2- mavzu. Bank tizimi


Tijorat banklari va ularning vazifalari


Download 265.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana22.12.2022
Hajmi265.17 Kb.
#1042895
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu iqtisodiyot

2.Tijorat banklari va ularning vazifalari 
Tijorat banklari o’zlarining xo’jalik mavqeiga ko’ra aktsionerlik tipidagi 
muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko’ra, faoliyatning biron bir turiga 
xizmat ko’rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo’lishi mumkin. 
Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb 
etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob-kitobni 
amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan 
shug’ullanadi. 
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to’g’risidagi 
qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aktsiyali pay asosida tashkil topgan 
xususiy banklar bo’ladiki, ular “kredit hisob-kitob va o’zga xil bank xizmatini 
ko’rsatadilar”. Tijorat banklar faoliyatining asosiy maqsadi foyda chiqarib olishni 
ko’zda tutadi. Tijorat banklari daromadining manbai mijozlarining bank xizmati 
uchun to’lovi va aktivlardan - zayom, kredit, qimmatli qog’ozlardan olinadigan 
foiz hisoblanadi.
Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat 
tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. 
Jumladan bizning respublikada Sanoat qurilish banki – sanoat, transport, aloqa va 


moddiy-texnika ta’minoti sohalarida; Zamin, G’alla, Paxta banklar – agrosanoat 
kompleksi tarmoqlari va sohalarida; Tadbirkor banki mayda va o’rta biznes, 
kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini 
amalga oshiradi. 
Xalq banki - mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-
kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy 
ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta’minlaydi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini 
bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo’shma 
korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig’ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta 
resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek tashqi iqtisodiy 
operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta’minlaydi. 
Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashishi bo’yicha investitsion va ipoteka 
banklarni ajratib ko’rsatish lozim. 

Download 265.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling