2- mavzu. Bank tizimi


Download 265.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana22.12.2022
Hajmi265.17 Kb.
#1042895
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu iqtisodiyot

Investitsion banklar - maxsus kredit muassasalari bo’lib, obligatsiya hamda 
qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo’li bilan uzoq muddatli ssuda 
kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar) ga taqdim 
qiladi. 
Investitsion kompaniyalar o’zlarining qimmatli qog’ozlarini chiqarish yo’li 
bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to’playdi va ularni korxona (milliy va 
chet el)lar aktsiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to’liq 
investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo’yilgan kapital 
hisobiga foyda olish hisoblanadi. 
Ipoteka banklar – bu ko’chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli 
ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalar. Ipoteka bankning resurslari 
o’zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy 
va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini 
kengaytirish uchun foydalaniladi. 
Barcha tijorat banklari zahira (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo’yicha 
Markaziy bank tomonidan o’rnatiladigan ma’lum talablarga javob berishi zarur.


Xukumat va O’zbekiston Markaziy banki tomonidan davlat ehtiyojlari uchun 
fermer xo’jaliklardan paxta va bug’doy etishtirish harajatlarini maksadli 
kreditlashga bosqichma-bosqich o’tkazish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. Qarzdorlarning kreditlari haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish 
maksadida O’zbekiston Markaziy banki tomonidan Kredit ma’lumotlari milliy 
institutini (KMMI) tashkil etish bo’yicha nizom qabul qilinib, kredit ma’lumotlari 
Banklararo kredit byurosiga (BKB) va tijorat banklariga taqdim etildi. Kredit 
ma’lumotlarining yagona reestri tijorat banklarining kredit, lizing va faktoringli 
shartnomalari, garovga qo’yilgan mol-mulk va kafolatlar hamda davlat statistika 
idoralari, nodavlat tashkilotlar va xo’jalik sub’ektlaridan olingan ma’lumotlar 
asosida shakllantiriladi. Qarz oluvchilarning krediti haqidagi ma’lumotlardan 
samarali foydalanish bank nazorati sifatini oshirishga va kredit hatarlarining 
kamayishiga olib keladi. Tijorat banklari kredit qo’yilmalari hajmi 2017 yil 
davomida 58 trln. so’mga yoki 110 foizga (2016 yilda – 32 foiz) o’sib, 2018 
yilning 1 yanvar holatiga 110,6 trln. so’mga etdi hamda kredit qo’yilmalarining 
YaIMdagi ulushi 44,4 foizgacha (2016 yilda – 26,4 foiz) oshdi. Kredit 
qo’yilmalarining (netto) jami aktivlar tarkibidagi ulushi esa 61,9 foizdan 65,1 
foizgacha oshdi. 
1 - j a d v a l. 

Download 265.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling