Nuqtali payvandlash. Ushbu usulda payvandlashni 31-rasmda
keltirilgan tartibda
tasvirlash mumkin. Bunday usulda payvandlashda detalp maxsus elektrodushlagichlarga
qatirilgan elektrodlar o‘rtasiga o‘rnatilib,
qattiq qistirilgach, elektrodlardan tok o‘tkaziladi.
YAdrodagi harorat metallni eritish haroratidan bir muncha yuqori bo‘ladi. Bitta nuqtani
payvandlash uchun ketgan vaqt detalning qalinligi, detalp
materialining hossalari, payvandlash
mashinasi (qurilmasi) ning quvvati va detalni qisish kuchi kabilarga bog‘liq bo‘lib, sekundning
mingdan bir ulushidan bir necha sekundgacha teng bo‘lishi mumkin (qo‘pol ravishda po‘lat
qalinligi 1 mm bo‘lsa, 1 sekund vaqt ketadi deb qabul qilinadi).
6.2 – rasm
Nuqtali payvandlash usuli list ko‘rinishdagi
materiallarni, kesuvchan sterjenlarni,
shuningdek,
listlarni sterjenp va boshqa ko‘rinishdagi prokatlangan mahsulotlar bilan payvandlash uchun
qo‘llaniladi.
6.3- rasm Rolikli payvandlash
Misol uchun MT tipidagi qurilmalar parametrlari: quvvati 20 - 400 kV.A; birlamchi
kuchlanishi 220 yoki 380 V; ikkilamchi kuchlanishi ( 1,42 – 2,84 ) dan ( 6 - 12 ) V gacha ;
payvandlanayotgan detallar qalinligi 0,25 dan 8,0 mm gacha, ishlab chiqaruvchanligi
minutiga
40 dan 150 ta nuqtagacha, elektrodlarga ta’sir etilayotgan kuch 3 – 32,5 kN ni tashkil etadi.
Rolikli payvandlash. Mazkur usulda payvandlash qurilmasi 4.15 - rasmda keltirilgan.
Rasmda: 1
- payvandlash transformatori; 2- rolikli elektrodlar; 3- roliklarni aylanma harakatga
keltiruvchi yuritma; 4 - payvandlanayotgan detallar.
mazkur usulda, aylanayotgan roliklardan tok o‘tkazish orqali
detallarni uzlukli va
uzluksiz chok bilan payvandlash amalga oshiriladi. payvandlash xususiyatlariga ko‘ra nuqtali
payvandlash usuliga o‘xshaydi. rolikli payvandlash kichik qalinlikdagi yupqa detallarni, masalan
yoqilg‘i baklari, turli mahsulotni tashish uchun belgilangan bochkalarni
payvandlash ishlarida
qo‘llaniladi.