2- mavzu: egri chiziqli harakat reja
Davr, chistota va aylanishlar soni
Download 186.08 Kb.
|
egri chiziqli harakat
Davr, chistota va aylanishlar soni
Aylana bo‘ylab tekis harakat bir-biriga bog‘liq bo‘lgan T-davr va f chastota bilan harakterlanadi. Nuqtaning aylanish o‘qi atrofida aylanani bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqtni aylanish davri deyiladi. Nuqtaning aylanish o‘qi atrofida bir sekunddagi aylanishlar soni chastota deb ataladi. Davr va chastota o‘zaro teskari kattaliklardir. Haqiqatdan ham, masalan, nuqta sekundiga besh marta aylansa, chastota 5ga, davr esa 1/5 ga teng bo‘ladi. O‘zaro teskari kattaliklarning ko‘paytmasi 1ga teng bo‘lgani uchun davr bilan chastotani o‘zaro bog‘lanishini ifodalaydigan formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. T·f=1 (2) yoki (3) Davr birligi sekund, chastota birligi esa 1/S=Gs ekanligi kelib chiqadi. Aylanma harakatlarga doir hisoblashlarda nuqtaning yoki jismning t vaqt oralig‘idagi aylanishlar soni n ishlatiladi.. U holda chastota f=n/t (4). Birliklar sistemasida n o‘lchamsiz kattalikdir, lekin ba’zan unga aylana so‘zi qo‘shib yoziladi. (1) formulani boshqacha yozish mumkin. Bu formuladagi yoy uzunligi l o‘rniga to‘la aylana uzunligini qabul qilaylik, u holda t vaqt davr T ga teng bo‘ladi. Aylana uzunligi quyidagicha ifodalanadi: l=2rR (5). U holda chiziqli tezlik: (6) =2 Rf (7) ga teng bo‘ladi. 1 College physics. Raymond A. Serway, Chris Vuille, Jerry S. Faughn., Canada. Nelson Education, Ltd. 2009. p. 199. 2 Трофимова Т.И. Курс физики. Учеб. пособие для вузов. М.: Издательский центр ≪Академия≫, 2006. стр. 10-11. Download 186.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling