2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja


 – rasm. Bilvosita EYOP ning sxemasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana23.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1669608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja

4.4 – rasm. Bilvosita EYOP ning sxemasi 
Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan so‘ng maxsus mexanizm yordamida 
uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok hosil bo‘lgach, bir-
biridan uzoqlashtiriladi va natijada yoy hosil bo‘ladi. YOyda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi 
o‘zlashtirilishi hisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo‘lingach, 
odirish mexanizmi yordamida pech odiriladi va eritma maxsus idishlarga to‘kiladi. Pech quvvati 
manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish natijasida yoy uzunligini 
o‘zgartirish hisobiga boshqariladi.


Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va 
elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.
Bilvosita EYOP lari 0,25 t va 0,5 t siimiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175 - 250 va 
250 - 400 kVA ga teng transformatorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bunday pechlarda 
grafitlashtirilgan elektrodlar qo‘llaniladi. 
3.1.2. Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari 
Bevosita EYOP lar asosan keyinchalik prokat sexlarida quyma yombi olish uchun mo‘ljallangan 
po‘lat eritish uchun belgilangan. SHuningdek, olingan po‘lat ma’suloti mashinasozlik 
zavodlarida fasonli quyish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi 
 
 
 
 
 
4.5-rasm. Po‘lat eritish yoy pechi (PEYOP)ning sxemasi 
Pechning tuzilishi: 1 - po‘lat kojux; 2 - yuqori haroratga ( o‘tga) chidamli futerovka;
elektrodlar - 4 o‘tadigan pechning svod qismi-3 ; 5-elektrodlarni ko‘tarish mexanizmi; 6 - elektr 
yoyi.
Bevosita EYOP larining tuzilishi va ishlash prinsipini po‘lat eritish yoy pechlari misolida 
ko‘ramiz.
PEYOPlari, shuningdek, metallni kimyoviy tarkibini rostlashga mo‘ljallangan 
elektromagnit usulda qorishtirish qurilmasi, eritmani to‘kish uchun mo‘l-jallangan pechni odirish 
mexanizmi, pech svodi (qopqoi) ni ko‘tarish va burish hamda elektrodlarni uzatish va ko‘tarish 
mexanizmlari bilan ta’minlangan. 
Elektrotexnik po‘latni eritish jarayoni quyidagi jarayonlar ketma - ketligidan iborat: 
- metallom (ruda, skrap) ni eritish; 
- qorishmani turli qo‘shilma va gazlardan tozalash
- metall raskisleniesi(metallni kisloroddan tozalash); 
- qorishmaga legirlovchi komponentlar qo‘shish; 
- rafinatsiya jarayoni(tozalash,oqlash); 
- eritmani avval maxsus cho‘michga (kovshga) va undan tegishli formalarga quyish. 
Katta xajmdagi pechlarda eritish jarayoni 4-6 soat davom etib, undan 1,5 - 2,5 soati 
eritishga, 2-4 soati metallni oksidlash va rafinatsiya qilish uchun sarflanadi. 
4.6 –rasmda sxema bosh zanjir va yordamchi zanjirlardan (boshqarish, o‘lchov 
asboblari, himoya qilish va avtomatika zanjiri) iborat.
Bosh zanjir birlamchi va ikkilamchi 
zanjirlardan iborat bo‘lib, birlamchi zanjirni o‘zaro ketma-ket ulangan o‘tkazgichlar, yuqori 
kuchlanish apparatlari, drossel va pech transformatorlarining birlamchi chulg‘ami tashkil qiladi.


Ikkilamchi zanjirni esa o‘zaro ketma-ket ulangan pech transformatorining ikkilamchi 
cho‘lg‘ami, qisqa tarmoq o‘tkazgichlari, elektrodlar va elektr yoyi tashkil etadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling