2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja


 – rasm. Pechning energetik va ishchi xarakteristikalari


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana23.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1669608
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja

 
4.8 – rasm. Pechning energetik va ishchi xarakteristikalari 
SHunday qilib, tokning I’’ qiymati pechning maksimal ishlab chiqaruvchanlik 
bo‘yicha optimal rejimini belgilaydi. Odatda I’’>I’. 
Pech o‘zining optimal energetik 
rejimiga optimal ishlab chiqaruvchanlik rejimidagi tokdan kichik bo‘lgan tok qiymatida erishar 
ekan.
SHunday qilib, agar korxona elektr energiyasini defitsiti sharoitida ishlayotgan bo‘lsa, 
unda pechp optimal energetik rejimda ishlashi maqsadga muvofiq. Agarda maksimal ishlab 
chiqaruvchanlik talab qilinsa, unda pechning I’’ kattalikdagi tok rejimida ishlagani maqsadga 
muvofiqdir. 
PEYOPlari elektr energiyasi iste’molchisi sifatida elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha 
ikkinchi gurux kategoriya iste’molchisi hisoblanadi. Ularning birlamchi quvvati katta bo‘lib, 0,4-
80 MvA ga, quvvat koeffitsenti cos

= 0,85-0,89 (DSP-5) yoki cos

= 0,7 (DSP-200) ga teng. 
Pechning ish rejimi - davriy keskin o‘zgaruvchan va sutka davomida surunkali.
Elektr yoyi nochiziqli aktiv qarshilik hisoblanib, yonish sharoitiga bog‘liqdir. 
 Rudnotermik pechlar (RTP) 
Rudnotermik pechlar (RTP) kimyo sanoati va metallurgiyaning asosiy texnologik 
agregatlari ‘isoblanadi. Ular yuqori birlamchi quvvatga ega bo‘lib, elektr ta’minoti ishonchliligi 
bo‘yicha ikkinchi guru’ kategoriya elektr iste’molchilari ‘isoblanadilar.
RTP larda par yoki gaz, suyuq eritma va yombi shaklidagi butun qattiq jism ko‘rinishida 
ma’sulot olinadi. Tegishli metallar oksidlarini tiklovchilar, ya’ni uglerod, kremniy, alyuminiy 
kabilardan foydalangan holda tiklash yo‘li bilan temir bilan kremniy, marganets, volpfram va 
boshqalarning ferroqorishmalari (masalan, ferrovolpfram, ferromolib-den, ferrovannadiy, 
ferrotitan va b.) olinadi. 
RTP larning asosiy belgilari: 
1. SHixtaning solishtirma elektr qarshiligi harorat o‘zgarishi bilan sezilarli o‘zgaradi 
(sovuq holatdagi shixta o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lmaydi, lekin erigan holatda u ionli qorishma 
bo‘lib, qorishmaning o‘tkazuvchanligi ham haroratga bog‘liqdir). 
2. SHixtani boshqa shaklga keltirish (masalan, erigan qorishma shakliga) harorati 1200 - 
2200K ga tengdir. 
3. RTP lar 1-2 yil davomidagi uzluksiz ish rejimida ishlashga mo‘ljallangan.
4. RTP lar nisbatan sokin ish rejimiga (PEYOP laridagi kabi eksplutatsion qisqa 
tutashuvlar RTP larda kuzatilmaydi) egadirlar. 
RTP larda qayta ishlov berilayotgan maxsulotlar kimyoviy tarkibining ko‘p turli va 
murakkabligiga ko‘ra, ularning konstruksiyalari ham ko‘p turlidir. Ulardan quyidagi besh asosiy 
turdagi jarayon va pechlarni alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir: 
1. SHlaksiz yoki kam shlakli jarayon va ularni amalga oshiruvchi RTP lar 
(ferroqorishmalar, kalpsiy karbidini olish). 


2. Ko‘p shlakli jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi RTP lar (fosfor va shu kabilarni 
olish). 
3. Rafinatsiya qilish pechlari. 
4. Blok jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi RTP lar (elektrokorund va ferrovolpfram 
olish). 
5. YUqori haroratlarga (o‘tga) chidamli materiallar olish jarayonlari va ularni amalga 
oshiruvchi RTP lar. 
RTP larda uch xil ko‘rinishdagi elektrodlar qo‘llaniladi, ya’ni ko‘mirdan yasalgan va 
diametri 1200 - 1400 mm bo‘lgan elektrodlar; diametri 800 mm gacha bo‘lgan grafitlangan 
elektrodlar 
va 
diametri 
2000 
mm 
yoki
(3200x850)mm o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak kesim yuzali o‘zidan uzayti-riluvchi 
(samospekayuo‘iesya) elektrodlar. 
RTP larning elektr xarakteristikalari pechning ishchi muhitidagi tok taqsimoti 
xususiyatlari va unga mos keluvchi pechp ulanadigan elektr manbasi sxemasi xususiyatlari bilan 
aniqlanadi. 
Elektrodlar va pechp tubi o‘rtasidagi tajriba yo‘li bilan aniqlangan pechp vannasining 
qarshiligi: 
r
U
I
b

2
2


(4.17) 
Amaldagi RTP larda o‘tkazilgan o‘lchovlar pechp kuchlanishi va toki o‘rtasidagi aloqa, 
qoidaga ko‘ra chiziqli bo‘lib Om qonuniga bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Simmetrik RTP 
qurilmasining almashtirish sxemasi 4.9 - rasmda keltirilgan (PEYOP lari misolida keltirilgan 
tushuntirishlar mazkur xolat uchun ham o‘rinli). 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling