2- ma’ruza Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnologik jarayonlari Reja
Partiya deb- xohlagan miqdordagi quruq pillalarga bir mavsumda
Download 399.64 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
Partiya deb- xohlagan miqdordagi quruq pillalarga bir mavsumda etishtirilgan, bir zot va duragayga mansub, bir xil usulda va bir xil quritgichda quritilgan pillalarga aytiladi. Quruq pillalar 30 kg li qoplarda oftob tushmaydigan, yog’in-sochindan himoyalangan quruq joyda saqlanadi. Qoplar erdan 0,5 m balandlikda ko’pi bilan 7 qator qilib taxlanishi mumkin. Fabrikada pillalar 7-8 oylik zahira bilan saqlanishi sababli ularni zararkunandalardan saqlash kerak. Ular mog’or, qobiqxo’r va kemiruvchilardir. Ipak texnologiyasi Ipak gazlama sanoati korxonalari tabiiy va sun’iy ipak, sintetik tolalardan ishlanadigan pishitilgan ipak, xar xil tolalarda olinadigan shtapel iplar (iiaklar), ipak gazlamalar va ipak buyumlar ishlab chiqardi. Tabiiy ipakdan to‘qiladigan ipak gazlamalari chiroyli va nafis bo‘ladi, tovlanib turadi, mayin, g‘ijimlanmaydigan, yupqa, lekin juda pishiq bo‘ladi. Tabiy ipakdan texnik maqsadlarda ham turli buyumlar ishlanadi. Suniy ipakdan to‘qiladigan ipak gazlamalari tabiiy ipakdan to‘qilgan ipak gazlamalaridan bir oz pastroq turadi. Ammo bu gazlamalarning tannarxi arzon, ularning sifati borgan sari yaxshilanmoqda. SHuning uchun bunday gazlamalarga talab katta. To‘qimachilikda eng muhim gazlama hisoblangan krep ipak gazlamalar va fason burmali ipak gazlamalarini keng qo‘llash; har xil sun’iy ipaklardan foydalanish; gazlamaga pishiklik beradigan, yuvganda kirishmaslik, g‘ijimlanmaslik xususiyatlari paydo qiladigan turli yangi preparatlardan foydalanish ipak buyumlari assortimentning kengayish va sifatini yaxshilanishda muhim omil bo‘lmokda. Pillalar shakli, tuzilishi, o‘lchamlari, xajmi, rangi, qobiq tuzilishi xolati nuqsonlari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Bu ko‘rsatkichlarni asosan 3 guruhga bo‘lish mumkin: Tashqi holati, og‘irligi va pilla qobig‘ini hossasi. Tashqi holatiga quyidagi ko‘rsatkichlar ta’luqli: shakli, o‘lchovlari, hajmi, rangi, nuqsonlari va ustki qobig‘i. Pilla o‘lchovlari uning uzunligi D, eni (kolibr), pilla uzunligi 16-46 mm gacha, eni buyicha esa 12-24 mm gacha, hajmi 5-12.7 sm 3 ga teng buladi. Tashqi qobig‘i dag‘al, ichki qobig‘i esa silliq bo‘ladi. Rangi bo‘yicha esa: toza oq, sariq, yashil, qizg‘ish. Eng ko‘p tarqalganlari oq va sariq. Pilla nuqsonlari: rangi, tuzilishi bo‘yicha talabga javob berishi shart: qo‘shaloq (barakali) pillalar, teshik pillalar, dog‘, iflos va ingichka qobig‘li bo‘ladi. Pillalar og‘irligi tirik, muzlatilgan va quritilgan bo‘lishi mumkin. Tirik pilla 1,2-3,0 grammgacha bo‘lishi va turiga bog‘liq; quritilgan pilla esa 0,65-0,9 gr. gacha boradi. Pilla qobig‘i turt qatlamdan iborat. 1. Momiq. 2. CHigal, kalta, yo‘g‘onligi bo‘yicha notekis, tolani yagona uchi topilishi paytida ajratib olinadi (sdir). 3. Asosiy qatlam 70-85% tashkil etadi va chuvilib xom inak olinadi. 4. Ichki qatlam - plyonka ingichka ipak shaklida tashkil topgan, yigirilgan ipak iplari olishda qo‘llaniladi. Ipakning uzunligi 700-1200m, lekin sanoat sharoitida uning 70% uzunligi olinadi. o‘rtacha Xom ipak olinishi Pilla chuvilishi 60-65% Pilla ipini tarkibida % xisobida: fibrain 70-80, seritsin 20-30, efir 0,4-0,6 spirt 1,2-2, mineral moddalar 1-1,7. Pillalarni bug‘lash va yuvish paytida tarkibidagi fibroindan boshqa qolganlari yuvilib ketadi. Tabiiy ipakni ishlash texnologiyasi, asosan, uch korxonada: pillakashlik (pilla chuvish), ipak pishitish va yigirish korxonasida bajariladi: 1. Pillakashlik korxonasida pillani chuvib xom ipak olinadi. 2. Ipak pishitish korxonasida xom ipakdan pishitilgan ipak olinadi. 3. Ipak yigirish korxonasida esa tabiiy ipakni ishlashda chiqqan chiqindilar, kapron va boshqa shtapel tolalari qayta ishlanib, yigirilgan ipak ipi olinadi. Download 399.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling