2- mavzu: Defektologiya fanining falsafiy asoslari Reja: Falsafa fanining ilmiy mohiyatini aniqlashtirib beriladi; 2
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
2 МАВЗУ
kо‘ngli siniqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim Ka’ba vayron bо‘lsa obod
aylagay. Alisher Navoiyning, "Odamiy ersang demagil odami, onikim yо„q xalq gamidin g„ami" degan fikrlarida Sharq falsafasining asosiy g„oyasi ifodalangan. Hazrati Bahovuddin Naqshband ham namoz о„qiyotgan vaqtingda bir muhtojga yordam berish zarur bо„lib qolsa, darhol namozni tо„xtatib, yordamga oshiq, chunki muhtoj odamning kо„nglini kо„tarish, savobliligi jihatidan namozdan afzal, degan. «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan kо„p asrlar mobaynida yaratib kelingan g„oyat ulkan, bebaho ma‟naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga kо„tarilgan, nihoyatda muhim vazifa bо„lib qoldi», -deb yozgan edi I.A.Karimov. Haqiqatdan ham ma‟naviyat va ma‟rifat g„ildiragini olg„a harakatlantiruvchi, millatni ulug„lik pillapoyalaridan yuksaklikka kо„taruvchi qudratli kuch bо„lib kelgan. Shuning uchun ham istiqlolimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda milliy qadriyatlar va an‟analarimizni tiklashga, xalqimiz ma‟naviyati va ma‟rifatini yuksaltirishga alohida e‟tibor berib kelinmoqda. Xalqimiz orasidan kо„plab buyuk zotlar yetishib chiqqan. Butun jahonga mashhur bо„lgan Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug„bek, Navoiy va boshqa kо„pgina allomalar ma‟naviyati keng ulug„ siymolardir. Yusuf Xos Xojib ham xuddi shunday siymolardai biri sanaladi. U XI asrniig atoqli shoiri, mutafakkiri, davlat arbobidir.Uning xayeti, ijodiy faoliyati hakida ma‟lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg„u bilig» (Baxt - saodatga etuvchi bilim) dostonidir. Yusuf Xos Xojib Qashqarning (Urdukent) Balosogun (Kuzurdu) shimolidagi shaharida tug„ilgan. U dostonning muqaddimasida ushbu asarni 50-60 yoshlarida yozganini aytadi va yaratilganligi haqida shunday ma‟umot beradi. Yil altmish eki erdi tо‘rt yuz bila Bu sо‘z sо‘zladim man tutib jin sо‘rab Tugal о‘n sakkiz aydi bu sо‘z Udurdim, adirdim sо‘z evdib tera Kо„rinib turibdiki, muallif о„z asarini hijriy yil hisobi bilan 462 yilda (milodiy 1069-70) yozib tugatgan. Asarning bir necha bobi bevosita axloq va odob masalalariga bag„ishlangan. Shunday boblardan biri til odobi deb atalgai 7 - bob bо„lib, unda shoir о„qish va bilim olishda tilning ahamiyati, qisqa mazmunli sо„zlash, tilga ortiqcha erk bermaslik va boshqalar haqida ibratli о„gitlar aygadi. Bu bobda shunday misrani uchratamiz: Ortiq sо‘zda aslo bо‘larmi foyda, Ziyondan bо‘lak yо‘q sо‘z ortiq joyda. Shoir tarbiya murakkab jarayon ekanligini ta‟kidlab, bolani yoshlik chog„idan yaxshi xulqli qilib tarbiyalash zarurligini aytadi. Yaxshi ta‟lim tarbiyaning natijasi kishining xulqida, ahloq odobida, ulug„larga xurmatida yaqqol kо„rinishi. Kichiklarning kattalarga hurmati, ehtiromi vojibdir, chunki har bir narsa, ulug„lik ham kichiklarga ulug„lardan tegadi. Shuning uchun ulug„lar sо„zini albagga qadrlash, unga amal qilish, о„zlarini esa e‟zozlash kerak. Shoir uylanish borasida ham bir qator qimmatli о„gitlar beradi. YA‟ni vaqtida uylanish, farzandga tarbiya berish, oiladagi ayolga va qiz bolaga xurmat kо„rsatish va boshqa masalalarni nasihat qiladi. Dostonning 55-56 boblarida mehmon bо„lmoq va mehmon kutmoq odobi tо„g„risida tо„xtaladi, yurish-turishi, о„zini tutish, mezbonlik va mehmonlik shartlari, qonun-qoidalari, ahloq odobi, mehmondо„stlikning targ„ib - intizomlari tо„g„risida tо„xtaladi. Maxsus pedagogikada keng material tuplangan, u baland dunyokarashli potensialga ega bо„lib, jamiyatning ongiga sezilarli ta‟sir utkazadi, shuningdek imkoniyati cheklangan odamlarga bо„lgan munosabatga xam. Maxsus pedagogikaning butun nazariyasini qurish uchun rivojlanishida nuksoni bulgan bolalar haqida nafakat kiska ma‟lumotlarning mexanik birlashmasi kerak, aksincha ilmiy ma‟lumotlarning mundarijali sistematizatsiyasi kerak, bu narsa maxsus pedagogikaning ichki birlashmasini ushlab turishga yunaltirilgan. Bu masalani yechishda falsafaning urni muxim. U maxsus pedagogikaning muammolarini yechish uchun xar xil soxadagi bilimlarni integratsiyalashtiradi. Maxsus pedagogikaning falsafiy tadkikotlari maxsus pedagogik ish faoliyatining kursatkichlarini aniklash va muxokama kilishga yunaltirilgan, korreksion-tarbiyaviy model va goyalarning kritik ajratish va asosnoma kilish, imkoniyati cheklangan bolalarning ta‟lim jarayonining prioritet, perspektivini aniklash. Falsafa maxsus pedagogikaga nisbatan: Dunyokarashli fundament, inson va uning jamiyat-tabiat borlikdagi umumiy tushunchalarga karatilgan bulib, bu narsa pedagogik xodisalarni evulyusiyasini о„zgartiradi.; Metodologik asos sifatida maxsus ta‟lim jarayonini urganishning universal tamoyilidir va usullarni kullashni e‟tirof kiladi. Falsafaning bо„limlari bilan xamoxanglikda maxsus dunyokarashlik aspektlardan iborat. Ontologik Borliqni strukturasida maxsus ta‟limning о„rnini aniqlaydi Gnosseologik О„qitish va bilimning bog„liqligini aniqlaydi. Aksiologik Maxsus ta‟limning qimmatli kо„rsatkichlarini aniqlashga va pedagogik prioritet о„rnatishga qaratilgan Falsafiy- antropologik Imkoniyati cheklangan odam haqida ilmiy bilimlarni muxokamalashtirish Tarixiy-falsafiy Qadim faylasuflarning maxsuss pedagogik muammolarga bо„lgan qarashlarni rekonstruksiyalash Ijtimoiy falsafiy Ijtimoiy-falsafiy kontekstda maxsus pedagogikani zamonaviy holatini tushunish Maxsus pedagogikaning xodisa va faktlarini falsafiy-metodologik asoslashda alohida bilim uslublarini qо„llash kerak. Maxsus ta‟limning asosiy muammolari shunchalar qiyinki, bita fan bilan yechim topmaydi, falsafiy tadqiqotlar asosida bu muammolarning yechilishida fanlararo bо„lgan yondashuv yotadi, bu narsa xar xil konkret fanlardan bilimlarni muxokamalashtiradi, intepretatsiya va integratsiyalashtiradi. Bunday ilmiy yondashuvlarni amalga oshirish, maxsus pedagogikaning nazariy metodologik imkoniyatlarining kengayish yо„llarini ochib beradi. Bu soxada izlanishlarning chuqurlashishiga stimul yaratadi. Anomal bolalarni о„qitish muammolari haqida turli olimlar tomonidan о„z falsafiy g„oyalari bildirilgan. L.S.Vigotskiy fikricha defektologiyaning obyekti – defekt emas, balki shu defektga ega bо„lgan boladir. Defekt nafaqat bolaning rivojlanishi qiyinlashtiradi, shuningdek ijtimoiy konpensatsiya rivojlanishiga turtki beradi. Anomal bolaning rivojlanishida Vigotskiy umumiy va alohida tomonlar birligini aniqladi. Bu narsa umumiy va maxsus maktablarning umumiy ijtimoiy maqsad va vazifalarini qurollarining har xilligini xisobga olgan holda о„rnatishga yordam beradi. L.S.Vigotskiyning bu g„oyalari maxsus pedagogikaning zamonaviy nazariyasi asosida yotadi. Xozirgi vaqtda maxsus ta‟lim sistemasi qiyin davrni boshdan kechirmoqda, bu narsa asoslarining ma‟naviy qiymatini qayta qurib chiqish bilan, maxsus о„quv muassasalarida moliyaviy ta‟minlashda uchraydigan muammolar bilan, maxsus ta‟lim yordamining ijtimoiy imkoniyatlar о„zgarishlaridan orqada qolishi bilan bog„liqdir. T.S.Kunning ilmiy rivojlanish haqidagi qarashi bо„yicha, maxsus pedagogikaning krizisini bartaraf etilishini uning paradigmasi, ya‟ni shu ilmiy sohada nazariy va amaliy muammolarni yechish andozasini о„zgartirishni tadbiq etadi. Shu yо„lda olib boriladigan ishlar va yangi paradigmani amalga oshirish maxsus ta‟limni zamonaviy sivilizatsiya talablari javob beradigan holatda yaqinlashtiradi va imkoniyati cheklangan odamlarning yashash tarzida ijtimoiy madaniy muxtojliklarni tо„laroq qondirishga yordam beradi. Maxsus pedagogikaning yangi paradigmasi quyidagi asosiy yо„nalishlardan iborat: gumanizatsiya, fundamentalizatsiya va integratsiY. Bu uylanishlarning falsafiy tadqiqotlarning masalasi – xar –xil yondashuvlarni sistemalashtirishdan iborat bо„lib, maxsus pedagogikaning rivojlanishi haqida strategiya va perspektivalari haqida tshg„ri bilim olish maqsadidir. Gumanistik yondashuvda maxsus ta‟limning maqsadi imkoniyati cheklangan odamning yashash tarzini tо„la-tо„kis va qadr-qiymatiga sazovor qilishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun shu insonni ijtimoiy muloqotga qо„yish zarur, uning о„zligini rivojlanishida qо„llash kerak. Gumanistik yondashuv asosida inson hayotining butunligi g„oyasi yotadi, shuning uchun bu yondashuvning konkret rо„yobga chiqishi – butun umr davomida ta‟lim olish konsepsiyasidir. Maxsus pedagogikaning paradigmasi almashishi jarayonida uning nazariyasining rivojlanishida uning vektori – fundamentalizatsiyasidir, umumiy nazariyaning asoslovchi holatini aniqlashda, nazariyaning qayta kо„rib chiqishidan, mustahkamlashdan ifodalanadi. Maxsus pedagogikaning asosiy muammolari endi yangicha fundamental jaranglashga ega. Falsafa uchun inson rivojlanishida norma va anomaliya о„rtasida bо„lgan chegara muammosi qiziqish uyg„otadi. Bu savol maxsus pedagogikaning asosiy savoli bо„lib, uni tushunishdan fannig predmeti aniqlanadi. Dunyoqarashlik rejasida patalogiyani tanish oddiy yechim emas. Gap shundaki, kо„pchilikning ongida shu tarzdagi fikrlar о„rnashib olgan: birinchidan, hamma odamlarning normalligi, ikkinchidan, umumiy anomalligi. Bu fikrlar norma va anomaliya aralashmasida asoslangan bо„lib, maxsus pedagogikada qо„llanilmaydi, ular maxsus pedagogik yordamni predmetsiz va ma‟nosiz qiladi. Glrma va anomaliyani diferensiyalashtirishda bu hodisalarning falsafiy kategorial tahlili tavsiya etiladi. U ularni ajratishining umumiy parametrlarini о„rgatib beradi. Patalogik rivojlanishning normal rivojlanishiga bо„lgan farqi sifatli va sof xarakterga ega. Defektologiyaning an‟anaviy nazariyasi asosiy e‟tibor dizontogenezning sifatli xususiyatlariga qaratilgan, bu narsa rivojlanishida og„ir nuqsoni bо„lgan bolalarni ijtimoiy muxtojlik sifatida ularni о„rganish va о„qitishdan iborat bо„lgan, asoslangan. Ohirgi yillar davomida yengil nuqsoni bо„lgan bolalar kо„paydi, ular о„qishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Maxsus ta‟limda extiyoji bо„lgan odamlarning safida rо„y bergan о„zgarishlar rivojlanishida sonli nuqsonlarni tadqiqot qilish dolzarb muammolardan biri bо„ldi. Shuningdek, anomaliyani diagnostikalashtirishda bolaning shaxsiy biologik, psixologik ijtimoiy rivojlanish darajalarini farqlash kerak, va uning shaxs sifatida rivojlanishini ham. Korreksiya jarayonida individual darajasining normasi va ijtimoiy madaniy hayotning normalari bog„liqliklarini xasobga olish kerak. Maxsus ta‟lim alohida ta‟limga muxtoj bо„lgan bolalarni xar xil normalarga biriktiriladi. Bu normalar jamiyatni tarixiy rivojlanishida ishlangan, lekin bu normalar rivojlanishida individuallashtiriladi. Individual hulqning konkret normasiga aylanadi. Ta‟lim sistemasini barpo etilishida integratsion jarayonlar muhim о„ringa ega. Ular har xil darajada kechadi. Maxsus ta‟limda zamonaviy bosqichda integratsiya rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarning о„zining sog„lom tengdoshlari bilan birgalikda о„qishdan iboratdir. Integratsiya umumiy holda tasavvur etganda bu narsaning qarama-qarshiligini namoyon bо„ladi: bir tarafdan ba‟zi bolalar va ota- onalarning istaklarini rо„yobga chiqaradi va ba‟zi bolalar va ularning ota – onalariga, ularning istaklariga javob bermaydi. Maxsus ta‟limda integratsiya alohida ehtiyojli bolalarni sog„lom bolalar jamoasiga qо„shish bilan cheklanib qolmaydi. Integratsion о„zgarishlar – maxsus ta‟limning mundarijasida seziladi. Rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalar uchun bо„lgan о„quv muassasalarida ularning sistemasi va uslublarida о„zgarishlar seziladi. Bu о„zgarishlar katta ahamiyatga ega, chunki fan va sivilizatsiyaning rivojlanishi umumiy jarayonlar bilan bog„liq. Maxsus pedagogikaning falsafiy muammolarini ishlab chiqish bu fanning asosiy muammolarini odamiylik nuqtai nazaridan yechishga turtki bо„ladi. Shu bilan imkoniyati cheklangan bolalarni ta‟lim jarayonida uchraydigan qiyinchiliklariga talab bо„ladi. Maxsus pedagogikaning fundamental asoslarida olib boriladigan tadqiqotlar uni rivojlanishining yangi bosqichiga о„tishiga yordam beradi. Ijtimoiy munosabatlarning zamonaviy dinamikasiga adekvat javob berishi uchun. Ibn Sino bolaning oiladagi tarbiyasiga katta о„rin ajratar ekan, ota-ona kim bо„lishidan qat‟iy nazar, ularning birinchi va eng muhim vazifasi bola tarbiyasidir, deydi. Oilada bolalarni tarbiyalashda ularning tug„ilganidan boshlab faqat yahshi qiliqlarga о„rgatish lozim. Shunda bu qiliqlar kelajakda bolaning miyasiga singib, uning tabiatiga mustahkam о„rnashadi. Ayniqsa, ota-onaning shahsiy namunasi bola kelajagini belgilab beruvchi omil ekanini misollar asosida kо„rsatib beradi. «Bolaning hulqini, -deydi olim, - mо„tadillikda saqlashga alohida e‟tibor berish kerak; bunga esa bolaning qattiq g„azablanishidan, qо„rqish, hafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi». Bola uchun yoqimli va foydali narsalarni muhayyo qilish, yoqimsiz va befoyda narsalarni esa kо„zidan yо„qotish kerak. Bunday tarbiya, deydi u, bolaning ruhan tetiklashishiga, yoshlikdan boshlab yahshi hulqli bо„lib о„sishiga zamin bо„ladi, g„azablanish kuchni tug„yonga keltiradi, qayg„u esa uni quritadi, passivlik, sustlik bolani bо„shashtirib kasallikka olib keladi. Mutafakkir chaqaloq tarbiyasi haqida ham bir qancha maslahatlar beradi. Bolaning yangi tug„ilganidan, to bir necha oylik bо„lguncha tarbijasida nimalarga e‟tibor berish kerak? Chaqaloqni havosi toza, harorati о„rta darajada uyda uhlatish kerak. Bola uhlatiladigan uy soya va qorong„iroq bо„lmog„i lozim, uyga kuchli qujosh nuri tushmasligi kerak. Bola yotganida, uning boshi boshqa a‟zolaridan yuqorida turishi kerak, bо„yin, qо„l-oyoq va umurtqa pog„onasini qiyshaytirib qо„yishdan ehtiyot bо„lish lozim. Ibn Sino bolani uzoq davom etgan uyqudan keyin, chо„miltirishni maslahat beradi. bolani yо„rgaklaganda uning a‟zolarini muloyimlik bilan silash zarur. Bu bola badanining shakli normal bо„lib о„sishiga yordam beradi. Gо„dak hayotining ilk davridanoq nafaqat aytib о„tilgan jismoniy parvarishga, balki aqliy va estetik tarbiyaga ham muhtoj bо„ladi. Bu о„rinda Ibn Sino bolaning uhlashi oldidan aytiladigan ona allasiga mana shunday vazifa yuklaydi. Halq orasida mashhur bо„lgan bir voqeaga kо„ra, bir ota-onaning Ibn Sinoga qarata о„z bolasini qaysi yoshdan boshlab tarbiyalashga kirishish lozim, degan savoliga donishmand hakimning bergan javobi mana shu talablarni ham о„z ichiga olgani shubhasizdir. Ibn Sino «Kitob tadbir al-manzil» asarining «Rohi nasihat» bо„limida inson о„z badanidagi yaraga qanday ehtijotkorlik bilan muomala qilib, yara qonini sekinlik bilan yuvsa, nasihat oluvchiga ham ana shunday muomala-munosabatda bо„lishi lozim, degan fikrni aytish bilan inson tabiatining naqadar nozik ekanini kо„rsatmoqchi bо„ladi. Ibn Sino о„z asarlarida spirtli ichimliklar va ularga ruju qо„yishlikning salbiy tomonlari, uning natijasida kelib chiqadigan voqealar haqida fikr yuritib, shunday yozadi: «Odamni tentak va mute qilmoqchi bо„lsang, unga muttasil sharob ichir». Ibn Sino fikricha: «Kо„pchilik tentak va aqli ojiz bolalar mayga tobe bо„lgan ota-onalar zurriyotidirlar». Olimning bola tarbiyasi haqidagi fikrlari o'zining chuqurligi, ilmiy asoslanganligi bilan о„z davri pedagogik qarashlarida olg„a qо„yilgan katta qadam bо„ldi. О„rta asrlarda ta‟lim tizimida amalda bо„lgan о„quv dasturidan farqli о„laroq, Ibn Sino о„z tizimini ishlab chiqadi va unga quyidagi yettita о„quv intizomini kiritadi: adab, astronomija (ilmi nujum), tibbiyot, tabiiyot, til va uning grammatikasi va fiqh. Tibbiy bilimlarning о„zlashtirilishini osonlashtirish uchun Ibn Sino «Al- Urjuza fi-t-tib» nomli asarini yozadi. Unda «Kitob al-qonun» mazmuni arab sheriy tizimi bо„lgan aruz vaznining razaz bahrida she‟riy yо„l bilan qisqacha bayon etilgan. Ibn Sinoning ta‟lim-tarbiyaga oid ta‟limotida yosh avlod tarbiyasiga qaratilgan kompleks dastur quyidagi qismlarni о„z ichiga oladi..: 1. Aqliy tarbiY. 2. Jismoniy sog„lomlashtirish. 3. estetik tarbiY. 4. Ahloqiy tarbiY. 5. Kasbga о„rgatish. Ibn Sino maktabdagi ta‟lim-tarbiyaga katta e‟tibor beradi. Bu masalaga «Kitob tadbir al-manzil» kitobida «Omuzish va parvarish madrasaye farzand» («Bolalarga madrasada ta‟lim-tarbiya berish») nomli mahsus bо„lim bag„ishlagan. Ibn Sino unda birinchi о„rinda bolalarni maktabga kamrab olish haqidagi masalaga tо„htaladi. Uning ta‟kidlashicha, maktabga hamma odamlarning bolalari olinishi shart. Hamma bolalar bir joyda jam bо„lib ta‟lim-tarbiya olishlari kerak. Ibn Sino bolalarni uy sharoitida yakka tartibda о„qitishga qarshi edi. Uning fikricha, bolalarni maktabda jamoa bо„lib о„qitishning ma‟lum foydalari borki, ular quyidagilardir: 1) agar о„quvchilar birgalikda о„qisa, ular zerikmaydi, ularning ilm о„rganishga qiziqishi kuchayadi, ularda bola tabiatiga hos о„zaro musobaqalashish hohishi kuchayadi: 2) о„zaro suhbatlarda bolalar bir-birlariga kitobdan о„qigan yoki eshitgan qiziqarli hikoyalarni ajytib beradilar.: 3) bolalar birga tо„planganda, bir-birlarini hurmat qilishni, dо„st bо„lishni о„rganadilar, ular nafaqat musobaqalashadilar, balki о„qiganlarini o'zlashtirishda bir-birlariga yordam beradilar, bolalar bu bilan g„ururlanadilar, bir- birlaridan yahshi odatlarni о„rganadilar. Ibn Sino taklif etgan о„quv dasturi g„oyat keng qamrovli bо„lib, unga kо„ra 14 yoshgacha bо„lgan bolalar Qur‟on, til va uning grammatikasini bilishi, о„rta asr she‟r tizimi bо„lgan aruz nazarijyasi asoslari va qofiya ilmini о„zlashtirgan bо„lishi, biron hunar egallashi, foydali mehnat bilan shug„ullanishi kerak. Ular о„z vaqqtlarining bir qismini jismoniy mashqlarga ajratishlari, ba‟zida esa о„zlari yoqtirgan ishlar bilan mashg„ul bо„lishlari ham kerak. Bu о„rinda Ibn Sino turli о„yinlarni nazarda tutadi. Ulug„ tabib jismoniy mashq - badantarbiyaga ham katta e‟tibor beradi. Badantarbiyadan u ikki maqsadda foydalanish lozimligini ajtib о„tadi. Birinchidan, jismonijy mashqlar organizmni chiniqtirish va shu yо„l bilan kasalliklarni oldini olish, kasalliklarga kishi organizmining qarshiligini oshirish uchun hizmat qilsa, ikkinchidan, kasallikni davolash usullaridan biridir. Ibn Sino jismoniy mashqlarga aniqq ta‟rif berar ekan, bunda u insonning anatomiya-fiziologiya hususiyatlarini hisobga oladi. Ibn Sinoning jismoniy mashqlarga oid fikrlari biz uchun goyat qiziqarli, chunki olim bu о„rinda jismoniy mashqlarga ta‟rif berib, ularning turlarini bayon etish bilan cheklanmadi, balki mashqning u yoki bu turidan qanday yо„llar bilan foydalanish kerakligini ham kо„rsatib berdi. Jismoniy mashqlarning inson hayotida tutgan о„rni haqida gapirib, ular bilan shug„ullanishdan bosh maqsad organizm uchun foyda olish ekanini alohida ta‟kidlaydi. Shuning uchun ham olim badantarbiyani turlarga bо„lar jekan, uning hamma turlari bilan barcha odamlar birdek shug„ullanaverishi mumkin emasligini uqtiradi. «Har bir odam, - deydi Ibn Sino, - о„ziga mos harakatlarni tanlashi kerak. Masalan, belanchaklarda uchish kabi engil mashq isitmadan holsizlangan kishilar uchun, harakat qilish va о„tirishga qurbi yetmaydigan kishilar uchun muvofiq». Agar odamni ohista tebratilsa, miya kasalliklari natijasida kelib chiqan parishonlik, esarlik holatlaridan halos bо„lish uchun foydalidir. Badantarbiyaga, deydi u, odamning ish jarajonida qiladigan harakatlari va mahsus badantarbiya harakatlari kiradi. Sо„ngra olim badantarbiyaning turlariga tо„htalib, ularga: tortishish, musht bilan tushirish, yoydan о„q otish, balanddagi bir narsaga irgib osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik, nayzabozlik, arqonda yurish, ikki qо„llarni silkitish, oyoq uchlarida turgan holda qо„llarni oldga va orqaga chо„zib, tez harakat qilishlarni kirgizadi. Bularning hammasi tez harakatlar jumlasidandir. Yengil badantarbiya turlariga: arg„imchoq uchish, belanchakda tik turib yoki yotib uchish, qayiq va kemalarda sayr qilish kiritiladi. О„n tо„rt yoshgacha bо„lgan bolalar uchun mо„ljallangan jismoniy mashqlar dasturiga u mashq qilish, yugurish, sakrash, koptok va arqon bilan o'ynash, ot minish, kurash tushish kabi mashqlarni kiritadi. Ibn Sinoning ta‟lim va tarbiya jarayonidagi didaktik tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) о„qitish asta-sekin osondan-murakkabga qarab borishi lozim; 2) о„quv mashqlari meyorida va bolaning kuchi yetadigan qiyinlikda va hajmda bо„lishi kerak; 3) bolani darhol kitobga chaqirish, kitob mutoalasiga majbur etish kerak emas; 4) о„qitish jamoa tarzida bо„lishi kerak, chunki bola jamoada uncha charchamaydi (kam charchaydi), unda musobaqalashish hissi kuchayib, unga kuch, sabr-qanoat qо„shiladi; 5) о„qitish bolaning moyilligi va layoqatini hisobga olgan holda olib borilishi kerak; 6) о„qitish jismoniy mashg„ulotlar bilan birgalikda olib borilishiga ahamiyat berish lozim. Ibn Sino о„zining ta‟lim-tarbiyaning asosiy muammolariga bag„ishlangan asarlarida о„qituvchining о„rniga alohida ahamiyat beradi. Uning fikricha, о„qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgо„y, bola tarbiyasi uslublarini hamda odob- ahloq qoidalarini mukammal biladigan inson bо„lmogi lozim. О„qituvchi о„z о„quvchisining ichki ruhiy olamini va tashqi jismoniy imkoniyatlarini mukammal о„rganib, uning aqliga ta‟sir eta bilmog„i shart. Abu Ali ibn Sino iborasi bilan aytganda, о„quvchiga qaratilgan har bir sо„zni о„qituvchi imo-ishoralar bilan tо„ldirib bormog„i lozim. Uning ta‟lim uslublari va usullarini tushuntirishga yо„naltirilgan fikrlari, mulohazalari Uygonish davri uchun g„oyat buyuk ahamijat kasb etgan edi. Ma‟lumki, о„qituvchi о„z о„quvchilarining mayli, intilishi, qiziqishi, faolligi, qobiliyati, iste‟dodi va layoqatini oldindan aniqlamasdan turib, ularni kasb tanlashga oqilona yо„naltira olmas edi. Ibn Sinoning mulohazasiga kо„ra, о„qituvchi bu donolikdir. Shuning uchun u butun dunyoviy bilimlardan, ma‟navijat olamidan habardor bо„lmogi kerak, bular jumlasiga hisob-kitob va yahshilik qilish kabilar kiradi. О„qituvchining mazkur sifatlarini kо„rsatar ekan, olim nimalarni nazarda tutadi? Olim bu haqda mulohaza yuritar ekan, uning fikricha, hisob-kitob avvalo biron moddiy narsani harid qilishda qо„llanadi, albatta: hisob-kitob bо„yicha nimadir olinadi. Ammo olingan narsa hamma vaqt ham kо„zga kо„rinavermaydi, chunki bu yahshi nom, hursandlik, ezgu niyat, oliyjanoblik, bilim kabi ma‟naviy qiymatlar ham bо„lishi mumkin. Ibn Sinoning estetik qarashlariga muvofiq, hisob-kitob deganda, masalan, о„rtoqlar о„rtasidagi biron narsa almashinuvi bilan birga fikr almashinuvi ham nazarda tutiladi. Maqtash, rag„batlantirish almashinuv predmetiga kirmaydi. YA‟ni о„qituvchi о„z shogirdini maqtasa, buning evaziga undan hech nima tama qilmaydi, demak bu о„rinda о„zaro hisob-kitobga о„rin yо„q: ustoz о„z shogirdlariga bilimlari va qalb qо„rini beg„araz taqdim etadi. Ma‟lumki, feodal jamiyatida о„qituvchilik lavozimini amaliy va nazariy jihatdan yetarli tayyorgarligi, ta‟lim-tarbiya qoidalari bilan yahshi tanish bо„lmagan, magistrlarning fikrini rivojlantirishga emas, balki quruq yodlashga kо„proq e‟tibor bergan, majhud feodal tuzumga kо„r-kо„rona sadoqat bilan qaragan shahslar ham egallar edi. Ibn Sino о„qituvchilarni tanlashga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, 6-7 yoshdanoq bolaning ta‟lim va tarbiyasi о„qituvchi qо„liga topshirilar ekan, u imon- e‟tiqodli bо„lishi bilan birga, bilimdon, dono, haqiqatgо„y, о„zining shahsiy hislatlari bilan ham о„z о„quvchilariga о„rnak bо„lishi kerak. Ibn Sino fikricha, о„qituvchi yosh avlodga ta‟lim berish, uni jismonan va ruhan sog„lom etib tarbiyalashni maqsad qilib olar ekan, о„z faoliyatida quyidagi natijalarga erishmoqni maqsad qilib olishi va ta‟lim-tarbiya jarayonida qо„llanadigan usullarni shu maqsadga qaratishi lozim. О„qituvchi-murabbiylar: 1) bolaga murojaat qilganda, о„zlarini doimo osoyishta tutishlari lozim; 2) о„zlari bergan bilimlarni о„quvchilar butun hayoti davomida ishlata bilishlariga alohida e‟tibor berishlari kerak; 3) о„qitish jarajonida turli uslub va shakllardan foydalanishlari kerak; 4) bolaning nafaqat hotirasi ustida, balki aqliy va ma‟naviy qobiliyatlarini namoyon etishlariga va rivojlantirishlariga yordam berishi, ya‟ni har bir alohida bolaning о„ziga hos hususiyatlarini hisobga olishi kerak; 5) magistrlarning bilim egallashida onglilikka rioa qilishi, о„qish jarayonida takrorlash usulini keng qо„llashi lozim; jazolash zarurati tug„ilganda, ma‟naviy jazo usullarini qо„llash joiz; 6) о„z fikrini magistrlarga yetkazishda, avvalo о„zi darsda о„qitilayotgan masalaning mohiyatini yahshi anglab olishi, uni aniq, qisqa qilib, ortiqcha sо„zlarni ishlatmagan holda tushuntira bilishi lozim; 7) о„qituvchining har bir sо„zi va iborasi tegishli sо„z ifodasi va qо„l harakatlari bilan qо„shib olib borilishi, magistrlarda emosional his-tuyg„ularni uyg„ota olishi kerak. Shunday qilib, о„zining kо„p qirrali ijodi bilan fanning turli sohalarini qamrab ololganligi Abu Ali ibn Sinoga tabiatni har tomonlama tushunish, inson va uning ruhiyatiga chuqurroq kirib borish imkoniyatini berdi. Abu Ali ibn Sino elementar fanlardan tortib, inson ruhida yuz beradigan murakkab jarajonlarni ham kuzatdi. Uning dunyoqarashi mehnatkash ommaning sermashaqqat turmushini kuzatish ta‟sirida shakllandi. Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari kо„proq yozma pandnomalarda; Kaykovusning «Qobusnoma», «Saodatnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» va «Tо„ti shohnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga doir masalalar yechimi ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan. Mutafakkir va ma‟riaftparvarlarning ijodiy faoliyatida oila muammosi asosiy о„rin egallagan. Buning sababi bо„lajak oila pedagogikasi fanini mazmundorligini ta‟minlovchi badiiy adabiyot, san‟at asarlari, milliy meros va umumiy insoniy qadriyatlardir. Oila tarbiyasidagi bolalar hayotini halqimiz an‟analariga munosib yо„lga qо„yish, ularni vaqtdan tо„g„ri va unumli foydalanishlarining tо„g„ri tashkil qilish, namunali tarbiyaning asosiy garovi ekanligini ota-onalar о„z farzandlariga uqtirishlari lozim. Oila tarbiyasi masalalariga bag„ishlab buyuk mutafakkir bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota- onaning vazifasi, burchiga va oila munosabatlariga tо„htalar ekan, ayniqsa, ota- onalar о„zlarining mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga о„rgatish zarurligi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbijaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng о„rin berilgan. Ota oilada о„z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, sо„z madaniyatida, о„zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida tо„g„rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bо„lmog„i kerak. Oilada farzand tarbijasini tо„g„ri yо„lga qо„yishning asosiy vositasi uning ma‟naviy olamida e‟tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim. Jusuf Hos Hojib «Qutadg„u bilig» asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e‟tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiyalash, oilaning moddiy ta‟minotini yuritishgacha bо„lgan eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bо„lgan bolaning mas‟uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota- onaning mavqei alohida ahamijatga egadir. Ular tanlagan tо„g„ri yо„l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari hulq atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni ogohlantiradi. Mirzo Ulug„bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga bо„lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim о„rin egallaydi. Shunday ekan, avvalambor bola tarbiyasida oila muhitini tо„g„ri tashkil qilish darkor. Qayqovus «Qobusnoma» pandnomasida “о„z farzanding sening haqingda qanday bо„lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bо„lgil, nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali darahtga о„hshaydir” deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e‟zozlashga, mehr-oqibatli bо„lishga da‟vat etadi. Ota- ona о„z farzandi uchun hatto о„limga ham tayyorligini ta‟kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bо„lsa, ota-ona mehr-muhabbatini qozonishdan bosh tortmaydi. Muhammad Sodiq Qoshg„ariy «Odob as-solihiyn» asarida uylanadigan yigit nikohdan oldin uylanmoqchi bо„lgan qizini kо„rmog„i, uylanadigan qizining bokira bо„lmog„i hamda tо„rt narsa- umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va tо„rt narsada, husnda va jamolda, hulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bо„lishi zarurligini, ta‟kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-hotin munosabatlari о„zaro hurmatu ehtiromda bо„lishi uchun katta ahamiyatga ega. Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bо„lgan hulq-odob qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, о„z qilmishi uchun mas‟uliyatni sezish, shirinsuhan bо„lish, yahshilik, ezgulik kabi ahloq qoidalarini egalllashiga yordam berishi lozim». Rudakiy oilada bola tarbijasi, yosh avlod kamolotida ota-onaning burchi haqida ham muhim fikrlarni ilgari suradi. Chunonchi ruboiylarida zamonasidagi aksariyat odamlar, hatto ma‟rifatli zotlar ham farzandlarining tarbiyasiga e‟tiborsizlik bilan qarab, ba‟zi donishmand kishilarning bolalari johil bо„lib qolayotganligidan afsuslanadi. Buning uchun oila muhitida ota-onalar bilan bolalar о„rtasida о„zaro hurmat bо„lgandagina tarbiyada yahshi natijalarga erishishi mumkin bо„ladi. Inson tug„ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta ota- onasidir. Ma‟rifatparvar Munavvar Qorining «Oila a‟zolari» asarining bо„limlarida ota- onani hurmatlash, aka-uka qarindosh urug„ini e‟zozlash kabi g„oyalar alohida о„rin egallaydi. Magistrlar bilimini mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar. 1 Falsafa faning ilmiy moxiyati deganda nimani tushunasiz? 2. Milliy g„oya va milliy mafkura maxsus pedagogikada о„rni. Z. Sharq mutafakkirlarining qarashlari xaqida fikrlaringizni bildiring. 4. Bolaning tarbiyasida asosiy roldagi insonlar kim? 5. Abu Ali Ibn Sinoning bolaning tarbiyasiga qarashlari va yondashuvlari? 6. Yusuf Xos Hojibning asarlaridagi tarbiyaning ahamiyati nimada? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling