2- mavzu: Akustika asoslari. Tibbiyotda tovushdan foydalanish. Reja


Download 0.83 Mb.
bet5/7
Sana28.10.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1731726
1   2   3   4   5   6   7
5.-rasm. Fonendoskopning tuzilishi. 1-kovak kapsula, 2-tovushni uzatuvchi membrana, 3-rezina trubka


6-rasm. Fonokardigrafning tashqi ko’rinishi



O‘pkani auskultatsiya qilishda nafas olish paytida hosil bo'lgan shovqinlami, kasallik uchun xarakterli bo'lgan turli xil xirillashlarni eshitib ko'riladi. Yurak tonlarining o'zgarishi va shovqinlaming vujudga kelishiga qarab, yurak ish faoliyatining holati haqida fikr yuritish mumkin. Auskultatsiyadan foydalanib, oshqozonda va ichakdagi to'lqinsimon qisqarishlardagi ortiqcha qo'zg'alishlami (peristaltikalami) va ona qornidagi bolaning yurak urishlarini aniqlash mumkin.
Bemorni bir vaqtnng o'zida bir necha kuzatuvchilar ishtirokida o'quv maqsadlari va konsilium qilishda eshitib ko'rish uchun mikrofon, kuchaytirgich, gromkogovoritel va bir necha telefonlardan iborat bo'lgan sistemadan foydalaniladi.
Yurak ishi faoliyatining holatini diagnostika qilishda auskultatsiya metodiga o‘xshash bo‘lgan fonokardiografiya (FKG) metodi qollaniladi. Bu usulning mazmuni, yurak tonlari va shovqinlarini grafik ko‘rinishda qayd qilish va ulami diagnostik analiz qilishdan, tushuntirishdan iboratdir. Fonokardiogrammani yozib olish fonokardiograf yordamida amalga oshiriladi (6- rasm). Fonokardiograf, mikrofon, kuchaytirgich, chastota filtrlardan va qayd qiluvchi qurilmadan iborat.




7- rasm. Normal elektrokardiogramma va fonokardiogramma.


Eshitish organi bo'lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan: tashqi, o'rta va ichki quloqdan iborat (8 -rasm).
Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat. Tashqi quloq yo'lining oxirida biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora parda bo'lib, u tashqi quloq yo'lini o'rta quloq bo'shlig'idan ajratib turadi.
O'rta quloq bo'shlig'i Yevstaxiy naychasi yordamida burun-halqumga tutashgan. O'rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg'acha, sandon, uzangi) tovush to'lqinlari ta'sirida nog'ora pardada hosil bo'lgan tebranishni ichki quloqqa o'tkazadi.
Ichki quloq bo'shliq va yarimdoira kanalchalar sistemasidan, ya'ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo'shliqda perilimfa suyuqligi bo'ladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa suyuqligi bo'ladi. Suyak labirintda chig'anoq bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling