Mavzu: Mutaxassislik fanlaridan mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi rejasi


-rasm. «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi


Download 109.14 Kb.
bet6/6
Sana08.11.2023
Hajmi109.14 Kb.
#1757042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Mavzu

1.1.-rasm. «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi


«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani psixologiya bilan uzviy bog‘langan. Bilish jarayoni va aqliy rivojlanish psixologiyasi o‘quv ustaxonalarida turli buyumlarni texnikaviy loyihalash va modellash jarayonida o‘quvchilarda texnik fikrlash hamda konstruktorlik qobiliyatini shakllantirish uchun asos hisoblanadi. Psixologiya o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirishi, mehnat malakalari va ko‘nikmalarini hosil qilishi, ularda mustaqillik va mehnatga ijodiy yondashish hissini rivojlantirish qonuniyatlarini ochib beradi. Bu o‘quv ustaxonalarida o‘quv-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda katta ahamiyatga egadir.
«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani bilan ham uzviy bog‘liqdir. Mazkur ikki fan insonning biologik mohiyatini tushunishda baza bo‘lib xizmat qiladi. SHu sababli, mutaxassislik fanlari bo‘yicha darslarda o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish uchun o‘qituvchi o‘quvchi organizmi o‘sishi va rivojlanishining biologik qonuniyatlarini bilishi kerak. bu insonning ruhiy shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini ochib beradigan yosh fiziologiyasi va odamning oliy nerv faoliyati fiziologiyasi kursida o‘rganiladi.
«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani o‘quv mehnati gigienasi bilan ham bog‘liq bo‘lib, u o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘qitish hamda tarbiyalashning sanitariya-gigiena sharoitlarini o‘rganadi. Har bir gigiena sharoiti yaratish (yorug‘lik, ozodalik, ventilyasiya), o‘quvchilarning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etishga, zarur asboblardan, mehnat usullaridan foydalana bilishga o‘rgatish – mutaxassislik fan o‘qituvchisi amalga oshirishi va hayotga tatbiq etishi lozim bo‘lgan asosiy masalalardir.


Mustahkamlash uchun mavzuga oid savollar



  1. Respublikamizda ta’limga oid qanday islohatlar amalga oshirildi?

  2. O‘zbekiston respublikasida oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi qachon qabul qilindi va maqsadi nimada?

  3. Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilindi va necha moddadan iborat?

  4. Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari nimalar?

  5. Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tarmoqlari?

  6. Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.




1 О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

Download 109.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling