2 – ma’ruza. Raqamli jamiyat. Reja
yil 17 sentyabr kuni Toshkent
Download 40.72 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-маъруза
2020 yil 17 sentyabr kuni Toshkent shahrida BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi xamda Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "COVID-19 pandemiyasi sharoitida O'zbekistonda raqamlashtirish istiqbollarini aniqlash" mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo'lib o'tdi. Milliy va xalqaro raqamli soxa mutaxassislarini birlashtirgan onlayn-tadbir O'zbekistonda raqamli sektorni jamiyat manfaati uchun yanada rivojlantirishga qaratildi.
O'zbekistonning raqamli transformatsiyasining ijobiy ta'siri COVID-19 pandemiyasi paytida yaqqol sezilgan bo'lsa-da, takomillashtirishning bir qancha yo'nalishlari aniqlandi. Internetga ulanish butun O'zbekiston bo'ylab notekis bo'lib, raqamli iqtisodiyotning milliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi atigi 1,8 foizni tashkil etadi. 700 ta davlat axborot tizimining 70% elektron hukumat platformasi bilan birlashtirilmagan va faqatgina 27 ta davlat idoralari Milliy davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi orqali xizmat ko'rsatadi. Davra suhbati COVID-19 pandemiyasining O'zbekistondagi raqamlashtirish jarayoni nuqtai nazaridan olib kelgan foydalari va muammolari haqida fikr yuritish, shuningdek, pandemiya paytida va undan keyin yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun jamiyat, hukumat va biznes vakillari tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanish usullarini aniqlash uchun imkoniyat yaratdi. Oleg Pekos, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari o'z ochilish nutqida quyidagilarni ta'kidlab o'tdi: “COVID-19 pandemiyasi butun dunyo iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazdi va hayotning barcha sohalarida raqamli texnologiyalar ko'lamini kengaytirish orqali zararni kamaytirish mumkin bo'lgan juda muhim zaifliklarni aniqladi”. Joriy yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga 31 ta yangi xizmatlar joriy etildi va taqdim etilgan davlat xizmatlarining umumiy soni 208 taga yetdi. Elektron hukumatini rivojlantirish bo'yicha 2020 yilda 37 ta loyihani (2021 yilda - 40 ta, 2022 yilda - 27 ta loyihani) amalga oshirish rejalashtirilmoqda, shulardan 9 tasi shu kungacha yakunlandi. “COVID-19 pandemiyasi O'zbekiston iqtisodiyotini qo’llab-quvvatlash uchun telekommunikatsiya infratuzilmasining ulkan ahamiyatini namoyish etdi va ushbu sohada shoshilinch islohotlar zarurligini ta'kidladi. Ularni amalga oshirish turli sohalarda raqamlashtirishni tezlashtiradi, fuqarolarga ta'lim olish, teletibbiyot va ish bilan ta'minlanish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, raqamlashtirish mahalliy firma va kompaniyalarning biznes uzluksizligini saqlashga, xususiy sektorni ishini davom ettirishda muhim rol o'ynaydi va ochiq, raqobatdosh telekommunikatsiya bozorlarini yaratish uchun katta miqdordagi xususiy sarmoyalarni jalb qilishga yordam beradi. Ushbu chora-tadbirlar butun mamlakat bo'ylab fuqarolar va korxonalarga foyda keltiradi. Jahon banki guruhi O'zbekiston hukumatiga zarur islohotlarni rejalashtirish va amalga oshirishda, shuningdek telekommunikatsiya sohasiga sarmoyalarni jalb qilishda zarur yordamni berishga tayyor”, - dedi Marko Mantovanelli, Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. Muhokamalarda 2017 yildan buyon O'zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi yutuqlari sarhisob qilindi, raqamli texnologiyalarning COVID-19ga javob berishdagi o'rni ko'rib chiqildi (ulardan Buyuk Britaniya, Estoniya va Singapurda foydalanish bilan taqqoslaganda), shuningdek keng ko'lamli raqamli iqtisodiyotni kengaytirish imkoniyatlari o'rganildi bu yo'nalishda qanday katalizatorlar va yordam safarbar etilishi mumkinligini hisobga olgan holda O'zbekistonni o'zgartirish, yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda "O'zbekistondagi raqamli rivojlanish: dolzarb taraqqiyot va rivojlanish yo'li" xamda "COVID-19 ga raqamli munosabat: O'zbekiston va xorijiy tajriba" mavzularida ikkita tematik mashg'ulotlar o'tkazildi, o'zaro fikr almashildi. Ushbu tadbir natijasida O'zbekistonning raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga olgan tahliliy ma'ruza, shuningdek raqamli transformatsiya bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun tegishli tomonlar va idoralar o'rtasida muloqotni ta'minlash mexanizmi to'g'risidagi rasmiy xujjat yaqin orada taqdim etiladi. “Pandemiya paytida raqamlashtirish har qanday mamlakat uchun zarur bo'lib qoldi. Raqamli yechimlar karantin sharoitida samarali xizmat ko'rsatib, fuqarolar korxonalar va davlat bilan o’rtasida masofadan turib o'zaro muloqotini ta’minladi. Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun davlat va xususiy sektor tobora raqamli vositalar va kanallarga murojaat qilmoqda. Bu deyarli barcha sohalarda sodir bo'ldi! Shunday qilib, endi raqamlashtirish bo'ladimi yoki qo’qmi, degan savol emas, balki u qanchalik keng qamrovli bo’ladi degan savol tug’ilmoqda.” - deya xulosa qildi BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim Download 40.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling