2- mavzu: hasharotlarning umumiy tuzilishi va tashqi morfologiyasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1165747
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hasharotlarning umumiy tuzilishi, tashqi morfologiyasi (2)



2- Mavzu: HASHAROTLARNING UMUMIY TUZILISHI VA TASHQI 
MORFOLOGIYASI 
Hasharotlar Yer sharining hamma joyida har xil ekologik sharoitlarda yashashga 
moslashgan. Ularning mana shunday keng tarqalishiga gavda qoplami, qanoti, muskullari va 
boshqa morfologik tuzilishlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Gavda bo‘limlari. Hasharotlarning gavdasi 3 qismga bo‘linadi.
Bosh qism-5-6 ta segmentdan iborat.
Ko‘krak-3 ta segmentdan iborat.
Qorin qism-11 ta, ba’zan 9-10 ta, primitivlarida esa 12 tagacha segmentdan iborat.
Shunday qilib, hasharotlarning segmentlari asosan 19 ta bo‘ladi. Lekin bunga boshning 1-
bo‘limi - akron va oxirgi segment - telson kirmaydi. Ammo evolyutsiya jarayonida bir-biriga 
o‘xshash bo‘g‘imlar va bir xil vazifani bajaradigan bo‘g‘imlar qo‘shilib ketgan. Jumladan, 1-
akron, 2-bosh bo‘g‘imlari qo‘shilib bitta bo‘g‘imga aylangan; 3-ko‘krak bo‘g‘imlari qo‘shilib bitta 
bo‘g‘imga aylangan; 4-qorin bo‘g‘imlari bir-biridan alohida bo‘ladi (11 ta). Shuning uchun ham 
hasharotlarning bo‘g‘imlari 14 ta dan oshmaydi.
Bosh qism va uning tuzilishi. Hasharotlarning og‘iz oldi bo‘g‘imi-akron va yana 4 ta 
segmentdan iborat bo‘lgan bosh qismi gavdadan alohida ajralib turadi. Boshda: og‘iz organi, bir 
juft mo‘ylov, bir juft murakkab ko‘z (fasetkali), bitta oddiy ko‘zi joylashgan bo‘ladi.
Hasharotlarning bosh qismini tashkil etuvchi bo‘g‘imlar bir-biriga qo‘shilib ketgan bo‘lib, 
ba’zilarida ularni choklari tashqi tomondan bilinib turadi. Lekin harakatsiz tutashib ketgan. 
Boshda: peshona, chakka, ensa gardoni, kanshar, yuqori lab, lunj tafavut qilinadi.
1. 
Mo‘ylovlarining tuzilishi va tiplari. Hasharotlarning bosh qismida bo‘g‘imlarga 
bo‘lingan bir juft mo‘ylovi yoki antennasi bo‘ladi. Faqat mo‘ylovsizlar turkumi vakillarida 
mo‘ylov bo‘lmaydi. Mo‘ylov ko‘zlarini orasidagi chuqurchada joylashgan bo‘lib, sezgi va hid 
bilish vazifasini bajaradi.
2. 
Mo‘ylovning asosi, dastasi va uchinchi bo‘g‘imdan boshlangan xivchin qismlari 
bo‘ladi.
3. 
Hasharotlarning mo‘ylovi turli ko‘rinishda bo‘lib, ularni aniqlashda muhim 
sistematik belgi hisoblanadi. Mo‘ylov erkak va urg‘ochilarda ham farq qiladi hamda jinsiy 
dimorfizmni ifodalaydi. Ularning mo‘ylovlari tuzilishi va ko‘rinishiga ko‘ra quyidagi tiplarga
bo‘linadi:
4. 
Ipsimon mo‘ylov - bunday mo‘ylovlar tubidan uchigacha bir xil yo‘g‘onlikda bo‘ladi.
5. 
Qilsimon mo‘ylov - tubidan uchigacha borgan sari qilga yoki tukka o‘xshash 
ingichkalashib boradi.
6. 
Marjonsimon mo‘ylov - kalta, yo‘g‘on, ikki uchi ingichkalashgan bo‘g‘imlardan 
iborat. Bo‘g‘imning shakli marjon shakliga o‘xshaydi.
7. 
Arrasimon mo‘ylov - bunday mo‘ylovni hosil qiluvchi bo‘g‘imlarning bir tomoni 
arra tishiga o‘xshash kertik bo‘ladi.
8. 
Taroqsimon mo‘ylov - mo‘ylov bo‘g‘imlarining bir tomoni taroqning tishiga 
o‘xshaydi.
9. 
To‘g‘nagichsimon mo‘ylov - uchidagi mo‘ylov bo‘g‘imlari yo‘g‘onlashgan bo‘ladi.
10. 
Duksimon mo‘ylov - o‘rta bo‘g‘imlari tubidagi va uchidagi bo‘g‘imlariga nisbatan 
yo‘g‘on bo‘ladi.
11. 
Yaproqsimon mo‘ylov - uchidagi bo‘g‘imlari yaproqqa o‘xshaydi.
12. 
Patsimon mo‘ylov - bo‘g‘imlaridagi tuklar qushlarning patiga o‘xshab joylashgan.
13. 
Noto‘g‘ri shakldagi mo‘ylov - bo‘g‘imlarining shakli, joylashishi, katta-kichikligi 
har xil bo‘ladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling