2- mavzu: Akustika asoslari. Tibbiyotda tovushdan foydalanish. Reja
Download 0.83 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E s hitish organ i ni n g fu n k s i yasi.
- 9- r a s m
8-rasm. Quloqning tashqi va ichki tuzilishi. 1- quloq suprasi, 2- tashqi eshitish yo‘li, 3-nog'ora parda, 4-bolg'acha, 5-sandon, 6-uzangi, 7-oval teshikcha, 8-vestibular zina, 9-aylana teshik, 10-nog‘ora zinasi, 11-gelekotremlar, 12- chig‘anoq kanali, 13-asosiy (bazilyar) membrana
Suyak labirintning dahliz va yarimdoira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta'minlovchi vestibulyar analizator retseptorlari joylashgan. Eshitish organining funksiyasi. Yuqorida aytilgan tashqi, o'rta va ichki quloqning har biri o'ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to'lqinlarini to'plash va uni quloqning tashqi yo'liga yo'naltirish vazifasini o'taydi. Tashqi quloq yo'li tovush to'lqinlarini nog'ora parda tomon o'tkazadi. Tovush nog'ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig'anog'i hamda yarimdoira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to'lqinlantiradi. Ularning to'lqinlanishi chig'anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo'zg'atadi. Retseptorlarning qo'zg'alishi eshitish nervi tolasi orqali miya ko'prigi, o'rta miyada joylashgan po'stloqosti eshitish markaziga, undan esa bosh miya yarimsharlari po'stlog'ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo'zg'atadi. Bu markazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintez qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.Tovush eshitmaslikning (karlikning) ayrim shakllariga chig'anoq retseptor apparatining jarohatlanishi sabab bo'ladi. Bunday hollarda chig'anoq mexanik tebranishlar ta’sirida elektr signallarini generatsiyalamaydi. Bunday karlarga yordam berish mumkin. Buning uchun chig‘anoqqa elektrodlar kiritiladi va ularga elektr signallari beriladiki, bu signallar mexanik ta’sirlar tufayli hosil bo‘ladigan stimulga mos bo'lsin. Chig‘anoqning asosiy funksiyasini protezlash (almashtirish) usuli bajaradiki, unda ishlatiladigan implantant – koxlear apparat deyiladi (9-rasm). Xozirgi kunda protezlash ko’plab mamlakatlarda ishlatilib kelinmoqda. 9- rasm. Koxlear protez. 1-asosiy korpus, 2-quloq orqasiga qo‘ygich mikrofoni bilan, 3-implantatsiyalanuvchi elektrod bilan ulovchi vilka. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling