Gipermatn tushunchasini yaratilishi 1960 yillarning oxirida Ted Nelson


Download 42.67 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1210677
Bog'liq
Gipermatn tushunchasini yaratilishi


Gipermatn tushunchasini yaratilishi
1960 yillarning oxirida Ted Nelson ismli olim gipermatn tushunchasini yaratdi. Bu kontseptsiya butun olam to`rining asosini tashkil etadi. Unda xujjatlar va sahifalar orasida bog`lanishlar ko`zda tutilganligini alohida ta'kidlab o`tish kerak.
Nelson axborotni o`rganishning yangi usulini taklif qildi. U o`quvchiga ma'lumotlarni kitobdagi kabi ketma-ket joylashgan tarzda emas, balki o`quvchiga qulay bo`lgan va zarurat tug`ilganda turli joylarda joylashgan sahifalarga ham o`ta olish imkoniyatiga ega bo`lgan tarzda tasvirlashni hoxlagan edi. Bu usulda kitobni boshidan oxirigacha o`qish va axborotni ketma-ket o`zlashtirish o`rniga o`quvchi o`zi tushunmagan biror so`zni ajratib olishi va bu so`z haqida ko`proq ma'lumotga ega bo`lishi mumkin.
Nelson o`zi taklif etgan usulni quyidagicha tasavvur qilgan edi. Masalan, konstitutsiyani o`qib turib saylov tizimi tushunchasiga duch keldingiz, shu erdan boshqa xujjatni ochib, saylov tizimi qanday ishlashi haqidagi batafsil ma'lumotlarni olasiz.
U erdan saylov tizimining tashkil etilgan paytidan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi aks etgan xujjatga o`tasiz. Bu xujjatdan sobiq prezidentlardan birining tarjimai holiga o`tdingiz. U erda prezidentning sevimli mushugi haqida o`qib turib, hayotingizdagi birinchi mushukni qanday boqishga bag`ishlangan xujjatga, bu xujjatning paypoqlar va mushuklar to`g`risida gap borgan qismidan paypoqlarga bag`ishlanganboshqa xujjatga va xokazolarga o`tishingiz mumkin. Nihoyat, o`qishni tugatganingizda saylov tizimiga umuman aloqasi yo`q, lekin siz qiziq va foydali, deb hisoblagan ma'lumotda to`xtaysiz.
Bu esa hozirgi kunda internetda foydalaniladigan gipermatnning o`zginasidir. Tim Berners-Li olimlar tarmoq orqali o`z ilmiy ishlarini tarqatishlarining oson usulini yaratish haqida o`ylaganda ham, balki shu narsalar uning hayolidan o`tgandir. Uning maqsadi, olimlarning izlanishlari haqidagi xujjatlarning biridan ikkinchisiga o`tish va ularning ishlari haqida to`liq ma'lumotga ega bo`lish imkonini beradigan tizimni yaratish edi. Shu tariqa gipermatn dunyoga keldi.

Odatda, gipermatn tarkibiga gipermurojaatlar kiradi. Ular matnda ajratilgan so`z, tugmacha yoki rasm ko`rinishida bo`ladilar. Ular ustiga sichqoncha kursorini olib kelib va chertib, siz bu ob'ektlar haqida qo`shimcha ma'lumotlarga ega bo`lasiz. Bu qo`shimcha ma'lumotlar to`rning ixtiyoriy joyida: shu xujjatning ichida, xujjat joylashgan serverning boshqa erida yoki er sharining boshqa burchagidagi serverda bo`lishi mumkin.
1. Gipermurojaatlardan foydalanish olisdagi veb serverdan birinchi veb sahifani chaqirishdan boshlanadi. Sahifaning bir joyidan ikkinchisiga o`tish uchun ham gipermurojaatlardan foydalaniladi.
2. Gipermurojaatlar ikki xil bo`ladi: nisbiy va mutloq. Nisbiy gipermurojaatlar bita serverda joylashgan sahifalarni chaqirish uchun ishlatiladi. Masalan, veb saytning bosh sahifasidan uning boshqa sahifalariga o`tish nisbiy gipermurojaatlar yordamida bajariladi. Nisbiy gipermurojaatlarda sahifalarning bir-birlariga nisbatan joylashuvidan foydalaniladi. Bu esa veb sahifalarning bir vaqtda boshqa joyga ko`chirishga to`g`ri kelganda juda qo`l keladi. Masalan, veb sayt bir serverdan ikkinchisiga ko`chirilganda faqat uning bosh sahifasiga murojaat o`zgaradi. Boshqa sahifalarni bosh sahifaga nisbatan joylashishi o`zgarmaydi va bu sahifalarni chaqirish uchun ishlatiladigan nisbiy gipermurojaatlarni o`zgartirmasa ham bo`ladi.
3. Turli veb serverlar orasidagi bog`lanishlarda mutloq gipermurojaatlardan foydalaniladi. Bunday bog`lanishlar veb sayt yaratilayotgan paytda nazorat qilinmaydi va ular tayyor veb saytlar orasida ishlatiladi.
Mutloq gipermurojaatlarda “o`lik” bog`lanishlar, yani ishlamaydigan bog`lanishlar paydo bo`lishi mumkin. Masalan, sizning saytingizdan murojaat qiladigan boshqa sayt sizga ma'lum qilinmasdan boshqa joyga ko`chirilishi mumkin va bu “o`lik” bog`lanish paydo bo`lishiga olib keladi.
Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling