2- mavzu: Defektologiya fanining falsafiy asoslari Reja: Falsafa fanining ilmiy mohiyatini aniqlashtirib beriladi; 2


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1323098
  1   2   3
Bog'liq
2 МАВЗУ



2- MAVZU: Defektologiya fanining falsafiy asoslari 
Reja: 
1.Falsafa fanining ilmiy mohiyatini aniqlashtirib beriladi; 
2Milliy g„oya va milliy mafkura milliy maxsus pedagogikasi 
metodologik asosi sifatida; 
3. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari; 
4.Maxsus-pedagogika xodisalarining falsafiy tushunchasi; 
5.Falsafiy bilimning maxsus pedagogikaga nisbatan bо„lgan funksiyalari 
Tayanch sо„zlar: Falsafa fanining ilmiy mohiyati, milliy g„oya va milliy
mafkura milliy maxsus pedagogika, sharq mutafakkirlariiing pedagogik 
qarashlari, maxsus-pedagogika xodisalarining falsafiy tushunchasi, falsafiy 
bilimning maxsus pedagogikaga nisbatan bо„lgan funksiyalari. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО„YXATI 
1.Mо„minova L.R. va boshqalar. Maxsus psixologiya. -T.: “Noshir”, 2013 y. 
2. Pо„latova P. va boshqalar. Maxsus pedagogika. -T.: “Fan va texnologiya” 
nashriyoti, 2014 y. 3. Nazarova N.M. Sravnitelnaya spetsialnaya pedagogika. -M.: 
«Akademiya», 2012g.
4. Yо„ldoshev J.G„., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – 
Toshkent: О„qituvchi, 2004. 
5. Chicherina Y., Nurkeldiyeva D.,.Bondareva YE. Mutaxassislik fanlarni 
о„qitish metodikasi. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013y.
6. Chicherina Y., Nurkeldiyeva D.,.Bondareva YE. Innovatsionniye podxodi 
v podgotovke kadrov- defektologov (monografiya). -T.: “Navruz”, 2014
7.Nishonaliyev U. Ta‟lim standarti va pedagogik innovatsiyalar. – «Xalq 
ta‟limi», 1999-yil
8.Azizxо„jayev N.N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar (Reklama - 
rejalar). – Toshkent, 2002-yil
9.Ayupova M. Y. “Logopediya” Toshkent – 2007. 
10.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta‟limda innovatsion 
texnologiyalar. T:, 2008-yil
1-ilova
“Aqliy hujum о„tkaziladi 
Defektologiyaning falsafiy asoslari deganda nimani tushunasiz? 
2-ilova 


1.Falsafa fanining ilmiy mohiyatini aniqlashtirib beriladi 
Falsafa - inson muayyan manfaatlar, maqsadlar, an‟analar, ilmiy, axloqiy 
qadriyatlarga tayanib о„zining mohiyatini, burchi na mas‟ulyatini bilib, butun 
borliqni yaxlit, umumlashtirgan holda anglab borishga harakat qiladigan fandir. 
Falsafiy g„oyalar hayot saboqlari, fan va amaliyot yutuqlari, ehtiyojlarini aqliy 
tahlil etishdai kelib chiqqan xulosalar, donolarning teran fikrlari, xalq maqollari , 
yangi yuzaga kelgan hayotiy ma‟naviy qadriyatlar shaklida о„z ifodasini topgan va 
insonning borliqqa umumiy munosabatini belgilovchi ilmiy, ma‟naviy mezonlar, 
meyorlar vazifasini о„taydi. Shu sababli insonning mohiyatini, uning munosabatini 
istiqlol va istiqbol yо„llaridai borish masalalarini falsafiy tafakkur yordamida 
tadqiq qilgan holda haqiqatni izlaganlar. Axloq, adolat mezonlari esa xakiqatni 
anglashning asosiy vositasi bо„lgan. Zeroki axloqiy asoslar mumkin bо„lmagan 
harakatni, xulosani xaqiqat, adolatli deb e‟tirof etish mumkin emas. Sharqda 
ma‟naviy qadriyatlar, an‟analar, real hayot ehtiyojlari va imkoniyatlari falsafiy 
xulosalarining mohiyati va ahamiyatini belgilovchi asosiy mezon bо„lgan. 
Jamiyat ravnaqida fan yetakchi omil hisoblanadi. Uning ijtimoiy funksiyasi 
davlat tuzilmasiga mos holda о„zgarib boradi. Shu boisdan fan muammolariga 
e‟tibor tabiiy holda qaratiladi: uning tub mohiyati va maqsadi, ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishda tutgan о„rni, fan va amaliyot nisbatlari, ilmiy tadqiqot natijalarini 
samarali qо„llash yо„llari kabi masalalar taxlil etiladi va bosqichma-bosqich 
yechiladi 
2Milliy g„oya va milliy mafkura milliy maxsus pedagogikashii 
metodologik asosi sifatida. 
Metodologiya ilmiy bilish yо„llari va vositalarining iazariy muammolarini, 
shuningdek, ijodiy jarayon sifatida ilmiy tadqiqot qonuniyatlarini о„rganadi. 
Metodologiya atamasi yunoncha "metod haqidagi ta‟limot " yoki " metodlar 
nazariyasi "ni anglatishi fanga ma‟lum. Biroq u qachon paydo bо„ldi ? Bu savolga 
javob topish ancha mushkul. Har qanday metodologiya olimlarning ilmiy 
faoliyatini tahlil qilish, ular qо„llayotgan metodlar va vositalarning umumiy 
xususiyatlari, ularni taqqoslash va tizimlashtirish asosida vujudga kelgan. Demak, 
metodologiya ilmiy bilish faoliyatining mohiyatini ochib beradi. 
Fikrimizcha, metodologiya tushunchasi ancha murakkab va har doim ham bir 
xilda talqin qilinavermaydi. Birichi navbatda u keng ma‟noda - fan 
metodologiyasi sifatida qо„llanib, barcha ilmiy fanlar uchun ilmiy bilishning 
falsafiy tayanchi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, metodologiya fan sifatida 
obyektiv borliqni bilish haqidagi ta‟limotdir. U tor manoda esa aniq ilmiy fanlar 
uchun ilmiy bilish iazariyasini anglatadi. 
-Fan yoki ilm metodologiyasi deyilganda, inson 


faoliyatining ilmiy tadqiqot о„tkazishga va buning orqasida kuzatilayotgan, 
tekshirilayotgan obyektni, uning tahlil mavzusi, tadqiqot vazifalari, hamda buni hal 
qilish uchun ishlatadigai vositalarni bilishga qaratilgan xatti-harakatining 
strukturasi, mantiqan aloqadorligi tushuniladi. Milliy g„oya tushunchasi juda keng 
falsafiy mazmunga ega. Milliy g„oya har bir xalq yoki millatning ma‟naviyati 
о„zagini tashkil qiladi. Uning tarkibiga, agar ta‟bir joiz bо„lsa, milliy ong, milliy 
ruhiyat, milliy g„urur, milliy iftixor, milliy tiklanish, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar, milliylik, milliy о„z-о„zini anglash kabi ijtimoiy - falsafiy tushunchalar 
ham kiradi. Milliy g„oya va milliy mafkura о„zaro bir - birini taqazo etadi va 
uyg„uilashib ketadi. Milliy g„oya mustaqillik g„oyasining mafkuraviy ifodasidir. 
Bu g„oya о„zining mohiyati va yо„nalishiga kо„ra millatchilik kabi tajavuzkor 
qarashlarga butunlay begona. Milliy g„oya, milliy istiqlol mafkurasi kabi rang-
barang prinsinlarga tayanadi va namoyon bо„ladi. Odamlar о„z qarashlarini, 
fikrlarini erkin ifoda eta olishlari xuquqiy demokratik jamiyatning eng muhim 
belgilaridan biridir. Ammo bu fikr va qarashlarni birlashtiradigan yagona mezon 
bor, bu milliy g„oya va milliy mafkuradir. Milliy g„oyaning insoniylik mohiyati bir 
vatanda yashayotgan xalqlar va millatlarning о„zaro tinch hayotini, millatlararo 
barqarorlikni ta‟minlashdan iborat 
Z. Sharq mutafakkirlariiing pedagogik qarashlari 
Sharq falsafasi an‟analariga kо„ra olamni bilishning ibtidosi inson о„zini 
anglashidan boshlanadi. О„zini anglagan insongina boshqalarni jumladan, tabiatni, 
jamiyatni holis va maqsadli anglash imkoniga ega bо„ladi. 
О„zini, о„zgalarni anglashga, shu asosda butun borliqii bilishga intilgan 
insonning qalbida, birinchi navbatda poklik, iymon, e‟tiqod, odamlarga ishonch va 
hurmat bо„lishi kerak. Bu uning butun tafakkur va hayot tarziga asos bо„lib, 
faoliyatiga maqsad va yо„nalish beradi. Imom at-Termiziy aytganlaridek, "Kimki 
bir musulmonni dunyo qayg„ularidan birini yengillshtirsa, Olloh uning qiyomat 
kunidagi oxiratini yengillashtiradi". 
Alisher Navoiy ham insonlarga nisbatan adolatli bо„lish, mehr-muruvvat 
kо„rsatish, g„ariblarni, yetimlarni va bevalarni qо„llash va kо„nglini kо„tarish 
savobliligi jihatidan vayron bо„lgan Ka‟bani tiklashdan ham afzal ekanini 
kо„rsatgan. Bu uning quyidagi falsafiy misralarida kо„zga tashlanadi: Kimki bir 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling