2- mavzu. Bank tizimi


Download 265.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana22.12.2022
Hajmi265.17 Kb.
#1042895
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu iqtisodiyot



2- MAVZU.BANK TIZIMI 

Reja
1.Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari. 


2.Tijorat banklari va ularning vazifalari 
3.Bank tizimini takomillashtirilishi 
1. Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim 
rol o’ynaydi. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning 
harakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat 
qilish bo’lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. 
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga markaziy (emission) 
bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. 
«Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy 
banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish...» ustivor yo’nalishlardan 
hisoblanadi
1

Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi 
va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. 
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, 
birinchidan, ko’pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan 
iborat bo’lib, u o’tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan 
o’rnatiladi. 
Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg’arma muassasalaridan 
mablag’larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko’ra markaziy 
bank “banklar banki” deyiladi. 
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, 
davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va 
ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko’maklashadi. 
1
Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari -T. «O‘zbekiston», 1999, 120 bet. 


Markaziy bank ko’plab xilma-xil vazifalarni bajaradi. 
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy zahiralarini saqlaydi. Bu 
zahiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. 
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zahiralarini saqlash vazifasini 
ham bajaradi. 
Ikkinchidan, cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlaydi va 
banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi. 
Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.
To’rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg’unlashtiradi va ular ustidan 
nazoratni amalga oshiradi. 
Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi. 
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish ma’suliyatini oladi, milliy 
valyutani muomalaga chiqaradi. 
Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi. 
Monetar siyosatning asosiy maksadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish 
va so’mning barqaror ayirboshlash kursini ta’minlashdan iborat. Mazkur vazifalar 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni 
mustahkamlash 
va 
iqtisodiy 
o’sishni 
rag’batlantirishga yo’naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog’langandir. 
O’zbekiston Markaziy banki o’zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir 
qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. 
Bank tomonidan pul kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli 
qog’ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta 
moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zahira talablari vositalari 
ham ishga solinadi. 
O’zbekiston Markaziy banki pul bozorlarida qisqa muddatli likvidlikni 
tartibga solish maqsadida ochiq bozorda operatsiyalarni amalga oshiradi. Xususan, 
2004 yil mobaynida tijorat banklarining bo’sh pul mablag’larini depozitlarga jalb 
qilish va muomalaga qimmatli qog’ozlarni chiqarish hajmi 100 mlrd.so’mni tashkil 
etdi. 2004 yilda xorijiy valyutani sotish va sotib olish operatsiyalari birjadan 
tashkari bozorda amalga oshirildi. Valyutani erkinlashtirish natijasida milliy 


valyuta konvertatsiyasining joriy qilinishi evaziga ichki valyuta bozoridagi 
operatsiyalar salmog’i sezilarli darajada ortdi. Shu bilan bir qatorda, tashqi savdo 
jumladan, eksport operatsiyalarining kengayishi tashqi savdo balansining ijobiy 
qoldig’i (1,037 mlrd. AQSh dollari) bo’lishiga va O’zbekiston Markaziy bankining 
oltin valyuta zahirasining ortishiga (30%dan ortiq) olib keldi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli 
sheriklar 
sifatida 
chiqadi. 
Kredit 
berishda 
fan-texnika 
taraqqiyotini 
jadallashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga 
erishishni ta’minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi. 
Banklar o’z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun 
moddiy jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari 
ko’proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi. 

Download 265.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling