2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja


Yoy payvandlashning turlari


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana18.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1211461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja

 
Yoy payvandlashning turlari.  
Elektr yoy pechlari (EYOP) metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshqa 
jabhalarida qo‘llaniladilar. Ular quyidagi turlarga bo‘linadilar: 
1. Bilvosita ishlovchi EYOP lari - ularda elektr yoyi issiqlik ishlovi berilayotgan 
(eritilayotgan) metall ustida joylashgan elektrodlar o‘rtasida hosil qilinadi va bunda elektr yoyi 
va metall o‘rtasidagi issiqlik almashuvi - nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi. 
2. Bevosita ishlovchi EYOP lari - ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall 
o‘rtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konveksiya va 
issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatiladi.
3. Qarshilik elektr yoy pechlari - bunday pechlarda yoy elektr o‘tkazuvchan shixta 
qatlami ostida yonadi, bunda issiqlik qisman yoy razryadida va qisman shixta orqali tok oqib 
o‘tishi oqibatida eritilayotgan materialda ajralib chiqadi va pech xajmiga uzatilayotgan issiqlik-
issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurli issiqlik almashuvi va qisman konveksiya usullarida amalga 
oshiriladi. 
4. Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuq metall 
vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi). 
5. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda 
metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi 
yordamida amalga oshiriladi. 
Bilvosita Ishlovchi Elektr Yoy Pechlari 
Bir fazali bilvosita EYOP larning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki qismi 
yuqori haroratlarga (o‘tga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-
gorizontal vannaning qarama - qarshi devorlariga o‘rnatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bo‘lib 
borishi
mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga qarab siljitib boriladi; 3 – eritilayotgan 
material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4 - elektr 
yoyi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling