2- mavzu: Beton qorishmasining mustahkamlik ko’rsatgichlarini aniqlash


Download 302.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi302.39 Kb.
#1288797
1   2   3   4
Bog'liq
2- Beton qorishmasining mustahkamlik ko’rsatgichlarini aniqlash.

2-rasm. Konusning cho’kishi. 
Beton qorishmasini tayyorlashda materiallarni og’irligi bo’yicha miqdorlash 
lozim. GOST 26633-2012 talablariga muvofiq yo’l qoplamalari beton qorishmasi 
tarkibidagi suv – sement nisbati belgilanadi. Suv va suv asosidagi qo’shimchalar 
bundan mustasno. Miqdorlovchi uskunalar sozligi har kuni smena oldindan 
tekshirilishi mumkin. Tarozilar beton tarkibi va to’ldiruvchilar namligini hisobga 
olib sozlanishi kerak. Beton qorishmasi uchun materiallar turi va fraktsiyasi 
bo’yicha alohida - alohida o’lchanishi lozim. Materiallar sarfini faqat laboratoriya 
xodimlarigina o’zgartirishi mumkin. Yuqori unumli beton yotqizish mashinalar 
komplekti samaradorligidan to’liq foydalanish va bir xil tarkibli beton tayyorlash 
uchun qorishma smena davomida bir maromda uzluksiz chiqarilishi kerak. Beton 
aralashmani oldindan tayyorlash va uzoq masofalarga tashish mumkin emas. 
Shuning uchun beton aralashmasi uni yotqizish joylari yaqinida tayyorlanishi 
kerak, shunda yozda yo’lda sarflanadigan vaqt 1 soatdan oshmaydi.
Qorishmani 
tashish masofasini va qoplama qurilishidagi yuqori unumli komplekt 
mashinalarning to’liq ishlashini, qorishmani yotqizish joyiga yetkazishda uzilishlar 
bo’lmasligini hisobga olib transportlarning kerakli soni belgilanishi va 
aniqlashtirilishi lozim [10]. 
Beton qorishmasining zich to’ldirgichlari hajmi bo’yicha dozalanadi. G’ovak 
to’ldirgichlar hajmi bo’yicha dozalanib, massa bo’yicha tuzatish kiritiladi. Suyuq 
tashkil etuvchilar massa yoki hajmi bo’yicha dozalanadi. Boshlang’ich 
materiallarni tarozili dozatorlar bilan dozalashdagi xatolik sement, suv, kimyoviy 


va mineral qo’shilmalar uchun 1% dan, to’ldirgichlar uchun ± 2% dan oshmasligi 
kerak. G’ovak to’ldirgichlarni dozalashdagi xatolik hajmi bo’yicha ± 2% dan 
oshmasligi kerak. Ish unumdorligi ±5 m
3
/s gacha bo’lgan beton qorishtirgich 
qurilmalarida beton qorishmasini tayyorlaganda sochiluvchan materiallarni hajmiy 
dozalashda dozalashning ko’rsatib o’tilgan xatoliklariga ruxsat etiladi. Qulay 
joylashuvchanligi bo’yicha barcha turdagi va markadagi beton qorishmalari 
majburiy ishlaydigan qorishtirgichlarda bajariladi. Qulay joylashuvchanlik 
bo’yicha J1 va P1-P5 markadagi og’ir va mayda donali betonli, shuningdek, 
mustahkamlik bo’yicha B12,5 va undan yuqori sinfdagi, mustahkamligi o’rtacha 
bo’lgan B1600 va undan yuqori sinfdagi yengil betonli qorishmalarni gravitatsiyali 
qorishtirgichlarda tayyorlashga ruxsat beriladi. Siklli ko’chmas qorishtirgichlarda 
aralashtirish davomiyligi texnologik reglament bo’yicha qabul qilinadi. 
1. Aralashtirish davomiyligi qiymatlari qulay joylashuvchanlik bo’yicha P1 
markali qorishmalar uchun berilgan. 
2. Qulay joylashuvchanligi bo’yicha J5, J4, J3, J2 va J1 markali qorishmalar uchun 
aralashtirish davomiyligi tegishlicha 15, 30, 45, 60 va 75 sekundga oshiriladi. 
Qulay joylashuvchanligi bo’yicha P2, P3, P4 va P5 markali qorishmalar uchun 
aralashtirish davomiyligi tegishlicha 15, 30, 45 va 60 sekundga oshiriladi. 
4. Qulay joylashuvchanligi bo’yicha R1, R2, R3 va R4 markali qorishmalar uchun 
aralashtirish davomiyligi tegishlicha 5, 10, 15 va 20 sekundga oshiriladi. 
Beton qorishmasi tarkibidagi to’ldirgichlarning eng katta o’lchami 
quyidagilardan oshmasligi lozim: 

Download 302.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling