2- mavzu. Bank tizimi


Download 265.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana22.12.2022
Hajmi265.17 Kb.
#1042895
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu iqtisodiyot

foizda 2016 y. 
2017 
y. Foizda 2016 y. 
2017 
y. 
foizda 
Jami kapital 
6573 16672 253,6 2408 4005 166,3 8981 20676 230,2 
Ustav kapitali 
4616 14195 307,5 1189 2111 177,5 5805 16307 280,9 
Zaxira kapitali 
12 
14 
116,7 
29 
54 186,2 
41 
68 
165,9 
Taqsimlanmagan 
foyda 
1062 1269 119,5 406 
524 129,1 1468 1793 122,1 
Bundan tashqari, 2018 yil yanvar–dekabr sanasi davomida kapitalida davlat 
ulushi bo’lmagan tijorat banklari umumiy kapitali 1,6 trln. so’mga oshirilgan 
bo’lib, shundan 1 trln. so’mi qo’shimcha aktsiyalar va qarz qimmatli qog’ozlarni 
joylashtirish orqali shakllantirildi. 
Shuning uchun mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p 
jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog’liq. Birinchi navbatda tijorat banklari, 
ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha boshlangan ishlarni 
oxiriga etkazishi, o’z nizom jamg’armasi miqdorini belgilangan ko’rsatkichlarga 


olib chiqishi lozim. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz 
hukumati va Markaziy bank hamkorligida xalqaro moliya institutlari ko’magida 
bank-moliya tizimini ri-vojlantirish bo’yicha uzoq muddatli strategiya ishlab 
chiqishlari belgilab berildi. Amalga oshiriladigan amaliy ishlar natijasida 
respublika bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan bank 
kapitalidan davlat ulushini hamda davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich 
kamaytirib borish maqsadi qo’yildi. Fikrimizcha , bank kapitalini shakllantirishda 
xususiy va xorijiy kapital miq-dorini oshirish mamlakatimiz bank tizimida raqobat 
muhitini yana jonlantirish-ga, ularning mijozlar uchun bo’ladigan teng ijobiy 
raqobatni paydo bo’lishiga imkon yaratadi. Bunda, albatta banklarning odatiy 
xizmatlarini, ya’ni kreditlash sifati va ma-daniyatini yuqori darajaga ko’tarish bilan 
birga ular tomonidan yangi zamonaviy-inno-vatsion bank xizmatlarining ham 
takomillashuviga sharoit yaratadi. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi 
zamonaviy holati bo’yicha o’tkazilgan tahlil shuni ko’rsatadiki, o’tgan davr 
davomida tijorat banklari ma’lum bir muvaffaqiyatlarga erishdilar, ular 
iqtisodiyotni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch bo’lib xizmat kilmoqda. Shu 
bilan birga, mamlakat bank tizimining yanada olg’a tomon rivojlanishi ko’p 
jihatdan taqdim etilayotgan bank xizmatlari sifati va xilma-xilligiga bog’liq 
bo’ladi. Bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi 
imkoniyatlardan amalda to’laqonli foydalanish, pul-kredit instrumentlarining lozim 
darajada ishlashi va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarni 
rivojlanti-rish orqali qo’yilgan maqsadlarga erishishni osonlashtirish maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvarda «O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi PF-5296-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra Markaziy 
bank faoliyatining strategik maqsadli yo’nalishlari deb quyidagilar belgilab berildi: 
narxlar barqarorligi; 
bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi; 
to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi. 


 Ammo shu bilan birga bugungi kunda bank-moliya xizmatlari , mijozlarni 
jalb qilish bo’yicha banklararo raqobat muhiti etarli darajada davr talablariga 
to’liq javob bera olmayapti. Ayni paytda qishloq joylarda xizmatlar sohasi 
hali-beri etar-licha rivojlanmaganini ham aytish joiz. Iqtisodiyotda 
boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlash 
bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy 
muammo bo’lib qolmoqda. 
2018 yil 23 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 
«Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida»gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorda amalga oshirilayotgan islohotlar 
natijasida bank tizimida xizmatlar ko’rsatishning bozor mexanizmlari joriy 
etilganligi, ularning turlari kengayib borayotganligi, tadbirkorlar va aholi uchun 
moliyaviy ochiqlik oshib borayotganligi qayd etildi. 
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni 
engillashtiruv-chi yangi bank xizmatlari joriy etilganligi, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar 
yaratilganligi ta’kidlandi. 
2018 yil 1 iyuldan tijorat banklariga: 
– dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevo-
sita xizmat ko’rsatish hududiga to’sqinliksiz kirish; 
– mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko’rsatilayotgan 
bank xizmatlari to’g’risida dastlabki maslahatlarni olish; 
– kredit (mikroqarz) berish to’g’risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-
bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to’g’risida xabardor qilish yoki uni 
berishni asosli rad etish tartibini ko’rsatkan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik 
asosida ro’yxatdan o’tkazish va ko’rib chiqish uchun sharoitlarni yaratish 
topshirig’i berildi. 
2018 yil 1 iyulga qadar: 
– tranzaktsiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlovchi 
milliy chakana to’lov tizimini tuzish va rivojlantirish; 


– qulay to’lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish; 
– naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu 
jum-ladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda 
ilgari surish; 
– bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-
maishiy xizmat ko’rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, 
ayniqsa, hududlarda joriy etish; 
– xalqaro to’lov tizimlari bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlash; 
– O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda no-
rezidentlarning to’lov kartalari barcha to’lov terminallari tarmog’i orqali qabul 
qilinishini ta’minlovchi mahalliy to’lov tizimlarini asosiy xalqaro to’lov tizim-lari 
bilan integratsiyalash jarayonini tugallash. 
2018 yil 1 noyabrga qadar: 
– tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko’proq boradigan joylarda kunu-tun 
rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil 
etilishini ta’minlash vazifalari yuklandi. 
O’zbekiston banklari assotsiatsiyasiga bank xizmatlari ommabopligini oshirish 
va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu 
jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va 
uni amalga oshirish tavsiya etildi: 
– O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish 
Kontseptsiyasini tasdiqlash; 
– bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg’or xalqaro tajri-
badan kelib chiqib xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo’lga qo’yish; 
– mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassis-larni 
jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni 
amalga oshirish; 
– bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani 
o’rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo’llash yuzasidan takliflar 


ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting 
xizmatlarini tashkil etish yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish; 
– masofaviy bank xizmatlari ko’rsatishni rivojlantirish bo’yicha zamonaviy va 
ilg’or bank xizmatlarini amaliyotda ro’yobga chiqarish tashabbuslarini ilgari 
surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish; 
– bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni 
keyinchalik respublika banklarida tatbiq etish maqsadida ilg’or chet el banklarining 
faoliyatini o’rganish. 
Ushbu vazifalarni bajarishda bank tizimidagi islohotlarning muhim yo’nali-
shlaridan biri bank xizmatlari sifati va madaniyatini yuksaltirgan holda tijorat 
banklari va mijozlar o’rtasidagi munosabatlarni «mijoz bank uchun emas, bank 
mijoz uchun» tamoyili asosida tashkil etilganligidir. Bank xizmatlarining sifati va 
ma-daniyatini 
yuksaltirish 
hamda, 
ularni 
mijozlarga 
etkazishda 
bank 
marketingining ahamiyati beqiyos kattadir. 
Hozirgi sharoitlarda bunga bank marketingidan foydalanish va banklar faoliya-
tida innovatsiyalarni joriy qilish asosida erishish mumkin. 
Bugungi kunda moliya-kredit sohasidagi tub o’zgarishlar axborotlashtirish 
tizimi bilan bog’langan. Hozirgi paytda xalqaro bank tizimi ko’p jihatdan global 
axborot-moliya kompleksiga aylanib bormoqda. Shu sababli banklar faoliyati misli 
ko’rilmagan darajada tashqi muhitda ro’y berayotgan o’zgarishlarga bog’liq 
bo’ladi. Bank sohasidagi o’zgarishlar yo’llarini belgilab beruvchi innovatsion 
rivojlanish-ning asosiy yo’nalishlarini xorijiy manbalariga ko’ra uchta guruhga 
birlashtirish mumkin.

Download 265.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling