2- mavzu. Insonning tabiatdan foydalanishning tarixiy bosqichlari Reja


Download 92.5 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1390599
1   2   3   4
Bog'liq
2- MAVZU. Insonning tabiatdan foydalanishning tarixiy bosqichlari (2)

3. Sanoat inqilobi davri – jamiyatning o’z moddiy va ma’naviy yehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatdan ayovsiz foydalanadigan hayot tarzi. Bu davr XVIII asrdan boshlangan bo’lib, asosiy xususiyatlari: 1784-yil bug’ mashinasining yaratilishi bilan "sanoat inqilobi”, XX asrning o’rtalarida yesa – "Yashil inqilob”, ya’ni qishloq xo’jaligida tub burilish amalga oshirildi va bu "inqilob”lar keyinchalik geotizimlarda yekologik tanglikni keltirib chiqardi; inson yeng asosiy "geologik kuch”ga aylandi; regional miqyosdagi geoyekologik muammolar tarkib topdi; tabiiy muhitga kuchli ta’sir ko’rsatildi (jadval). Jamiyatning tabiatga ta’siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o’zgara boshlandi. Buyuk geografik kashf yotlar tufayli boshqa qit’alar ham o’zlashtirila boshladi. Sanoat rivojlangani sayin jamiyatning tabiatga ta’siri ham ortib bordi. Jamiyatning yehtiyojini qondirish, turmush darajasini ko’tarish, kun sayin ortib borayotgan harbiy xarajatlarni qoplash maqsadida tabiat bag’ridan uning boyliklari ayovsiz, pala-partish «yulib olindi». Bu davr ko’pgina mamlakatlarda hozir ham davom yetmoqda.
4. Fan-texnika inqilobi davri – jamiyatning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va mavjud tabiiy muhitni saqlab qolish darajasidagi hayot tarzi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Bu davrda: yekologik bilim, ong, madaniyat shakllandi va rivojlandi; yekologik tashkilotlar tuzila boshladi; aholi soni juda tez o’sdi va inson ilm bilan "qurollandi”, ya’ni «fan-texnika inqilobi» amalga oshirildi; fazoni o’zlashtirish boshlandi; Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha yelementlardan foydalanildi va tabiatga "begona” bo’lgan sun’iy birikmalar paydo bo’ldi; tabiat qonunlari ijtimoiy qonunlarga moslashtirilmoqchi bo’lindi; geo yekologik vaziyat inqirozli hududlar va global geoyekologik muammolar vujudga keldi; tabiat komponentlarining barchasiga kuchli ta’sir yetildi. Shu bilan birga, bu davrda suv, tuproq, o’simlik va hayvonlar muhofazasiga ham alohida ye’tibor qaratildi, ixtisoslashtirilgan yekologik qonunlar qabul qilindi. Ayniqsa, respublikamiz mustaqillikka yerishganidan so’ng ushbu qonunlar xalqaro andozalarga moslashtirildi va yekologik qonunchilik ta’lim tizimida o’qitila boshlandi. «Atrof-muhitni muhofaza qilish va yekologiya davlat qo’mitasi» tashkil yetildi, davlatning yekologik boshqaruv va nazorat tizimi yuzaga keldi. Demak, bu davr nisbatan yeng qisqa davom yetgan bo’lib, geotizimlarning yeng kuchli o’zgarganligi bilan ajralib turadi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan tabiiy resurslar juda katta miqyos da o’zlashtirila boshlandi. Katta-katta hududlar qishloq xo’jaligi maq sadida o’zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho’llar, shimoliy o’lkalar, tog’lar, hamda Dunyo okeani o’zlashtirildi va yekologik muvozanat buzi la boshladi. Turli shakl va miqyosdagi geoyekologik muammolar ning tarkib topishi va tabiiy ofatlarning kuchayishi jamiyat qonunlarini tabiat qonunlariga uyg’unlashtirishni taqozo yetmoqda.




Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling