2- mavzu: Akustika asoslari. Tibbiyotda tovushdan foydalanish. Reja
Download 0.83 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4– r a s m
3-rasm. Oddiy (a) va murakkab (b) tonlar
Murakkab ton oddiy tonlarga ajratilishi mumkin. Ajratilgan tonlarning eng kichik 0 chastotasi asosiy tonga mos keladi, qolgan garmonikalari (obertonlar), 0, 20 va hokazo chastotalarga ega bo‘ladi (3-rasm). 4–rasm. Shovqin spektri Vaqt o‘tishi bilan takrorlanmaydigan, o‘zining murakkabligi bilan farq qiluvchi tovushga shovqin deb aytiladi.
Mashinalarning vibratsiyasi, qarsaklar, gorelka alangasinig shovqini, shitirlash, g‘ichillash, so‘zlaganda chiqadigan undosh tovushlar va hokazolar shovqinga ta'lluqlidir. Shovqinni tartibsiz o‘zgarib turuvchi murakkab tonlar birikmasidan iborat deb qarash mumkin. Agar shovqinni biror shartlilik darajasida spektrga yoyishga harakat qilib ko‘rilsa, unda bu spektr uzluksiz bo‘ladi, masalan, 5.4-rasmda bunzin gaz gorelkasining yonishi paytida shovqindan hosil bo‘ladigan spektr tasvirlangan. Tovush zarba – bu tovushning qisqa muddatli ta'siridir: chapak chalinganda, portlash yuz berganda va hokazolarda hosil bo‘ladi. Zarba to‘lqinlar bilan tovush zarbalarini bir-biri bilan chalkashtirib yuborish yaramaydi. Havoning siqilgan sohasini normal holatdagi sohadan ajratib turuvchi sirtga fizikada zarb to’lqin deb aytiladi. Zarb to‘lqin juda katta energiyaga ega bo‘lishi mumkin, masalan, yadroviy portlashlarda, atrof-muhitda zarb to'lqin hosil bo'lishida portlash energiyasining 50 foizga yaqini sarf bo'ladi. Tovushning energetik xarakteristikasi mexanik to‘lqin kabi uning intensivligi hisoblanadi. Amalda tovushni baholashda uning intensivligidan emas, balki tovush to’lqini suyuqlik va gaz muhitidan o‘tayotganda hosil bo‘ladligan qo‘shimcha tovush bosimidan foydalanish mukmin. Yassi to’lqin intensivligi, tovush to‘lqini bosimi bilan quyidagi ko‘rinishda bog‘langan: 𝑃 2 𝐼 = 2𝜌𝑐 (1)
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling