Mavzu: Mutaxassislik fanlaridan mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi rejasi
Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 109.14 Kb.
|
1- Mavzu
Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Mutaxassislik fanlari mazmuni muayyan yunalish yoki ixtisoslikning tavsifiga mos tushishi, ya’ni ta’lim oluvchining egallaydigan kasbi bo‘yicha bajariladigan faoliyat usullarini o‘zida kamrab olishi kerak. Ta’lim oluvchilarda kasbiy - politexnik va kasbiy - texnikaviy tushunchalarni shakllantirish uchun mutaxassislik fanining mazmunini belgilashda politexnik tamoyilga rioya qilish lozim. Kasbiy politexnik tushunchalarga quyidagilar kiradi: ma’lum bir ishlab chikarish sohasi bo‘yicha jixozlar va uskunalar tuzilishlari, ishlashi va ularni loyixalash asoslari, ishlab chikarish texnologiyalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, kasbiy faoliyatni tashkil etishning ilmiy asoslari, soha bo‘yicha mehnat faoliyatining iqtisodiy omillari va x.k. Agar ta’lim oluvchi mutaxassislik fani bo‘yicha ko‘p turdagi mashina va jixozlar turlari, ularni xisoblash, loyihalash, ta’mirlash asoslari yoki texnologik jarayonlarni o‘rganishlari kerak bo‘lsa, u holda o‘quv materialida soxa bo‘yicha namunaviy mashinalar va jixozlarning tuzilishlari, ishlash tartibi yoki mavjud texnologik jarayonlar bajarilishining prinsipial sxemalari berilishi kerakki, ta’lim oluvchilar shular asosida zamonaviy mashinalar konstruksiyalarini va texnologik jarayonlarning xususiyatlarini bilishi kerak. Kasbiy-texnikaviy tushunchalarga esa aniq bir ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha texnikalar yoki texnologik jarayonlar, muayyan yo‘nalish bo‘yicha bo‘lajak mutaxassisning mexnat faoliyati, xamda kasbiy ko‘nikma va malakalar asosini tashkil etuvchi bilimlar kiradi. Mutaxassislik fanlari mazmun va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruxlarga ajratiladi: O‘quv materialida texnikaga bog‘lik masalalar yoritilgan mutaxassislik fanlari. Bularga maxsulot ishlab chiqarish va mehnat jarayonida ishlatiladigan mashinalar va uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, ta’mirlanishi xamda ishlatish qoidalari, ularning konstruksiyalarini takomillashtirish, xisoblash, loyixalash, avtomatlashtirish; mehnat vositalari, moslamalar, asboblar va ular qismlarining tuzilishi; mexnat ob’ektlari xisoblangan mashina va uskunalarni o‘rnatish, yig‘ish, ta’mirlash, sozlash metodlari va usullari; mexanizm va detallarni qayta tiklash xamda ta’mirlashning zamonaviy usullari, avtomatik tizimlar va eksperimental kurilmalar tuzilishlari va ishlash tartiblari yoritilgan o‘quv materiallari kiradi. O‘quv materiallarida max,sulot ishlab chikarish texnologiyasiga bog‘lik masalalar yoritilgan mutaxassislik fanlari. Bularga alohida mutaxassislikning butunligini tavsiflaydigan texnologik va mehnat jarayonlari, texnologik jarayonlarni loyihalash va kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash, yangi texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish va boshqarish tavsiflari; ilmiy tadqiqot ishlari va tajribalar olib borish, xavfsizlik qoidalari, ishlab chikarish sanitariyasi va gigienasi xamda mehnat konunchiligi asoslari kiradi. O‘quv materialida xom ashyo materiallariga bog‘lik masalalarni yorituvchi mutaxassislik fanlari. Bularga ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan turli materiallar va xom ashyolarning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari, mexanik - texnologik xossalari eksperimental aniqlash va tayyorlanish texnologiyasini yorituvchi o‘quv materiallari kiradi. Shuningdek xom ashyo materiallariga ishlov berishdagi jarayonlar, xisoblashlar va eksperimental izlanishlarni yo‘naltirgan o‘quv materiallarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chikarishni tashkil etish, boshqarish va iqtisodiyoti to‘g‘risida o‘quv materiallarini o‘zida qamrab olgan mutaxassislik fanlari. Ushbu guruxga barcha mutaxassislik bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashda o‘rganiladigan (ishlab chikarish, mehnatni tashkil etish va iktisodiyot asoslari) o‘quv materiallari, xo‘jalik va ishlab chiqarishni tashkil etish, yuritish, boshkarish, axborot texnologiyalari, ilg‘or uslublarni qo‘llash va boshqalarni kiritish mumkin. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish o‘zining ko‘pgina belgilari, ya’ni mazmuni, maqsad va vazifalari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, o‘tkazilish joyi, jixozlanishi, shakllari, tuzilishi, ajratiladigan vaqti bilan xam umumta’lim va umumkasbiy fanlardan keskin farq qiladi. Mutaxassislik fanlarini o‘rganishda chizmalar, jadvallar, xisoblashlar va o‘lchashlarni o‘tkazish kabi aloxida ko‘nikmalarni shakllantiruvchi laboratoriya - amaliy mashg‘ulotlarni, texnika va texnologiyani bevosita yoki bilvosita tasavvur etishga yordamlashadigan ishlab chikarish mashg‘ulotlarini xam tashkil etishga to‘g‘ri keladi. Keyingi xol esa, ta’lim oluvchilardan maxsus yo‘naltirilgan ixtisosligi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarning ma’lum darajada shakllanganligini talab etadi. Shuning uchun mutaxassislik fanlari o‘quv - uslubiy ta’minotini ishlab chiqish, o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘qitishning ta’limning samarali usullarini tanlashda, ta’lim mazmunini belgilashda o‘ziga xos yondashuvni talab etadi. «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani talabalarning pedagogika, psixologiya, umumkasbiy fanlardan olgan bilim va ko‘nikmalarini amalga tadbiq etish, umumkasbiy va maxsus fanlari bo‘yicha dars berishning shart-sharoitlari, tashkiliy shakllari hamda metodlari, shuningdek, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan tanishtiruvchi, ularni tayyorlashni o‘rgatuvchi fan bo‘lib hisoblanadi. U o‘z oldiga har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – kasbiy ta’lim o‘qituvchisini tayyorlash bilan bog‘liq aniq maqsadni qo‘yadi. \
Download 109.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling