2- ma’ruza Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnologik jarayonlari Reja


Download 399.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi399.64 Kb.
#1576159
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

 
 
I-tuxum 
II-qurt 
III-g’umbak 
IV-kapalak. 
Pillaga dastlabki ishlov berish. Pilla tayyorlash mavsumida pillakashlik 
fabrikalari pillaning bir qismini ho’lligicha yoki ozgina (yarim) quritib ishlatadilar. 

II 
III 
IV 


Qolgan 9-10 oylik ishi uchun zarur bo’lgan pillaning mexanik va texnologik 
sifatlarini buzmaslik uchun, pilla ichidagi g’umbakni o’ldirish va uni quritish 
kerak. Ipak qurti pillasini o’rab bo’lib, 6-9 kun ichida g’umbakdan kapalak holiga 
aylanadi. Bu kapalakni yuqorida aytganimizdek kapalak jig’ildonidan og’iz teshigi 
orqali ishqorga o’xshash suyuqlik chiqarib pilla qobig’idagi serisinni eritadi. 
Shundan so’ng kapalak ipak tolasini boshi hamda oyoqlari bilan har tomonga surib 
tashqariga chiqadi. Kapalagi chiqib ketgan pilla teshik bo’lib qoladi va uni 
fabrikalarda tortish mumkin emas. Teshik pillalarni faqatgina ipak yigirish 
fabrikalarida ishlatiladi. Pilladan kapalak chiqib ketmaslik va pilla ichidagi 
g’umbakning chirib, buzilib ketmasligining oldini olish uchun, unga dastlabki 
ishlov berish, ya’ni ichidagi g’umbakni o’ldirish va quritish kerak. 
Pillalarni dastlabki ishlash bazalarida quydagi ishlar bajariladi: 
- ho’l pillalarni qabul qilish va sifatini aniqlash. 
- ho’l pillalarni g’umbaklarini o’ldirish va quritish; 
- quruq pillalarni topshirish uchun tayyorlash va korxonalarga jo’natish. 
 
Xom pillalarga dastlabki ishlov berishda quyidagi usullar qo’llaniladi: 
1. Quyosh nuri yordamida g’ubakni o’ldirish va quritish; 
2. Kimyoviy usullar bilan g’umbakni o’ldirish; 
3. Yuqori chastotalik tok bilan g’umbakni o’ldirish; 
4. Havosizlik (vaakum apparat) yordamida g’umbakni o’ldirish; 
5. Muzlatish usuli bilan g’umbakni o’ldirish; 
6. Issiq havo bilan g’umbakni o’ldirish va quritish; 
7. Bug’ bilan g’umbakni o’ldirish va soyada quritish. 
Download 399.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling