2- mavzu: hasharotlarning umumiy tuzilishi va tashqi morfologiyasi


Hasharotlar oyoqlarining tuzilishi va tiplari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1165747
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hasharotlarning umumiy tuzilishi, tashqi morfologiyasi (2)

Hasharotlar oyoqlarining tuzilishi va tiplari. Hasharotlarning oyoqlari bo‘g‘imlarga 
bo‘lingan bo‘lib, quyidagi qismlardan iborat: 1-toscha; 2-o‘ynagich; 3-son; 4-boldir; 5-panjalar va 
6-tirnoqlar.


Toscha kalta, kuchli asosiy bo‘g‘im bo‘lib, bir tomondan pleyritga va ikkinchi tomondan 
o‘ynag‘ichga harakatli bo‘g‘im hosil qilib birlashgan.
O‘ynag‘ich juda kichik bo‘g‘imdan iborat va son bilan toschaning o‘rtasida joylashgan 
bo‘lib, kam harakatchandir. Ba’zi hasharotlarda o‘ynag‘ich ikki bo‘g‘imli bo‘ladi.
Son eng katta va kuchli bo‘g‘imdir. Boldirning uzunligi songa teng, lekin ingichka bo‘ladi 
va tikanli o‘simtalar bilan qoplangan.
Panja oyoqning boldir qismini uchiga birlashgan bo‘lib, 1-5 bo‘g‘imdan iborat, 
pashshalarning oyoqlarida so‘rg‘ichlari bo‘ladi.
Panjaning boldirga birlashgan joyida tirgovuchga o‘xshash tirnoqlar bor.
Hasharotlarning oyoqlari tuzilishi va bajaradigan funutsiyasiga ko‘ra turli tiplarga bo‘linadi. 
Hasharotlar qanotlarining tuzilishi va tiplari. Hasharotlarning qanotlari ikki juft bo‘lib, 
o‘rta va orqa ko‘krak bo‘g‘imlarida joylashgan. Ba’zilarida, masalan, ikki qanotlilarda bir juft 
qanoti bo‘lib, u o‘rta bo‘g‘imda joylashgan, orqa bo‘g‘imdagisi rudiment holda bo‘ladi.
Yelpig‘ichsimon qanotlilarda esa orqa bo‘g‘imdagisi rivojlangan. O‘rta bo‘g‘imdagisi esa 
rudimentlashgan. Ba’zi hasharotlarda qanot bo‘lmaydi, masalan, tuban hasharotlarda, qanotli 
hasharotlar kenja sinfining burgalar turkumi va taxta qandalasi avlodlarida.
Har bir juft qanot ikkita yaproqchadan iborat bo‘lib, ularning o‘rtasidan kataklar hosil 
qiluvchi tomirlar o‘tadi. Bu tomirlar qanotni ko‘tarib turishda muhim vazifani bajaradi. Tomirlar: 
“qon tomirlari”, traxeya naylari, nerv tolalari hisoblanadi. Ichi g‘ovak bo‘lmagan tomirlar tayanch 
vazifasini bajaradi. Hasharotlarni aniqlashda mazkur tomirlar va qanotning o‘zi ham sistematik 
belgi hisoblanadi.
Hasharotlar qorin qismining tuzilishi. Hasharotlarning qorin qismi yoki abdomen bir qancha 
bo‘g‘imlardan, tuban hasharotlarda telson bilan birgalikda 12 ta bo‘g‘imdan, ba’zilarida 11 ta 
bo‘g‘imdan iborat. Bularda ham tergit, sternit va pleyrit qismlar bor.
8-9- qorin bo‘g‘imlarda tashqi jinsiy (genital) o‘simtalari joylashgan. Bularga erkaklarida 
qo‘shilish yoki kopulyativ organ, urg‘ochilarida esa tuxum qo‘ygich kiradi. Shuning uchun ham 
1-7- bo‘g‘imlar genital oldi, 8-9- bo‘g‘imlar jinsiy yoki genital bo‘g‘imlar, 10-11- bo‘g‘imlar 
genital keti bo‘g‘imlar deyiladi. Qorin bo‘g‘imlari ko‘pchilik hollarda harakatchan birlashgan 
bo‘ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling