2- mavzu. Bank tizimi


Download 265.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana22.12.2022
Hajmi265.17 Kb.
#1042895
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu iqtisodiyot

Birinchidan, moliya bozorlari globallashuvi – moliyaviy xizmatlarning bir 
turdagi bozoriga o’tishini belgilab beradi. 
Ikkinchidan, milliy moliya bozorlarini erkinlashtirish va tartibga solmaslik– 
bankdan tashqari yangi raqobatchilarning (yangi bank texnologiyalarini 
etkazib beruvchilar, telekommunikatsiya firmalari, supermarketlar va b.) paydo 
bo’lishiga xizmat qiladi. 


Uchinchidan, jahonda integratsiyalashgan texnologik tizimlarga (Internet) 
o’tish– umumiy global tarmoqni shakllantirish imkonini beradi. 
Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrda « Milliy to’lov tizimini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori e’lon qilindi. Qarorga asosan 
Respublikada Markaziy bankning Milliy banklararo protsessing markazini 
(MBPM) tashkil qilish to’g’risidagi taklifi qo’llab-quvvatlandi. U «O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi» davlat unitar 
korxonasi tuzilmasida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari Uzcard kompaniyasi « 
karta hisob raqamidagi pul mablag’larini xoldirlash » xizmatini ishga tushirdi. Bu 
xizmat karta saqlovchisiga tovarlarni (xizmatlarni) olgunga qadar mablag’larni 
«muzlatib turish» hamda plastik kartochkada to’lovni bekor qilish imkonini berdi. 
O’zbekistonda 2018 yil noyabridan boshlab yangi avlod plastik kartalari orqali 
kontaktsiz to’lov texnologiyasi (NFC) bo’yicha hisob-kitob qilinishi mumkin 
birinchi kobeyjing kartalarini chiqarish boshlandi. 
O’zbekistonda chiqarilgan birinchi kobeyjing kartalari UzCard va UnionPay 
ikkita to’lov tizimining qo’shma kartalari hisoblanadi. Ular ikkala to’lov tizimi 
infratuzilmalarida foydalanish uchun mo’ljallangan. O’zbekistonda kobeyjing 
kartalari oddiy so’m kartasi, xorijda esa – valyuta kartasi sifatida to’lovga qabul 
qilinadi. 
Kobeyjing kartasi O’zbekistonda, shuningdek 170 ta mamlakatda va UnionPay 
infra-tuzilmasi mintaqalarida to’lov uchun qabul qilinadi. Jahonda UnionPay 
kartalari-ni, tegishincha, yangi kobeyjing kartalarini to’lovga qabul qiladigan 10 
milliondan ortiq savdo-servis korxonalari mavjud. 
O’zbekiston Markaziy banki 27.11.2018 yilda monetar siyosatning asosiy 
yo’nalish-larini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi 
uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan. 
Markaziy bank, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
rah-barlariga 2019 yilda turmush sharoiti og’ir bo’lgan 1 ming 600 nafar xotin-
qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlash vazifasi 
topshiriladi. 



Download 265.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling