2- mavzu. Insonning tabiatdan foydalanishning tarixiy bosqichlari Reja


Download 92.5 Kb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1390599
1   2   3   4
Bog'liq
2- MAVZU. Insonning tabiatdan foydalanishning tarixiy bosqichlari (2)

5. Ekologik munosabatlar davri – jamiyatning sog’lom va yekologik toza atrof-muhitni iqtisodiy o’sish bilan teng darajada qadrlanishga asoslangan hayot tarzi. Bu davrning belgilari ayrim rivojlangan davlatlarda kuzatilib, insonni biologik va ijtimoiy organizm sifatida saqlab qolish hamda uning atrof tabiiy muhitini yekologik xavfsiz holda saqlash maqsadida muhofaza qilish asosiy vazifaga olib chiqilgan, resurslarning qayta tiklanishi jamiyat hisobidan amalga oshirilmoqda, yekologik qonunchilik yanada takomillashgan, tabiatga yetkazilgan zararni qoplashda har bir geotizimning geo yekologik vaziyati hisobga olinib, tabaqalashgan holda belgilanadi, «yekologik madaniyat inqilobi» yuzaga kelmoqda. Umumiy qilib aytganda, bu bosqich jamiyat va tabiat o’zaro uyg’un rivojlanishda bo’ladigan davr hisoblanadi
Yer inson – tabiat majmuasada tabiatni boshqa unsurlari
qatorida xalq xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasi
hisoblanadi. Yer sanoatda faqat fundament, korxonalar turadigan
joy vazifasini bajaradi. Qishloq xo’jaligida esa, mehnat jarayoni va mahsulotlar yaratish bevosita yerning xususiyatlariga, uning sifat holatiga va foydalanish xarakteriga bog’liqdir.
Yerdan foydalanishning tizimi va shakllari tarixiy taraqqiyot jarayonida o’zgaradi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va shu bilan bog’liq ravishda odamlarning o’troqlashuvi yerni dastlab qabilalar, so’ngra esa, oilalar o’rtasida taqsimlanishiga olib keldi. Bu hol yerdan foydalanishning qat’iyroq shaklini yuzaga keltirdi. Quldorlik davrida yerdan asosan, quldorlarning o’zlari foydalangan. Feodalizmda yerdan foydalanishning ko’pgina shakllari paydo bo’lgan: feodal yer egaligi, krepostnoy dehqonlarning yerdan foydalanishi, ozod dehqonlarning feodalga abrok(juziya) to’laydigan yer egaligi, keyinchalik yerdan foydalanish tizimi yerning xususiy mulk bo’lishiga yoki yer ijarasi shartnomasiga asoslanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida alohida shaxslarga
shaxsiy turar joy qurish, jamoa bo’lib bog’dorchilik, sabzavotchilik
bilan shug’ullanish uchun yerdan foydalanishga ruxsat etiladi. Ular
doimiy va vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Yerdan foydalanuvchilarga
yerdan unumli foydalanish majburiyati yuklatiladi. Yerdan mehnat
qilmay daromad olish, yerni sotib olish yoki sotish, hadya qilish,
ijaraga qo’yish, o’z holicha boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Yer
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo’lib qolganda davlat
tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
O’zbekistonning umumiy yer fondi 44,8 mln. ga, shundan 27,9 mln. ga qishloq ho’jaligiga qarashli yerlar. Qishloq ho’jaligida foydalanishda bo’lgan yerlarning 10%dan ortiq qismi haydaladigan yerlardan iborat. Respublikaning yer fondi foydalanish bo’yicha xilma-xil. Mamlakat umumiy yer fondining 5-6 mln. gektari dehqonchilikda foydalaniladi. Ular sug’oriladigan va lalmi yerlardir. Qolgan hududlar asosan yaylov va qisman tog’ o’rmonlaridan iborat.
Sug’oriladigan yerlar 3,8 mln. ga dan iborat, shundan 1,4 mln. ga dengiz sathidan 400-500 m gacha bo’lgan balandlikdagi cho’l zonasida, qolgan qismi sur qo’ng’ir tuproq mintaqada, sug’oriladigan yerlar Farg’ona vodiysi, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Surxon, Sherobod vodiylarida, Amudaryoning quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Lalmikor yerlar maydoni 600 ming gektardan ziyod. Ekin ekish uchun yetarli darajada namlik to’planadigan yerlardan foydalaniladi. Lalmikor yerlar Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax viloyatlarida joylashgan.
Cho’l yaylovlari O’zbekistonda eng katta maydon - 22,8 mln. gektarni tashkil etadi, shundan 10 mln. ga. sur-qo’ng’ir tuproqli, qariyb 13 mln. ga. qumli yerlar va qumli tuproqlar, qolgan qismi o’tloq-taqir tuproqlar va taqir hamda sho’rxoklardan iborat. Cho’l-yaylov joylardagi sug’orishga yaroqli yalpi maydon qariyb 12 mln. ga. 95% dan ortiq qismini beradi. Hozirgi vaqtda yer resurslarini holati faqat iqtisodga ta’sir etmasdan, u ekologik sharoitga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
Yer resursi tabiatning asosiy boyligi bo’libgina qolmasdan, u
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy o’sishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Keyingi 35-40 yillar ichida O’zbekistonda yerdan foydalanishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Sug’oriladigan yer maydoni 1,5 barobarga kengaytirildi. Ayniqsa, 1970 - 1985 yillarda sug’oriladigan yerlar 2,8 dan 4,0 mln. gektarga yetdi yoki 43% ga ortdi. Yangi sug’oriladigan yerlar butun O’zbekiston viloyatlari bo’yicha taqsimlanadi (asosan, Qashqadaryo - Surxondaryo, Samarqand - Jizzax, Qoraqalpog’iston - Xorazm regionlariga to’g’ri keladi).
Yangi yerlarning ochilishi va o’zlashtirilishi u yerlarning sifatiga va meliorativ holatiga ta’sir ko’rsatadi. Sug’oriladigan yerlarning eng salbiy tomoni bu – sho’rlanishdir. Sho’rlanish katta mablag’ talab qilishi bilan katta suv miqdori yuvish uchun ishlatiladi. Yer sho’rini yuvish –meliorativ tadbirlardan biri; tuproqning asosiy ildiz joylashadigan qavatidagi ortiqcha tuzlarni suvda eritib, zovurlarga chiqarib yuborishdir.
Dunyo quruqlik yuzasining 11,5% ga yaqin qismiga haydaladigan
yerlar to’g’ri keladi. Kelajakda ilg’or agrotexnikani qo’llash va
texnikadan to’g’ri, keng foydalanish natijasida ekinzorlar maydoni 9,33 mlrd. ga cha yetishi mumkin. Chunki, haydab dehqonchilik
qilinadigan yerlar hali ko’p. Masalan, Janubiy Amerika materigi umumiy yer maydonining atigi 5% hozirda qishloq xo’jaligida foydalanilmoqda. Vaholanki, qishloq ho’jaligiga yaroqli yerlar materik maydonining 25%ni tashkil etadi. Avstraliyada qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar maydoni 56 mln.ga teng. Hozirgi kunda shundan 9 millioni foydalanilmoqda.
Yer shari quruqlik maydonining faqat 14% i sug’oriladigan yerlardan iborat. Ana shu sug’oriladigan yerlardan olingan daromad hozir dunyo aholisining 50% ni oziq-ovqat bilan ta’minlamoqda.
Yer shari quruqlik yuzasining 31% ga yaqin yerlari kam yaroqli va yaroqsiz yerlarga to’g’ri keladi. Ya’ni, ularning 15% - muz va tundra zonalar, 15,2%) – tog’lar, 0,7% - quruqlikdagi suvlardan tashkil topgan. Qolgan 69% i esa tuprog’i yaxshi rivojlangan o’rmon, o’rmon-dasht, chala cho’l, cho’l, savannalar, subtropik, tropik zonalar, daryo vodiylaridagi hududlarga to’g’ri keladi.
Quruqlik yuzasida yer fondining strukturasi: dunyo bo’yicha
13393 mln. gektar (100%) shundan 4041 mln. gektarni (30,1%) o’rmonlar, 2987 mln. gektar (22,3%) ni o’tloq va yaylovlar, 1457 mln. gektar (10,8%) ni haydaladigan va ekin ekiladigan yerlar, qolgan 4908 mln. gektar (36,8%) ni qumli cho’llar, muzlik va qorliklar, qishloq va shaharlar, sanoat obyektlari ishg’ol qilgan yerlar egallagan.
Hozirda Yevropaning mo’tadil iqlim zonasidagi mamlakatlarda va AQSh da qishloq ho’jaligida foydalanish mumkin bo’lgan yerlar to’la o’zlashtirilgan.
Atmosfera va uning tabiatdagi vazifasi. Atmosfera – yerning himoya qobig’idir, chunki u tirik organizmlarni turli ultra-binafsha nurlar va kosmosdan tushadigan meteoritlarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Atmosfera bo’lmaganda edi, Yer yuzasida ham Oydagi kabi hayot bo’lmas edi. Yer yuzasi kunduzi 100 gradus qiziganda, kechasi esa minus 100 gradus sovigan bo’lar edi.
Quyosh va shamol energiyasi, atmosfera havosi va yog’in-sochin iqlim resurslari bo’lib, insoniyat jamiyatida katta ahamiyatga ega. Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasining har bir kvadrat kilometr maydoniga 2500000 ot kuchiga teng energiya tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida yutilib, yer yuzasiga juda oz miqdorda yetib keladi.
Insoniyat quyosh energiyasidan o’z ehtiyoji uchun qadimdan foydalanib kelgan. Keyingi vaqtlarda kuyosh energiyasidan AQSh, Yaponiya, Fransiya kabi davlatlar yaxshigina foydalanmoqda. Turkmaniston, O’zbekiston, Gruziya, Armaniston, Moldaviya, Ukraina kabi davlatlarning bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari arzon quyosh energiyasidan xalq xo’jaligida foydalanish yo’llarini topmoqdalar.
Insoniyat qadimdan tugamaydigan resurslardan biri bo’lgan shamol energiyasidan foydalanib kelgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Daniya davlatlarida turli quvvatlarga ega bo’lgan kuchli shamol elektr stansiyalari qurilgan. O’zbekiston shamol energiyasiga boy, ammo mamlakatda, bu arzon energiya turidan kam foydalanilmoqda.
Yerdagi hayotni havosiz tassavur etish qiyin, shuning uchun ham
toza havo muammosi hozirgi kunda o’ta dolzarb bo’lib qoldi.
Atmosfera havosi har doim aralashib turgani uchun, uning kimyoviy
tarkibi sayyoramizning hamma joyida asosan bir xildir.
Havo qobig’i asosan azot (78,09%) - K2; kislorod (20,95%) - O2 dan iborat bo’lib, ular atmosfera gaz tarkibining 99% ini tashkil etadi, qolgani esa boshqa (argon (Ag) - 0,93%; karbonat angidrid (SO2) - 0,03%; neon, geliy, kripton, ksenon va boshqalar) gazlardir. Gazlarning biri ko’payib, ikkinchisining kamayib ketishi tirik mavjudot hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va halokatga olib borishi mumkin.
Atmosferadagi azot asosan Yerdagi mikroorganizmlar faoliyati natijasida yuzaga kelib, biologik jarayonlarda unchalik rol o’ynamaydi. Yerdagi tog’ jinslarida mujassamlashgan azot atmosferadagi azotga qaraganda, 50 baravar ko’pdir.
Atmosferada erkin holatda uchraydigan kislorod yashil o’simliklar mahsuloti bo’lib, tirik organizmlarning ajralmas qismi va hayot manbai hisoblanadi. Inson hayoti uchun ko’p energiya kerak: ko’p energiya olish uchun esa kislorod zarur. Inson kuniga o’rta hisobda 9 kg havo bilan nafas oladi. Inson o’rtacha umr (75 yosh) davomida 700000 kub metr havoni oladi.
Atmosferada ozon (O3) va suv bug’larining bo’lishi alohida
ahamiyatga ega. Atmosferadagi suv bulut va tumanlarda mayda tomchi
va muz kristalchalari holida uchraydi. Suv bug’lari asosan 10 km gacha bo’lgan balandliklarda uchraydi.
Atmosferaning quyi qismida uchraydigan karbonat angidrid (SO2) o’simliklarning fotosintez jarayonida faol qatnashadi. Karbonat angidrid vulkanlar otilishi, yoqilg’ilar yonishi, organik moddalarning chirishi va organizmlarning nafas olishi natijasida paydo bo’ladi. SO2 nisbatan og’ir bo’lib, chuqur yerlarda (eski quduq, shaxta va boshqa joylarda) uchraydi.
Atmosfera changlari havo qobig’ining ajralmas qismidir. Juda mayda zarrachalar organik va noorganik jarayonlar tuproq qatlamining yemirilishi (nurashi), vulkan hodisalari, o’rmon, dasht va torf yong’inlari, dengiz suvining bug’lanishi oqibatida paydo bo’lgandir. Atmosferada juda ko’p miqdorda kosmik changlar bo’lib, yer yuzasiga yiliga 2-5 mln. tonna kosmik chang tushadi.
Atmosferadagi turli chang yadrolari Yer landshaft kobig’ini o’zgartirishda katta ahamiyatga egadir. Chunki gaz holidagi suv bug’lari yadro atrofiga yig’ilib, suv tomchilarini hosil etadi. Changlar quyosh radiasiyasini yutish qobiliyatiga ega va yer yuzasini nurlanishdan saqlaydi.
Atmosferadagi changlar yer yuzasining relyef xususiyati, tuzilishi va balandligiga qarab turli miqdorda uchraydi. Masalan, shahar ustidagi 1 kub sm. hajmdagi havoda 100000 dona chang zarrasi bo’lsa, okean ustidagi 1 kub sm. hajmdagi havoda 100 dona chang zarrasi bo’ladi. Insonning xo’jalik faoliyati atmosfera tarkibini o’zgartirib yubormoqda: atmosferaniig quyi qismiga ko’plab qo’shilayotgan karbonat angidrid, is gazi, turli zaharli gazlar, radioaktiv moddalar va chang zarrachalari havo qobig’i tarkibini o’zgartirishga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Atmosferaning ifloslanishi Yerning havo, qobig’iga ta’sir etibgina qolmasdan, balki inson hayoti va tevarak-atrofdagi muhitni xavf ostiga qo’yadi. Atmosfera havosidagi har xil gazlar, suv bug’lari, qattiq va suyuq zarrachalar, radioaktiv changlar havo sifatini buzadi, tabiiy muhitga turli salbiy oqibatlar olib keladi.
Ilgarilari havo sanoat obyektlari ustidagina ifloslangan bo’lsa, hozir sanoat, transport, energetika va boshqalardan chiqqan chiqindi katta-katta rayonlar, bir necha minglab kilometr masofalardagi hududlar havosining ifloslanishiga sababchi bo’lmoqda.
Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra, yer yuzida bir yilda havoga chiqarilgan oltingugurt gazi, is gazi (SO), kul va karbonat angidridning miqdori taxminan 1000 mln. tonnaga yetmoqda.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, insoniyat paydo bo’lgandan to shu vaqtgacha 90-110 mlrd. tonna turli yoqilg’i yoqilgan, shuning yarmi keyingi 25 yilga to’g’ri keladi. Faqatgina ko’mirning o’zi yiliga 5 mlrd. tonna yoqiladi. Albatta, yoqilg’ini yoqish uchun kislorod kerak. Hozirgi kunda yoqilg’ilarni yoqishga yiliga 20-25 mlrd tonna kislorod sarflanmoqda. Yiliga metall oksidlanishi uchun 100 mln. tonna kislorol ketadi. YuNESKOning ma’lumotiga ko’ra, turli mamlakatlarda ishlab turgan salkam 300 mln. avtomashinalar yiliga 1000 mln. kishi iste’mol qiladigan kislorodni sarflaydi. 1000 km. yurgan yengil avtomobil bir kishining bir yillik kislorodini yutadi.
Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling