldan oqayotgan 
tok bilan ta’sirlashib yoy kuchlanishini ortishiga olib keladi (po‘lat uchun 19-19,5 dan 24-25V 
gacha), yoy yonishini stabillashtiradi va yoyni kristallizator devorlariga o‘tib ketishining oldini 
oladi. 
 
VYOP larining elektr jihozlari. VYOP larning (kuch) bosh zanjiri tarkibiga quyidagilar 
kiradi: elektr energiya manbasi, manbadan pechgacha tok tarmoi, pechp konstruksiyasidagi tok 
tarmoqlari, tok uzatuvchi shtok, elektrodushlagich, sarflanuvchan elektrod, quyma yombi
kristallizator, vakuum kamerasi.


4.10-rasm. VYOP larning prinsipial elektr sxemasi va uning almashtirish sxemasi 
4.10 - rasmda: 1-shinali tok o‘tkazgich, r
sh
; 2-vыklyuchatel; 3-ballast qarshilik, r
b
; 4-egiluvchan 
kabel, r
gk
; 5-vakuum yoy pechi, r
d
; 6- kristal-lizatorga ulanuvchi shinali tok o‘tkazgich, r
t
;
Pech kuch zanjirining to‘la qarshiligi : 
r=r
sh
+r
gk
+r
k
+r
t
EYOP larining elektr manbalari quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Zarur bo‘lgan issiqlik quvvatini ta’minlovchi, o‘nlab kiloamper tokning kattaligini 
belgilovchi yoyning kichik qiymatdagi qarshiligi. 
2. Quvvatni keng diapozonda (1 : 8) boshqarish imkoniyati.
3. Pechp quvvatini belgilangan darajada va yuqori stabillik bilan ushlab turish imkoniyati 
(2 foizdan og‘magan holda ).
4. YUqori ishonchlilikga ega bo‘lishning mu’imligi, chunki pechning kutilmaganda 
manbadan uzilishi eritilayotgan mahsulotdan mahrum bo‘lishga olib keladi.
Bugungi kunda EYOP larining manbasi sifatida GPN - 550 tipidagi mashinali 
o‘zgartirgichlar qo‘llanilib kelinmokda. Uning quvvati 645-675 kVt , nominal toki 6500 va 
14000 A, salt yurish kuchlanishi 85 - 40 V. 
YAngi chiqarilayotgan qurilmalar tarkibiga quyidagi tipdagi agregatlardan biri kiradi: 
boshqarilmaydigan ventillardan tuzilgan to‘g‘rilagich; tiristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar; 
parametrik tok manbalari. 
Agregatlarning birinchi turi, boshqarilmaydigan ventillar asosidagi to‘g‘rilagichlar 
(misol tariqasida VAKP seriyadagisi uchun) ishlash prinsipi ventillarga ketma-ket ulangan 
drossellar yordamida tokni boshqargan holda stabillashtirish prinsipiga asoslangan. Bunday 
agregatlar 12,5; 25,0; 37,5 kA toklarda, 75V kuchlanishda ishlashga mo‘ljal-langan bo‘lib, 
yoydagi kuchlanish 25 - 35 V va quvvati 940-2800 kVt ga teng.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling