Mavzu: Mutaxassislik fanlaridan mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi rejasi


Download 109.14 Kb.
bet1/6
Sana08.11.2023
Hajmi109.14 Kb.
#1757042
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Mavzu




Mavzu: Mutaxassislik fanlaridan mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi
rejasi:

  1. Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari

  2. Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

3. Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi.


Adabiyotlar:



  1. Muslimov N.A., Sharipov Sh.S., Qo‘ysinov O.A. Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash. Darslik. T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. 2014. 455 b.

2.Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya. –Toshkent: Fan, 2004.-127 b.
3.Nishonaliev.U.N, Tolipov.O‘.Q, Sharipov.Sh.S Kasbiy ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: TDPU, 2007. 374 b.
4. To‘raqulov X.A., Hasanboev J.J., Usmanov N.O‘., Alqarov I.Sh., To‘raqulov O.X. Ilmiy tadqiqot asoslari. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2011. (14-21 betlar).
Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari

Respublikamizda jadal rivojlanib borayotgan ta’lim tizimi, ilm-fan va texnologiyalar mutloqa boshqacha mutaxassisni tayyorlashni davlat va jamiyat oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda. Bu esa dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh, intellektual salohiyati va professionallik darajasi yuqori mutaxassis kadrni tayyorlashni, va bu mutaxassis kasbiy mahoratidan tashqari xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishini talab qiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevraldagi F-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni1 asosida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda “ ... ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Mazkur masalani amaldagi vazifalarini belgilashda oliy ta’limni rivojlantirishga oid O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli Qarori qabul qilindi. Qarorda 2017-2021 yillarda oliy ta’limni kompleks rivojlantirish dasturini joriy etish bo‘yicha 9 ta banddan iborat chora-tadbirlar belgilab berilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning mazkur qarori chiqarilishidan asosiy maqsad oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qaytako‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash bo‘lib eng muhim vazifalardan biri har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish deb ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli qarori 2020 yil 2 martdagi 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid PF-5953-son farmonlarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etilsin, -deb belgilab berilgan.
Shuningdek Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yilda Oliy majlisga murojaatnomasida quyidagilarga alohida urg‘u berildi, joriy yilda pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanligi. Texnologiya ta’limi yo‘nalishi xam shular qatorida 3 yillik bakalavriat kredit-modul tizimi asosida tashkil etildi. Yuqorida keltirilganlar tadqiqotimiz muammosini dolzarbligini belgilab beradi.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni amaldagi ijrosini ta’minlash uchun amaldagi 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablarga javob bera olmay qoldi natijada ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda.
2020 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni qabul qilindi. Mazkur “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 75 ta moddadan iborat bo‘lib unda asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi, unda belgilangan masofaviy ta’lim haqidagi qoidalar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi. Qonunda dual ta’limga oid qoidalar belgilanib, u ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etadi. Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonundan tubdan farq qiladi.(2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuning to‘liq matni 1-ilovada keltirilgan)
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’lum qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Hususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda quyidagi asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan:

Download 109.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling