2- mavzu: investitsion-qurilish faoliyatini isloh qilish muammolari. Reja
Download 73.11 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- Baliq skeleti metodi.
2- MAVZU: INVESTITSION-QURILISH FAOLIYATINI ISLOH QILISH MUAMMOLARI. REJA: Bozor iqtisodiyotining asoslari, xususiyatlari va bugungi kiyofasi 2. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari va investitsiya - qurilish faoliyatida ularni xisobga olish 3. Qurilish iqtisodiyotini islox qilishning asosiy yo’nalishlari. Qurilishni shartnoma asosida tashkil etish 4. Kapital qurilishda tanlov savdolari Tayanch iboralar: Isloxotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari. Investitsiya va qurilish tanlov loyixalarini ekspertiza qilish. Kapital qurilish pudrat shartnomasi. Ijro xujjatlari. Surilish maydoni. Vaktinchalik inshootlar. Berkitiladigan ishlar. SHartnoma narxini bulib chikish. Joriy moliyalashtirish. Tanlov savdolari (tenderlar). Boshlangich narx. Talabgor. Tanlov savdolari predmeti. Tanlov xujjatlari. Oferent. Oferta. Tanlov savdolari katnashchilari. Tanlov savdolari shakllari. Talabgorga kuyiladigan malaka talablari. Tanlov savdolarini utkazishga tayyorgarlik. Narxlarga tuzatishlar kiritish va sugurta. qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish xududiy konsalting markazlari. Ma’lumki, iqtisodiyot bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab iqtisodiyotni rejali tizimdan bozor munosabatlari asosiga utkazish masalasi ko’tarilib, uni xal qilishga kirishildi. Avvalgi nashrlarda, turli tadqiqotlarda bozor va bozor iqtisodiyoti anarxiyani, inkirozlar va ishsizlikni keltirib chiqaruvchi tizim deb ko’rsatilar, bozorning biznes, tadbirkorlik, raqobat va shu kabi kategoriyalariga esa kapitalizmga xos illatlar deb karalardi. Bo’lmagan bulsa, bozorning o’zi juda qadimdan, antik dunyoda va xatto undan xam avval vujudga kelgan. Mexnat taqsimoti boshlangan zaxoti, odamlar orasida o’z mexnatining maxsuli bilan ayirboshlash zarurati paydo bo’lgan. Natural xo’jalik sharoitida xam odamlar uz mexnat maxsulotlarini uzaro ayirboshlardilar, ammo bu ayirboshlash tasodifiy xarakterga ega bo’lgan. Mexnat taksimoti sharoitida esa mexnat maxsulotlarini muntazam ayirboshlamay yashash mumkin bo’lmay kolgan. Ushbu tovarlarni ayirboshlash zarurati bozorning paydo bulishiga sabab bo’lgan. Agar biror odam qandaydir tovarni ishlab chiqarishdan bosh tortsa xam, uni bozorda topishi va biror boshka tovarga ayirboshlashi mumkin bo’lgan. Bozorning eng muxim xususiyati xam shudir: uni xech kim uylab topmagan va majburan joriy etmagan - u xayotning mantikiy zarurati bulib, uz-uzidan, tabiiy ravishda vujudga kelgan, bugungi kungacha xam shu yul bilan rivojlanib kelmokda. Mana shu tabiiy rivojlanish yuli mamlakatimiz tarixida majburan to’xtatib qo’yilgan edi. Iqtisodiyot o’zining qonunlariga bo’lgan bunday xurmatsizlik uchun qanday shafqatsiz uch olganini vaqt ko’rsatmoqda. Tanlov savdolari quyidagilarga bulinadi: -ochik tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanmaydi; -yopik tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanadi. Yopik tanlov savdolari utkazish tugrisidagi karor Vazirlar Maxkamasi tomonidan kabul kilinadi. Ochik yoki yopik tanlov savdolari talabgorning malakasi oldindan aniklangan xolda yoki aniklanmasdan, yoxud ikki bosqichli bulishi mumkin. Qurilish iqtisodiyotini islox qilish umummilliy iqtisodiyotni islox qilishning tarkibiy qismidir. Davlat qurilish iqtisodiyotini islox qilishning ustivor yo’nalishlarini tanlashga imkon beradi. Tarmoq iqtisodiyotining axvoli va ko’rsatkichlari qurilishda xo’jalik yuritishning tulik bozor mexanizmlarini amalga oshirish buyicha boshka tarmoqlardan ancha orkada kolayotganligini kursatmokda. SHuningdek, mulk egalari sinfining shakllanishi sust, yirik xususiy qurilish firmalari yuk, tadbirkorlik faoliyati xali kerakli sur’at va kulamga ega bo’lgani yuk, qurilish tashkilotlari (firmalari) o’rtasida xali jiddiy raqobat mavjud emas. Bugungi kunda xo’jalik yuritishda tobora mustaqil bo’lib borayotgan qurilish majmuasi va avvalo uning ishlab chiqarish bo’g’inlarini qayta ko’rish lozim: avvalgidek “yuqoridan” buyruq kutib o’tirish tamoyillaridan voz kechish, o’z-o’zini ta’minlash va o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlashga utish zarur. Qurilishning samaradorligini oshirish tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirishni, yirik, o’rta va kichik qurilish korxonalari va tashkilotlarini oqilona birlashtirishni ko’zda tutadi. Nazorat va muhokama uchun savollar Qurilishning tashkiliy asosini qanday turdagi korxonalar tashkil kiladi? Surilish industriyasidagi korxona va tashkilotlarning bozor sharoitlaridagi “fe’l-atvorini” kaysi qonun belgilaydi? Qurilishni tashkil qilishning asosiy bosqich yoki fazalari Qurilishdagi iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirishnng eng muxim yo’nalishlarini aytib bering. Pudrat ishlari bozori boshka turdagi bozorlardan nimasi bilan fark kiladi? Surilish majmuasini monopoliyadan chiqarishning asosiy moxiyati nimada? qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish xududiy konsalting markazining asosiy vazifalari nimalar xisoblanadi? Tanlov savdolari nima va u qanday tashkil etiladi? Baliq skeleti metodi. Bir varaq oq qog`ozda (vatman yoki A-4 varag`i) baliq skeleti chiziladi (boshi, kemirchagi, qovurg`alari). Yuqoridagi «suyagiga» “O’simlikchilik tarmog’i iqtisodiyoti” dagi muammo ifodalanishi, pastidagiga esa – ushbu muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo`lllari, o`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo`yiladi. To`ldirilgan sxemaning taqdimoti. Download 73.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling