2- mavzu: Beton qorishmasining mustahkamlik ko’rsatgichlarini aniqlash
Download 302.39 Kb. Pdf ko'rish
|
2- Beton qorishmasining mustahkamlik ko’rsatgichlarini aniqlash.
2- Mavzu: Beton qorishmasining mustahkamlik ko’rsatgichlarini aniqlash. Beton zavodlarini SHNQ 3.06.03-08 da ruxsat etilgan tashish muddatlarini hisobga olib joylashtirish maqsadga muvofiq. Materiallarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash temir yo’llar yonidagi omborlarda amalga oshirilishi kerak. Sementni qabul qilish va saqlash uchun yo’l qurilishi sharoitida kam chiqimli yig’ib - tiklanuvchi metall omborlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular temir yo’l vagonlaridan yoki sement tashuvchi transportlardan sementni mexanik usulda tushirish qurilmalariga ega bo’lishi kerak. Mayda va yirik to’ldiruvchilar (qum, chaqiqtosh, shag’al) o’lchamlari va tog’ jinsiga mansub turlari bo’yicha alohida, aralashib ketmasliklarini ta’minlovchi maydonchalarda saqlanishi lozim. Maydonchalar yaxlit yoki yig’ma beton qoplamalarga ega bo’lishi kerak. Beton qoplamali maydonchalar bo’lmaganida, tosh va qum uyumlarining 10-20 smli ostki qatlamini beton qorishmasi tayyorlash uchun ishlatib bo’lmaydi. Zarur bo’lganida, yirik to’ldiruvchini donalarga ajratish va yuvishni yo’lga qo’yish kerak. To’ldiruvchini to’g’ridan - to’g’ri g’ildirakli frontal yuklagichlar bilan o’lchov bunkerlariga to’kish lozim. Bunker to’latilishi kerak bo’lgan fraktsiya nomi bilan ajratilgan. Shuningdek, har bir fraksiya solingan bunker tagida maxsus tarozilar o’rnatilgan. Ichkaridan kompyuter dasturlari orqali boshqariladigan bu uskunalar kerakli miqdorda to’ldiruvchilarni lentaga tushishini ta’minlaydi. Davriy yoki uzluksiz ishlaydigan beton qorishtirgichlarning ishlash rejimlari zavodning ish yo’riqnomalariga mos bo’lishi kerak. Beton qorishmasini davriy qorishtirgichda aralashtirish muddatini sinov orqali belgilash lozim. Sig’imi 5–6 m 3 bo’lgan yuqori unumdorli aylantirib tushiruvchi davriy beton qorishtirgichdan foydalanilganda konusning cho’kishi 2 sm dan kam bo’lmagan beton qorishmasini aralashtirish muddati 60–90 s chegarasida bo’lishi zarur (2-rasm). Download 302.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling